A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Buxgalteriya balansi 
- muayyan sanaga pulda ifodalangan va 
xo‘jalik m ablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha 
iqtisodiy gumhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir.
Buxgalteriya balansi muayyan davrdagi kompaniyaning aktivlari, 
majburiyatlari va ustav kapitalini umumlashtirib beruvchi moliyaviy 
hisobotdir.8
Buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlaming o ‘ziga 
taalluqli 
m ablag‘lari, 
qarzga 
olingan 
mablag‘lari, 
vaqtinchalik 
foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g ‘risida aniq m a’lumotga ega 
bo‘lish mumkin, 
ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish 
imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag1 turlarini o ‘rganish uchun asos 
hisoblanadi. Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va 
tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, y a ’ni 
mablagMami joylanishi va ulami tashkil topish manbalari bilan 
taqqoslangan holda o ‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, 
uning chap tomoni aktiv, o ‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
/. “Uzoq m uddatli aktivlar”; 
II. “Joriy aktivlar”.
Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan:
I. “0 ‘z m ablag‘lari m anbalari”; 
II. “Majburiyatlar ”.
Aktivlar9 = Passivlar+ Xususiy kapital.
8 F in a n cia l a n d m a n a g e ria l a c c o u n tin g . 12e. C a rl S .W arren , J a m e s M .R e ev e , J o n a th a n E .D u c h a c . 2 0 1 4 . 18 p.
9 W an M a d z n a h W a n Ib ra h im v a M o h d R iz a l P alil. F u n d a m e n ta ls o f b u s in e s s a c c o u n tin g . O x fo rd u n iv e rs ity Press, 
2 0 1 4 . 16 b.
30


Aktivlar.
Aktivlar m a’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti 
tomonidan egalik qilinadigan, o ‘z ichiga naqd pul va m a’lum qiymatga 
ega bo‘lgan jumladan biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, 
mebel va jihozlar, inventarlar va boshqa tashkilotlaming ulushi 
sifatidagi investitsiyalami qamrab oladi.
Aktivlar m a’lum bir shaxs, biznes tashkilot yoki mamlakat 
tomonidan egalik qilinadigan hamda kelgusida iqtisodiy foyda 
keltiruvchi iqtisodiy qiymatdir.
Joriy aktivlar.
Likvidlikni o ‘zida namoyon qiladigan naqd pul 
mablag‘lari 
joriy aktivlar deyiladi. Naqd pullar, bankdagi pullar, 
belgilangan depozit tushumlar (BDT), inventar jihozlar, debitor qarzlar, 
qabul qilib olingan banknotalar, qisqa muddatli 
investitsiyalar, 
xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib hisoblanadi. Q o‘shimcha 
qilib aytadigan b o ‘lsak, oldindan to ‘langan xarajatlar ham joriy 
aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki 
tashqi 
ishtirokchilar va kreditorlaming da’volaridir. 
Passivlarga 
kreditorlar (mol yetkazib beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), 
bank qarzlari, to ‘lanmagan biznes qarzlari jumladan, vakolatli foydali 
xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo ‘ladi.
Majburiyat -
bu kompaniyaning moliyaviy qarzi yoki o ‘z faoliyati 
davomida paydo bo‘lgan majburiyatlar. Joriy majburiyatlar11 - joriy 
aktivlar kabi, balans tuzilgan kundan boshlab firma tomonidan bir yil 
ichida to ‘lanadigan majburiyatlar hisoblanadi.
Joriy 
majburiyatlar 
o ‘z 
ichiga 
turli 
kreditorlik 
qarzlari, 
to ‘lanadigan xarajatlar, to‘lanadigan banknotalar, qisqa muddatli qarzlar, 
xaridorlardan avans va hokazo.
Xususiy kapital barcha qarzlar va majburiyatlar to ‘langandan so‘ng 
umumiy aktivlaming balans qiymatidan iborat. Bu balans biznes 
tashkiloti tomonidan boshqariladi.
Buxgalteriya 
balansi 
yordamida 
korxona 
m ablag‘larining 
joylanishi va ulaming tashkil topish manbalarining bir-biriga tengligi
10 F in a n c ia l a n d m an a g e ria l acco u n tin g . 12e. C arl S .W a rre n , J a m e s M .R e ev e , Jo n a th a n E .D u c h a c . 22 b. 2014.
11 L e a m F in a n cia l A c c o u n tin g fin a n c ia l a c c o u n tin g b a s ic s tu to r ia ls p o in t sim p ly e a sy lea rn in g . 3 2 -3 7 b.
31


ta’minlanadi, ya’ni balans summasi aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha 
hisob-kitob qilinadi.
Buxgalteriya balansi 60-yillarda aktiv va passiv tomonlari bo‘yicha 
besh bo‘limdan tashkil topgan b o ‘lsa, 80-yillarda 3 bo‘limdan va hozirgi 
paytda ikki bo‘limdan iboratdir.
Buxgalteriya balansining shakli 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabr 
№140 sonli buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha 
yuridik shaxslar (bank, sug'urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari) 
yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish