Qimmatli qog‘oz!ar
- hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlami
52 F in a n cia l a n d m an a g e ria l acco u n tin g , 12e, C a rt S .W a rre n , J a m e s M .R e e v e , Jo n a th a n E .D u c h a c , 7 1 8 -p a g e , 2 0 1 4
53 F in a n cia l a n d m an a g e ria l acco u n tin g , 12e, C a rl S .W a rre n , J a m e s M .R e e v e , Jo n a th a n E .D u c h a c , 7 2 8 -p a g e , 2 0 1 4
54 F in a n c ia l a n d m an a g e ria l a c c o u n tin g , 12e, C a rl S .W a rre n , J a m e s M .R e e v e , Jo n a th a n E .D u c h a c , 7 2 8 -p a g e , 2 0 1 4
289
chiqargan yuridik shaxs bilan ulaming egasi o ‘rtasidagi mulkiy
huquqlami yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki
foizlar tarzida daromad to iash n i hamda ushbu hujjatlardan kelib
chiqadigan huquqlami boshqa shaxslarga o ‘tkazish imkoniyatini nazarda
tutadi55.
Investitsiya
jarayonining
barcha
subyektlari
chet
ellik
investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jism oniy, shu jumladan chet
ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlaming
ishtirokchilariga aylanadilar.
Iqtisodiy adabiyotlarda qimmatli qog‘ozlar turli ko‘rsatkichlari
bo‘yicha turkumlanadi. Ulami turkumlanishini chizma ko‘rinishidagi
ifodasini 4- chizmada keltiramiz.
12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya
hisobining milliy standartiga asosan qimmatli qog‘ozlar: joriy, bozor
qiymatlariga ega.
Joriy qiymat - bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor, sotib olishni
xohlagan xaridor bilan xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o'rtasida
aktiv almashtiriladigan miqdor.
Amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bir necha k o ‘rinishdagi qiymatga
ega bo‘lishi mumkin: bozor qiymati (kurs bo‘yicha), nominal qiymat,
emissiya qiymati, balans qiymati (haqiqiy tannarx), bekor qilinish
qiymati, garov qiymati, iste’mol qiymati.
Bozor (kurs bo‘yicha) qiymati - qimmatli qog‘ozning pul
ifodasidagi yoki tegishli ekvivalentlardagi (foizda nominalga nisbatan)
qiymati. Bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz m a’lum bir belgilangan
vaqt oralig‘ida ochiq bozorda sotib oluvchi to ‘lashga rozi bo‘lgan
sotuvchi esa shu narxga rozi bo ‘lgan narxni bildiradi, bunda sotib
oluvchi ham, sotuvchi ham mazkur bitimning ahamiyati tomonlari
bo ‘yicha yetarli m a’lumotga ega bo‘ladilar.
Nominal qiymat - qimmatli qog‘oz blankida ko‘rsatilgan va
qimmatli qog‘ozlaming bozordagi aylanuviga ahamiyatli hech qanday
55 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s in in g “Q im m a tli q o g ‘o z la r b o z o r i t o ‘g 'r i s id a '’g i Q o n u n i (Y a n g i tah riri) (2 2 .0 7 .2 0 0 8 y. N
O ‘R Q -1 6 3 ) 3 -m o d d a s i
290
ta’sir ko‘rsatmaydigan qiymatdir. Bu qiymat faqat m a’lumot sifatida
kapital ulushi yoki qarzni miqdorini ko‘rsatadi.
Nominal qiymati - chiqarilgan xavfsizlikning belgilangan qiymati.
Nominal qiymat - qimmatli qog‘ozlaming blankida k o ‘rsatilgan
qiymatidir56.
Emissiya qiymati - bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz birlamchi
bozorda sotiladi. Nominal va emission qiymatlar orasida farq qimmatli
qog‘ozlami tarqatuvchi diler firmalarining xizmatlari bilan bog‘liq.
Dilerlar qimmatli qog‘ozlami emitentdan nominal qiymati bo‘yicha
sotib oladilar va investorlar orasida emission qiymat bo‘yicha sotadilar.
Balans qiymati - bu qimmatli qog‘ozni xarid qilishda sarf qilingan
haqiqiy xarajatlar qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari
asosida aniqlanadi.
Bekor qilish (likvidatsiya) qiymati - bitta qimmatli qog‘ozga
to‘g ‘ri keladigan real (mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxidagi
qismining qiymati.
Garov qiymati - bu qimmatli qog‘ozlaming qarz va kreditlar
olinganda garov sifatida hisobga olinadigan qiymati. Garov qiymati deb,
asosan, qimmatli qog‘oz garovga berilishi mumkin bo‘lgan kreditning
maksimal summasiga aytiladi.
Iste’mol qiymati - bu kurs qiymatining ortishi natijasida keltirilgan
foyda.
Investor qimmatli
qog‘ozlarga qilingan 21-sonli
“X o‘jalik
yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobi
hisobvaraqlaming rejasi”
buxgalteriya
hisobining
milliy
standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli qog‘ozlami qiymatini,
avvalambor, sotib olish qiymatida va sotish davrigacha ulam i narxini
nominal narxgacha yetkazadi. Shuningdek, hisobvaraqlaridagi qimmatli
qog‘ozlar qiymatini o ‘zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo‘ladi.
56 Financial and managerial accounting, i2 e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.D uchac, 753-page, 2014
291
Ammo,
12-sonli
“Moliyaviy
investitsiyalar hisobi”
nomli
buxgalteriya hisobining milliy standard va 39-sonli “Moliyaviy
instrumentlar” nomli xalqaro moliyaviy hisobot standartida asosiy
mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlami
mavjud baholardan “eng kami” va “haqiqiy bozor qiymati” bo‘yicha
hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Aksiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal bahoga nisbatan
muhimroq ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki aksiya, odatda, muddatsiz
qimmatli qog‘oz b o ‘ladi va uning nominal qiymati - bu faqat oldindan
avanslangan kapital miqdoridir. T a’kidlash joizki, aksiyalarning bozor
qiymati ulam ing emissiyasidan keyingi emitentning nizom kapitali bilan
juda ham bog‘liq emas.
Obligatsiyalami muomalada bo ‘lishi ulaming nominal qiymati
bilan bog‘liq, negaki ulam ing qoplanish muddati yaqinlashgani sari
boshqa shart-sharoitlar o ‘zgarmagan holda, masalan, emitentning
barqarorligi va hokazo) uning bozor qiymati nominalga yaqinlashib
boradi. Aksiya va obligatsiyalar uchun ikki baho bo‘lishining
muhimligini tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog‘liqlik
orasidagi farq m a’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad
miqdorining mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida
qimmatli qog‘ozlar qiymatini uch xil bahoda ifodalashga asoslangan;
haqiqiy, nominal va bozor qiymatlarida.
Korxonaning moliyaviy investitsiyalari vaqti-vaqti bilan qayta
baholanishi mumkin. Qayta baholashni o ‘tkazish davri korxonaning
hisob siyosati bilan belgilanadi.
Qayta baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq
muddatli moliyaviy investitsiyalaming qo‘shimcha baholanish summasi
qayta baholashdan daromad sifatida xususiy kapitalga (8510-“Mulkni
qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotiga) o ‘tkaziladi.
Xalqaro amaliyot qimmatli qog‘ozlar hisobi uchun ikki xil bahoni
qo‘llashni belgilab beradi: eng pastki haqiqiy tannarx yoki bozor qiymati
bo‘yicha.
292
Eng past qiymat b o‘yicha baholash usuli hisobida xarid qilishning
haqiqiy qiymati yoki joriy bozor narxlarini qay biri kichik b o‘lsa, ana
shunisi orqali aks ettirishni ko ‘zda tutadi. Mazkur baholash usuli ham
xarid qilingan qimmatli qog‘ozlami nominal qiymatini aniqlash imkon
bermaydi va aksiyalaming investorga tegishli bo‘lgan qismida emitent-
kompaniyani xususiy kapital miqdorini aniqlab bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |