vaqtbay - mukofot
shaklida tarif
stavkaga asosan beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab
chiqilgan mukofotlash to ‘g ‘risidagi nizomga, jam oat shartnomasiga yoki
korxona rahbari buyrug‘iga asosan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini
bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish ko‘zda tutiladi.
Asosiy ish haqi,
bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining
miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani
uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy
ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish
haqi, ishchi aybiga bogMiq bo‘lmagan holda turib qolishlarga
hisoblangan ish haqi.
Qo‘shimcha ish haqi,
bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan
ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.
Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh
bolali onalar bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan
ish haqi, voyaga yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun
hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan
nafaqa va boshqalar.
8.4. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Ishchilami
ishga
qabul
qilish
mehnat
shartnomasi
(yoki
shartnomai) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini
ishga qabul qilish to‘g ‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan
rasmiylashtiriladi.
34 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 89 page, 2014
198
Korxona
b o‘yicha
xodimlar jadvali
ishlab
chiqiladi
va
tasdiqlanadi, u barcha xodimlaming ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining
miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar boMimida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka)
to ‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari,
shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida
tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga
olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga
shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to ‘g‘risidagi
m a’lumotlar oyma-oy jam lanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to ‘g ‘ri tashkil
qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to ‘g ‘ri yuritish lozim.
Xodimlami ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga
o ‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda,
bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli m a’lumot b o ‘lgandagina
korxona xodimlari bilan o ‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana
shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda
boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib
boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun hujjatlardan foydalaniladi:
T -l shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.
T-3 shakli. Shtat jadvali.
T-5 shakli. Boshqa ishga o ‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. T a’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
T-13 shakli. Tabel.
T-49 shakli. Hisob-kitob to ‘lov vedomosti.
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti.
T-53 shakli. ToMov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T - l2 shaklidagi maxsus tabeldan
199
foydalaniladi. Tabel - bo ‘lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom
ro‘yxati b o iib , undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi
bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi.
Hisobot davri boshlanishidan avval o ‘tgan oydagi tabeldan
xodimning ism-sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini
sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan,
mehnat
ta’tilidagilar
"T",
kasallik
varaqasi
bo‘yicha
ishga
chiqmayotganlar "K" harfi va hokazolar bilan belgilanadi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil
usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan,
kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to ‘liq ro‘yxat qilib boriladi.
Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar,
y a’ni m a’lum m e’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi.
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi
yarmiga va oy oxiriga, y a’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel sex
boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash
uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to ‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash
uchun tabel m a’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi
hujjatlardan foydalaniladi:
- ishbay ishlash uchun naryadlar;
- raportlar;
- marshrut varaqalari;
- qaydnomalar;
- bichish kartalari va hokazo.
Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng keng
tarqalgan turi naryaddir. K o‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi
yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish
topshirig‘iga alohida yoziladi. Topshiriqlar sexning reja-dispetcher
byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik
karta asosida to ‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin
200
ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish
uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material m e’yori va haqiqatda berilgan
materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o ‘z navbatida, ish haqini
topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining
belgilangan m e’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish
imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari
tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari sexning reja-dispetcher
xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim
detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirish sifatida qayd qilinadi,
bajarilgan
ish
natijalari
qayta
ishlash jarayonlarining
birinchi
operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan
birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi
nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda y o ‘nalish varaqasi faqat bir
smenada ishlab tamomlangan detallar bo ‘yichagina asos bo‘la oladi.
Agar shu smenada ayrim detallaming ishlovi tugallanmasa, unda
ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena
boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallami sexga j o ‘natish uchun
ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallami j o ‘natib, bu
haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati
bo'lim iga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda
qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan
boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini
hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich hujjatlar
tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Qayta
ishlangan hujjatlar, ishchilaming tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar
bo‘yicha guruhlanadi va ishchilaming ish haqi shaxsiy varaqalariga
yozib boriladi.
Ushbu boshlang‘ich hujjatlar asosida hisoblash
vedomosti, ish haqi bo‘yicha m e’yordan chetga chiqish vedomosti va
boshqa hujjatlar tuziladi.
201
Korxona
va
tashkilotlarda
tuzilgan
ish
haqini
hisoblash
qaydnomasida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab
qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti har
bir sex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Ish haqini hisoblash qaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan
hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu hujjatda har bir
tabel raqami, xodimlaming toifasi hamda to ‘lov va ushlab qolish turlari
bo‘yicha tuziladi.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi k o‘rsatkichi to ‘lov
vedomostini to ‘ldirish uchun hamda xodimga ish haqi berish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |