Elektr yuritmalari va asboblar yuklamalari nisbatiga qarab, elektr yuritmalarga
manbani alohida (elektr yuritmalar quvvati yuqori bo‘lganda) yoki birga bitta
manba shchiti va yig‘ilmasidan amalga oshirish mumkin.
Manba tarmog‘ini loyihalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Kuchlanishni,
faza va simlar sonini va manba tarmog‘i
konfiguratsiyasini tanlash; rezerv
masalasini hal qilish; boshqarish va himoya apparatlarini joylashtirish.
Elektr manba tizimlarida odatda uch fazali o‘zgaruvchan tok (380/220v
kuchlanishli yoki 220/127v ham bo‘lishi mumkin) qo‘llaniladi.
Manba tarmog‘i uchun fazalar va simlar sonini ushbu tizimdagi
avtomatlashtirish vositalari va asboblari turiga qarab tanlanadi.
Elektr manba tizimlarida boshqarish apparatlari
sifatida rubilniklar, paketli
o‘chirgichlar tumblerlar ishlatiladi. Avtomatlar boshqarish va himoya
funksiyalarini barobar bajaradilar.
Saqlagichlar tarmoq va aloxida elektr qabul qiluvchilarni
qiqsqa tutash va
ortiqcha yuklamalardan ximoya qilish uchun ishlatiladi. Saqlagichlili rubilniklar
avtomatlardan sodda va arzon bo‘ladi. Bu apparatlar manbasi ulangan joyda va
shchit va avtomatlashtirish tizimlarining manba yig‘inmalarga kirishda o‘rnatiladi.
Kuchlanishni tanlash manba tarmog‘ini loyihalashdagidek. SHchitlarni
statsionar yoritish uchun 220v kuchlanishdan foydalaniladi. SHkafli shchitlarda tor
joyda ishlarni bajarishda 36v yoki 12v kuchlanishdan foydalaniladi. Ba’zi
asboblarga manba transformatorlar orqali beriladi.Taqsimlash tarmog‘ida
ko‘pincha paketli o‘chirgchilar, saqlagichlar ishlatiladi.Avtomatlar qisqa tutashish
toklariga sezgir bo‘lsa qo‘llaniladi.
Agar asbobning o‘zida o‘chirgich va saqlagichlari bo‘lsa, unda unga himoya
va boshqarish apparatlari o‘rnatilmaydi.
Manba tarmog‘i chizmasida himoya va boshqarish apparatlari ko‘rsatiladi.
Apparatlar
alohida harf-raqam belgilanish, kuchlanishning nominal qiymati
ko‘rsatiladi.
Taqsimlanish zanjirlari chizmasida manbaning kirishi va chiqishlarni
ko‘rsatilgan. Chizmaning
pastki qismida jadval berilib, ushbu manba shchitidan
unda-elektr qabul qiluvchilar ro‘yxati keltiriladi, yana spetsifikatsiya bo‘yicha
pozitsiya
nomerlari, quvvati, kuchlanishi va o‘rnatilish joyi ko‘rsatiladi.
Shuningdek elementlarning harfli-raqamli belgilanishlari ko‘rsatiladi. Manba
chizmasidagi hamma zanjirlar markirovkalanadi. Shartli belgilanishlar, xarfli
belgilanishlar xuddi boshqarish va signallash chizmalaridagidek GOST 2.710-81,
GOST 2.755-87, GOST 2. 747-69, GOST 2.755-76 bo‘yicha amalga oshiriladi.
Makaron ishlab chiqarishda quritish jarayoni elektr manba tizimlarida taqsimlanish
tarmog‘iga manba tarmog‘ining asosiy manba tarmog‘idan va
unda kuchlanish
bo‘lmay qolganda rezerv manba tarmog‘idan berilishi ta’minlangan. Asosiy manba
tarmog‘ining biror fazasida kuchlanish bo‘lmay qolsa, uch fazali kuchlanish relesi
РН1 o‘chib, asosiy manba tarmog‘iga ulangan magnitli yuritgich ПМ1
zanjiriniuzadivabundauningasosiymanbazanjiridaginormalochiqkontaktlariПМ1
uzilib, asosiy manba zanjirini uzadi, rezerv manba tarmog‘idagi normal yopiq
ПМ1 kontakti esa ulanib, rezerv manba tarmog‘idagi magnitli yuritgich ПМ2
ishlaydi va o‘zining normal ochiq ПМ2 kontaktlarini ulab,
Simatic S7 300 universal dasturlanadigan kontrolleri va Simatic Panel
hisoblash mashinasining elektr ta’minoti 220 V kuchlanishli
elektr tarmoqli
zanjiriga ulangan.