6.3-chizma.
Mahsulotli divizional tuziima.
Funksional xizmatlar (ishlab chiqarish, ta’minot, texnika, hisob-
kitob, marketing va boshqalar) rahbarlari ushbu mahsulot bo‘yicha
boshqaruvchiga hisobot berishlari lozim.
Iste’molchiga moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalami tuzishda bo'lin-
malar iste’molchilarning ma’lum guruhi atrofida mujassamlanadi.
Bunday tashkiliy tuziima maqsadi ma’lum iste’molchilar guruhi talabla-
rini, bitta guruhga xizmat ko'rsatuvchi kompaniyadek, to'liq qon-
dirishdan iborat.
Agar kompaniya faoliyati har xil strategiyalardan foydalanishni talab
etuvchi bir nechta hududlarda tarqalgan bo ‘lsa boshqarishning
divizional tuzilmasini hududiy tamoyili bo‘yicha shakllantirish maqsadga
muvofiqdir, ya’ni, divizional-hududiy tuzilmani qo‘llash zarur. Divizio-
nal-hududiy tuziima joylardagi urf-odatlar, qonunchilik xususiyatlari
57
va ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog'liq muammolarni hal etishni
osonlashtiradi.
Xududlarga bo'lish bevosita joylarda bo'linmalar (divizion) bosh
qaruv xodimlarini tayyorlash uchun sharoitlar yaratadi.
Divizional tuzilmalami ko‘rib chiqishning yakunida ularning afzallik-
lari, kamchiliklari va samaraU foydalanish sharoitlarini ko‘rib chiqamiz.
Tuzilmalarning mazkur tunning ustunliklari qatoriga quyidagilami
kiritish mumkin:
— divizional tuzilmalami qo‘llash kompaniyalarga ma’lum mahsu
lot, iste’molchi yoki jug'rofiy hududga kichik maxsuslashtirilgan
kompaniya qaratadigan e’tiborni berishni ta’minlaydi, buning natijasida
tashqi muhitda sodir etilayotgan o‘zgarishlarga tezroq javob berish va
o‘zgargan sharoitlarga tezda ko‘nikish mumkin;
— boshqarish tuzilmasining ushbu turi kompaniya faoliyatining
yakuniy natijalarga (mahsulot ma’lum turini ishlab chiqarish, ma’lum
iste’molchi talablarini qondirish, ma’lum hududiy bozomi mahsulot-
larga toMdirish) erishishga yo‘naltiradi;
— yuqori darajadagi rahbariyat uchun boshqarish murakkabliligini
kamaytirish;
— tezkor boshqaruvni strategik boshqaruvdan ajratish, buning
natijasida kompaniya yuqori rahbariyati bor e’tiborini strategik rejalash
tirish va boshqarishga qaratadi;
— foyda olish uchun javobgarlikni divizionlarga yuklatish, tezkor
boshqaruv qarorlarini qabul qilishni markazdan chiqarish, bunday
tuziima rahbariyatni bozorga yaqinlashtirishga ko‘maklashadi;
— kommunikatsiyalarni yaxshilash;
— boMinmlar (divizionlar) rahbarlarini fikrlashini kengaytirish, tez
o ‘zlashtiriish va uddaburonligini rivojlantirish.
Shu vaqtning o ‘zida ko‘rib chiqilayotgan tashkiliy tuzilmalarning
kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim:
— boshqarishning divizional tuzilmalari iyerarxiyalik va bolinm a,
guruh va shu kabi ishini muvofiqlashtirish uchun menejment bosqich-
larining oshishiga olib keladi;
— bolinm a maqsadlarining kompaniya maqsadlariga qarshi qo‘yi-
lishi, ko’p darajali iyerarxiyaning «yuqori» va «pastki» qismlari man-
faatlarining har xilligi;
— bo‘linmalar o'rtasida mojarolar kelib chiqishining ehtimoli,
xususan, markaz tomonidan taqsimlanadigan muhim resurslarning
tanqisligi;
58
— bolinxnalar (divizionlar) faoliyatini muvoflqlashtirish pastligi,
shtab xizmatlarining tarqoqligi, gorizontal aloqalaming sustligi;
— resurslaming samarasiz ishlatilishi, ularning ma’lum bir кофо-
ratsiyalarga biriktirilishi oqibatida to ‘liq foydalanish imkoniyatlari
yo‘qligi;
— bolinm alarda vazifalarning takrorlanishi va bunga muvofiq
xodimlar sonining ortishi oqibatida boshqaruv apparatini ushlab turish
uchun xarajatlaming oshishi;
— yuqoridan pastgacha nazorat qilishning qiyinlashgani;
— bo'linmalar tarkibida ham ko‘p darajali iyerarxiyaning mavjud-
ligi, va ularda chiziqli-fimksional tuzilmalar kamchiliklarining amal
qilishi;
— bo‘linmalar mutaxassislarining kasbiy rivojlanishining ehtimol
cheklanishi, chunki ularning jamoalari kompaniyalar darajasidagi
chiziqli-fimksional tuzilmadagidek katta emas.
Shuni ta’kidlash joizki, boshqarishning divizional tuzilmalarini
quyidagi sharoitlarda qo'llash samara beradi:
— yirik kompaniyalarda, ishlab chiqarish-xo'jalik operatsiyalarning
kengayishida;
— ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi keng kompa
niyalarda;
— ishlab chiqarish qattiq diversifikatsiyalashgan kompaniya
larda;
— ishlab chiqarish bozor konyunkturasi o ‘zgarishlariga kam
ta’sirchan va texnologik yangiliklarga bog‘liq boMmagan kompaniya
larda;
— kompaniyalaming horijiy bozorlarga keskin chiqishida, ya’ni
birdaniga har xil ijtimoiy-iqtisodiy va qonunchilik tizimga ega bir
nechta mamlakat bozorida, keng xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi
kompaniyalarda.
Iyerarxiya turdagi tashkiUy tuzilmalar xillarining to‘liq tahlih ishlab
chiqarish talablariga va uning o‘zgaruviga ko‘nikadigan egiluvchan,
tez moslashadigan tuzilmalarga o‘tish obyektiv jihatdan zarurligini va
qonuniyligini ko'rsatdi.
Moslashuvchan (egiluvchan) tashkiliy tuzilmalar uchun ish turlari
bo‘yicha mehnatni batafsil taqsimlanishi yo‘qligi, boshqarish daraja-
larining aniqmasligi, qarorlarni qabul qilishning markazdan chiqaril-
ganligi, faoliyatning umumiy natijalari uchun har bir xodimning
mas’ulligi kabi xususiyatlar hos.
59
Bundan tashqari, moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalar, odatdagidek,
quyidagi tarzlarga ega:
— o‘z shaklini osonlicha o'zgartirish xususiyati va o'zgaruvchan
sharoitlarga ko‘nikish;
— murakkab loyihalar, majmuali dasturlami tezkor amalga oshirish
va og‘ir muammolarni hal qilishga yo'naltirilganligi;
— vaqt jihatidan amal qilishi cheklanganligi, ya’ni, muammoni
hal qilish, loyiha, dastumi bajarish paytida vaqtinchalik asosida shaklla
nish;
— vaqtinchalik boshqaruv organlarini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |