3.2 Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
rivojlanishidagi jahon tendensiyalari
Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar rivojlanishidagi jahon
tendensiyalari va omillari tahlili ko‘rsatishicha, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari va ustunliklari quyidagilardan iborat:
— fundamental va amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari-
ning muddatlarini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish, moliya
resurslarini va ilmiy-tadqiqot salohiyatini jamlash, ishlab chiqarishni
texnologik jihatdan tayyorlash va raqobatbardosh mahsulotning yangi
turlarini jadal o'zlashtirish;
— o‘z tarkibiga kiruvchi sanoat кофога181уа1ай, moliya-kredit,
sotish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash maqsadida faoliyatni tarmoq ichida, tarmoqlararo diversifi-
katsiyalash;
— boshqaruvning turli darajalari o'rtasidagi ishlab chiqarish jarayon-
larini muvofiqlashtirish, kooperatsiyalash va nazorat qilish funksiyalarini
samarali amalga oshirish;
— o‘zaro bog‘liq ravishda ixtisoslashgan ishlab chiqarishlar va
tarmoqlarning oqilona kooperatsiyalashuvini ta’minlash, «ilmiy-tadqi
qot ishlari — tajriba-konstruktorlik ishlanmalari — investitsiyalar —
ishlab chiqarishga tayyorlash — seriyali ishlab chiqarish sotish, sotuvdan
keyin xizmat ko‘rsatish» hayotiy siklini qisqartirish va samarali amalga
oigarish;
— investitsiya resurslarini ustuvor tarmoklar va ishlab chiqarishlarda
jamlash hamda mahalliy va jahrn bozorlarida mahsulotning raqobat-
bardoshligini oshirish;
26
—
«ikki tomonlama moliyalash», bu amortizatsiya, taqsimlanmagan
foyda va banklar kreditlari hisobidan, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni
chiqarish va sotish orqali amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarni tashkil etish jarayoni
xo‘jalik yuritishning rejali tizimidan bozor tizimiga o‘tish natijasida
o‘z iqtisodiyotini isloh qilayotgan Sharqiy Yevropa va MDH mamlakat-
larida keng tarqaldi.
Ushbu mamlakatlarda davlat mulkining xususiylashtirilishi yangi
iqtisodiy tuzilmalar shakllanishiga ko‘maklashdi, bu holat iqtisodiy
tizim poydevori almashinuviga ta ’sir ko‘rsatdi: mulkchilik shakli
o'zgardi, sarmoyani boshqarishning yangi tuzilmalarini shakllantirish
jarayonlari faollashdi.
Sotsialistik tuzumdan voz kechgan mamlakatlarda mulkchilikning
aksiyadorlik shakli paydo bo‘lishi iqtisodiyotda korporativ sektoming
shakllanishiga olib keldi, yirik integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
(konsemlar, xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari) ushbu sektoming
tarkibiy qismiga aylandi.
Mazkur mamlakatlarda bozor munosabatlari shakilanishi natijasida
yuzaga kelgan kichik va o‘rta biznes korporatsiyalarining soni ko‘p
bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, bazaviy tarmoqlarda yirik ishlab chiqarish
ning roli hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda. g‘arb iqtisodiy tizimlari
singari mazkur mamlakatlar ham o‘z taraqqiyot yo'lida aksiyadorlik
jamiyatlarining rivojlanishi davrini bosib o ‘tdi, so‘ngra sarmoyani
boshqarish tuzilmasining murakkablashuvi va moliyaviy hamda sanoat
sarmoyasining qo‘shilishi oqibatida ularda xolding kompaniyalarini,
moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish jarayoni boshlandi. Shunga
qaramay, sobiq sosialistik mamlakatlarda integratsiyalashgan birlashmalar
faoliyatining tarkibi va xususiyati g‘arb mamlakatlarinikidan ma’lum
darajada farq qiladi.
Mazkur tafovutlar korporativ kompaniyalami shakllantirishning
muayyan tarixiy holatlari, кофогайу munosabatlami tartibga solishning
o‘ziga xos xususiyatlari, fond bozori rivojlanishi darajasi, korporativ
mulk va boshqaruv masalalarida moliya tashkilotlari va davlat roli
bilan shartlangan.
Mutaxassislaming fikricha, sobiq sosialistik mamlakatlar iqtisodiyo-
tini isloh qilish jarayonida integratsiyalashgan korporativ tuzilmalaming
shakilanishi ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga har tomonlama
ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Xususan, ishlab chiqarishning barqarorlashuvi
yuz beradi
27
Do'stlaringiz bilan baham: |