Yoshlar ishlari agentligida davlat xarid larin I am alga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom


-§. Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berish



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana28.11.2022
Hajmi1,13 Mb.
#873951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
xarid komissiyasi tarkibi

3-§. Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berish
56. Agentlik direktori tomonidan tanlov o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi buymq qabul 
qilinganidan so‘ng Agentlikning markaziy apparati Ishlar boshqarmasi (bundan buyon 
matnda - Ishlar boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma 
va tanlov o ‘tkazish haqidagi e ’lonning matni ishlab chiqiladi.
57. Tanlov o ‘tkazilishi to ‘g ‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovaming (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
tanlov o ‘tkaziladigan joy manzili;
tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
Agentlikning ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar 
sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining 
F.I.Sh., lavozimi va manzili;
tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun so‘rov berish shakli;
takliflami berish muddati tugaydigan sana va vaqt;


tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Tanlov o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi e ’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa 
axborot ham bo‘lishi mumkin.
58. Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tanlov o ‘tkazilishi to‘g ‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun 
foydalaniladigan valyuta hamda to ‘lov tartibi haqidagi axborot;
tanlovda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab;
tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlami taqdim 
etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
agar tovaming (ishning, xizmatning) muqobil variantlariga yo‘l qo‘yilsa, lotni 
almashtirish bo‘yicha muqobil takliflami baholash tartibining tavsifi;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq ishtirokchilaming takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib 
chiqish tartibi.
59. Tanlov hujjatlariga ulaming ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova 
qilinadi.
60. Ishlar boshqarmasi tanlov hujjatlarini k o ‘rib chiqish uchun tanlov o ‘tkazish 
bo‘yicha xarid komissiyasiga kiritadi.
61. Tanlov komissiyasi o‘z majlislarida tanlov hujjatlarini Qonun talablariga 
muvofiqligini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni:
takliflar qabul qilinadigan muddatlarini;
takliflami ochish tartib-taomillarini;
takliflami baholash mezonlarini;
taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi.
62. Tanlov hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan kelishilgandan so‘ng tanlovni 
o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
63. Tanlov hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar 
bartaraf etilganidan so‘ng, xarid komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari qayta ko‘rib 
chiqiladi.
64. Agentlik direktori xarid komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan tanlov 
hujjatlarini o ‘zining imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi.
65. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek tanlov 
o‘tkazish haqidagi e ’lon tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati 
tugashidan kamida o ‘n kun a w a l Ishlar boshqarmasi tomonidan portalga joylashtiriladi.
66. Tanlov o‘tkazish haqidagi e ’lon qo‘shimcha ravishda Agentlikning rasmiy 
veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
67. Zarur hollarda Agentlik direktori tanlov hujjatlariga o ‘zgartirish kiritish haqida 
qaror qabul qilishi mumkin.
68. Agentlik tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to ‘g ‘risida tanlovda ishtirok 
etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qaror 
qabul qilishga haqli.


69. Tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish davomida tovami (ishni, xizmatni) 
yoki uning xususiyatlarini o ‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
70. Tanlovda takliflar berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar 
kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak.
71. Shu bilan bir vaqtda, agar e ’londa ko‘rsatilgan axborot o ‘zgartirilgan bo‘lsa, 
tanlov o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
72. Zarur hollarda Agentlik direktori xarid komissiyasi qarori asosida takliflami 
berish muddatini uzaytirishga, shuningdek ishtirokchilarga ularning takliflarini amal 
qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish to‘g ‘risidagi taklif bilan murojaat qilishi 
mumkin.
73. Tanlov hujjatlarida Agentlik har bir tovami (ishni, xizmatni) xarid qilishda 
alohida lot sifatida e’lon qilishi mumkin. Bunday holda Agentlik tovarlami (ishlami, 
xizmatlami) yetkazib berish uchun tanlovning har xil loti bo‘yicha bir nechta ishtirokchisi 
bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi 
mumkin.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish