tender takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tender taklifi qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash
mezoni bo‘yicha nisbiy qiymati;
tender taklifini ta’minlash hajmi va shakli.
283. Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga
qo‘yiladi.
284. Xarid komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi m a’qullangan holda
elektron tender o ‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
285. Tender hujjatlari m a’qullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib
yuborilishi yoki xarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.
289. Ishlab chiqilgan tender hujjatlari loyihasi Agentlik tomonidan tender
hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga yuboriladi.
290. M a’qullangan tender hujjatlarini Agentlik elektron raqamli imzosi bilan
tasdiqlaydi.
291. Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron
tender o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi e’lon elektron tender ishtirokchilaridan tender takliflarini
qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh
kun oldin portalga Ishlar boshqarmasi tomonidan joylashtiriladi.
292. Elektron tender o ‘tkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qo‘shimcha
ravishda Agentlikning rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalariga
joylashtirilishi mumkin.
293. Tender hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaror elektron tenderda
ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin
qabul qilinishi mumkin.
Bunda ushbu elektron tenderda tender hujjatiga o‘zgartirish takliflar berish
muddati
tugayotganda kiritilgan taqdirda elektron tender,
tender hujjatlariga
o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan e ’tiboran o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga
uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan
bo‘lsa, elektron tender o‘tkazish to ‘g ‘risidagi e ’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
294. Tender hujjatlariga o ‘zgartirishlar kiritish jarayonida tovami (ishni, xizmatni)
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
295. Zarur bo‘lgan hollarda Agentlik tomonidan tender takliflarini berish muddati
uzaytirilishi yoki elektron tender ishtirokchilariga tender takliflari qabul qilinishi muddati
xarid komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi
mumkin.
296. Tender hujjatlarida Agentlik har bir tovar (ish, xizmat) alohida lot sifatida
ko‘rib chiqilishini e ’lon qilishi mumkin. Bu holatda Agentlik tovarlami (ishlami,
xizmatlami) yetkazib berish uchun tendeming bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar
tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g ‘olib aniqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: