undaganlar. Shu ma‘noda notiqlik san‘ati boshqa san‘at turlari orasida alohida
mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir.
Bugungi kunda ko‗pgina idora rahbarlari nutqidagi kamchiliklar, muallimlar
nutqidagi chaynalishlar,
teleko‗rsatuvlardagi, hatto jurnalistlar nutqidagi
g‗alizliklar bizning ma‘naviyatimizga yarashmaydi. Chunki biz Mustaqillikning
barcha chashmalaridan bahramand bo‗lib turgan ekanmiz, notiqlik san‘ati
chashmasidan ham bebahra bo‗lmasligimiz kerak. Nima qilishimiz zarur? Avvalo,
maktabda nutqni, uning grammatikasini chuqur o‗rganishimiz, fikrimiz va
tafakkurimizning asosi bolmish notiqlik san‘ati sirlarini o‗rgatishimiz va
o‗rganishimiz juda muhim. Til va tafakkur birbiriga chambarchas bog‗liq bo'lgani
holda, notiqlik san‘atini bilmasdan haqiqiy ijodiy tafakkur, go‗zal va chiroyli nutq
so‗zlashimiz amri mahol. So‗zlayotgan nutqimizni maromiga yetkazib o‗z ona
tilimizda ifodalashimiz uchun notiqlik san‘ati qoidalaridan xabardor bo'lishimiz
kerak. Hozirgi ayrim o‗quvchi va talaba yoshlarimiz nutqida uchraydigan nuqson,
fikrlashdagi oqsoqlik, fikrini bayon etishda qolipdan chiqolmaslik, tafakkuridagi
to‗mtoqlik, ortiqcha kirish so'zlarni (anaqa, haligi, nima edi?, nima desam ekan?
kabi) ishlatish kabi qusurlaming kelib chiqishi teran notiqlik malakalarining
zaifligi bilan bog'liqligi ma‘lum. Maktabdan tortib, akademik litsey va kollej
hamda institut va universitetlar, malaka oshirish institutlari o‗quv rejalariga
notiqlik san‘ati darsini kiritish, bu darsning o‗quv yurtlarining o‗ziga xos
xususiyatlariga qarab uning dasturi va darsligini yaratish juda dolzarb.
Notiqlik san‘atining predmeti hali tuzilmagan, chiroyli sayqal bilan tuzilishi
lozim boigan so‗z asaridir. Jozibali, teran so‗z va gaplarning jonli nutq orqali
ifodalanishi notiqlik san‘atining predmeti sanaladi. Har bir nutq egasining nutqini
kuzatish va tekshirish, undagi yutuq va nuqsonlarni aniqlash, har bir ijodkor, shoir
yoxud yozuvchining asarlaridagi badiiy notiqlik mahoratini kuzatish, shu yozuvchi
yoki shoirning og‗zaki ommabop nutqidagi notiqqa xos yutuqlarni ko‗ra bilish
mazkur fanning predmet obyekti sanaladi. Notiqlik san‘atining turlari ko‗p.
Jumladan, ij'timoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga
ega bolgan yig‗inlarda so‗zlanadigan ma‘ruza, akademik nutq, bunda ilmiy
yo‗nalishdagi ma‘ruzalar, auditoriya notiqligi, talaba va o‗quvchilar uchun
o‗qiladigan ma‘ruzalar, ijtimoiy-maishiy nutq, turli tadbirlarda so‗zlanadigan nutq
kabilarning nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini (ham og‗zaki, ham yozma
shaklini) tekshirish jarayoni ham notiqlik san‘ati predmeti doirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: