15-rasm. Plug korpuslari ish sirtlarining turi:
a-silindrik; b-madaniy; v-yarimvintsimon; g-vintsimon
Silindrik ag'dargich
palaxsani deyarli ag'darmasdan uni jadal
maydalaydi va u asosan sochiluvchan tuproqli erda va plantajda
ishlatiladi.
Madaniy (gorizontal tsilindrsimon) ag'dargich
(16-rasm, a)
tuproqni yaxshi maydalaydi va qoniqarli (128° ga) burib ag'daradi.
Madaniy korpuslar chimqirqarlar bilan birga ishlatiladi.
Yarimvintsimon (tsilindrsimon) sirtli ag'dargich
(16-rasm, b)
palaxsani ko'proq burib ag'daradi, lekin sust uvalaydi. Bunday
ag'dargichli korpuslar buta-to'qay pluglarida ishlatiladi. Palaxsani to'liq
yotqizish uchun ag'dargichning qanot qismiga taxtacha (pero) 4
biriktiriladi.
16-rasm. Lemex-ag'dargichli korpuslar turi:
a-madaniy; b-yarimvintsimon; s-vintsimon; g-ag'dargichsiz; b-kesik; e-
surilma iskanali korpus; j-chimqirqar; z-okuchnik; 1-lemex; 2-
ag'dargich; 3-korpus stoykasi; 4-pero; 5-dala taxtasi; 6-dala taxtasining
tovoni; 7-disksimon pichoq; 8-kengaytirgich; 9-to'siq; 10-iskana; 11-
paski lemex; 12-yuqorigi lemex; 13-kesik ag'dargich; 14-naralnik; 15-
okuchnik lemexi; 16-okuchnik ag'dargichi; 17-okuchnik qanoti.
Vintsimon sirtli korpus
(16-rasm, v) palaxsalarni deyarli
uvalamagan holda to'liq burib ag'daradi. Vintsimon korpuslar o'tloqlarni
shudgorlashda ishlatiladi.
Ardargichsiz korpus
(16-rasm, g). Lemex 1 yordamida qirqilgan va
qisman uvalangan tuproq palaxsasi kengaytirgich 8 sirtidan yuqori
ko'tarilib, egat tubiga tushadi va zarbdan qo'shimcha maydalanadi.
Korpus stoykasi 3 ning eyilmasligi uchun u po'lat plastina (to'siq) 9 bilan
berkitiladi.
K e s i k korpus
(16-rasm, d) erni ikki qatlamli qilib chuqur (40 ...
50 sm) haydaydi. Kesilgan tuproq qatlamining ostki qismi
ko'tarilmasdan va ag'darilmasdan lemexlar 11 va 12 orasidan o'tib
uvalanadi, ustki xosildor qatlam esa ag'dargich 13 ning sirti bo'ylab
ko'tarilib, buralib, quyi qatlam ustiga ag'dariladi. Surilma iskanali korpus
(16- rasm, e) toshli qattiq erlarni haydashda ishlatiladi. Iskana 10 ning
o'tkir uchi lemexdan 20 ... 30 mm oldinga chiqib tumshuq vazifasini
bajaradi. Iskana eyilganda oldinga surib qo'yiladi.
Chimqirqar
(16- rasm, j) tuproqning ustki o'simlik ildizlari
taralgan 8 ... 12 sm li qatlamini qirqib, aylantirib egat tubiga tashlash
uchun mo'ljallangan. Chimqirqar bilan qirqilgan tuproq qatlamining egat
tubiga joylashishi uchun uning qamrash kengligi asosiy korpus qamrash
kengligining 2/3 qismini tashkil etadi. Chimqirqar tuzilishi jixatidan
asosiy korpusga o'xshaydi va trapetsiyasimon lemex 1, madaniy
(silindrsimon) tipdagi ag'dargich 2 va stoyka 3 dan iborat. Toshli erlarda
chimqirqar o'rniga burchak keskichlar o'rnatiladi.
Okuchnik
(16-rasm, z) ekin qatorlari orasiga ishlov berish uchun
mo'ljallangan. Begona o'tlarni tuproq bilan ko'madi va ildizini qirqadi.
Okuchnikning asosiy qismlari: naralnik 14 va ajralmas ikki yoqli
(qo'shaloq) korpusdan iborat. Korpus o'ng va chap tomonlama qirqib
ag'daradigan lemexlar 15 hamda ag'dargichlar 16, qanotlar 17,
shuningdek stoyka 3 dan tuzilgan. Naralnik eyilganda almashtiriladi.
Qanotlarni siljitib, marza balandligini o'simlik bo'yiga qarab rostlash
mumkin. Ishlash chuqurligi 16 sm bo'lganda marza balandligi 25 sm ga
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |