Ijtimoiy taʼminot
Ijtimoiy taʼminot
- keksaygan, mehnatga layoqatsiz boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan
fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat tomonidan belgilangan
ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmogʻi.
I.t. toʻgʻridan-toʻgʻri davlat byudjetidgn ajratiladigan mablagʻlari, homiylar (turli jamgʻarma va
tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. I.t. miqdori va
taqdim etish tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro meʼyorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik
hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar (keksalik boʻyicha,
nogironlik boʻyicha, boquvchisini yoʻ-qotganlik boʻyicha va ijtimoiy nafaqap&oʻ (nogiron
bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolgʻiz nogiron va keksalarga) toʻlovlari I.t.ning
eng muhim turlari hisoblanadi. Qari-yalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish — nogironlarni
"Mu-ruvvat" uylariga, yolgʻiz qariyalarni "Sahovat" uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-
ortopediya va harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, nogiron bolalarni kasbga oʻqitish va ishga
joylashishda yordam koʻrsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirish,
ularga shahar jamoa transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliklarga
aloqador imtiyozlar berish I.t.da katta rol oʻynaydi.
Oʻzbekistonda I.t. tizimi 20-asrning 20-yillari boshidan shakllana boshlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng 90-yillar boshidan bozor
munosabatlariga oʻtish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini, ayniqsa no-chor
guruxlarni aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi, pensiya jamgʻarmasi,
ijtimoiy nafaqalar, pensiyalar va nafaqalar indeksatsiyasi kabi tushunchalar va tuzilmalar amal
qila boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi 1993 yil 3
sentabr dagi Qonu-nida pensiyalar miqdori mehnat sta-ji va oʻrtacha ish haqita yanada uzviy
bogʻlandi. Pensiya va ijtimoiy nafaqalar tushunchalariga aniqpik kiritilib, pensiya — mehnat
stajiga koʻra qoʻlga kiritilgan huquq, ijtimoiy nafaqa esa muhtojlarga davlat tomonidan
koʻrsatiladigan yordam deb belgilab qoʻyildi. I.t.ning anchagina qismi ayrim toifadagi fuqarolarga
imtiyozlar berish, ularni umumiy qoidalarning talablari va majburiyatlaridan toʻliq yoki qisman
ozod qilishdan iborat. Hoz. davrda 1,2 mln.dan or-tiq pensionerlar va nogironlar 18 turdagi
imtiyezlar (shifokor retseptiga asosan bepul dori-darmon olish, protez-ortopediya mahsulotlari
bilan taʼminlanish, nogironlar aravachalari olish, avtomashina benzini uchun tovon puli olish, mol-
mulk, yer soligidan ozod etish va b.)dan foydalanmoqda, har oyda ularga meʼyorlangan har xil
oziqovqat va kir yuvish vositalari bepul yetkazib beriladi.
2001 yil 13 fevralda aholini ijtimoiy himoyasi boʻyicha davlat boshqaruvini mukammalashtirish
maqsadlarida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi. I.t. tizimida Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 12 viloyat va Toshkent sh.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhof-za qilish boshqarmalari, 213 tuman va shahar ijtimoiy boʻlimi,
26 "Muruv-vat" va 8 "Sahovat" qariyalar uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionata
(1970), "Nuroniy" (Toshkentda), "Oltiariq" (1979) va "Tovoqsoy" (1971), "Kosonsoy" (2002)
sanatoriylari, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi va
uning 10 ta mintaqaviy markazlari, Tayanchharakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni
sogʻlomlashtirish respublika markazi, 180 tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari (TMEK), 3 ta
nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari aholiga xizmat koʻrsatadi. I.t. sohasi uchun oliy va
oʻrta maʼlumotli kadrlar Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Toshkent moliya instituti, Toshkent ijtimoiy taʼminot huquqshunoslik texnikumi (1967)da
tayyorlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pensiya va ijtimoiy
nafaqalar toʻlash uchun qilingan harajatlar 283897 mln. soʻmni tashkil etdi (2001; 1995 yilda
15878,4 mln. soʻm). Oʻzbekistondagi pensionerlar soni va tarkibi jadvalda berilgan.
Oqiljon Obidov.
[1]
Manbalar
Soʻnggi tahrir 18 kun avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ijtimoiy_ta
ʼ
minot&oldid=284
2400
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |