Razgrafka yoki karta kesimi bu ko’p varaqli kartani varaqlarga ajratish tizimidir



Download 4,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana25.11.2022
Hajmi4,28 Mb.
#872232
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Tayanch iboralar: 
sifatli fon usuli, miqdorli fon usuli, miqdor 
ko 'rsatkichlari, miqdoriy farqlar, hududlar. 
15.1. Miqdorli fon (rang) usulining ahamiyati 
Bu usul bilan karta (lar)da tasirlanayotgan hudud chegarasida (akvatoriyasida) 
tasvirlanayotgan hodisani (obyektni) u yoki bu ma’lum miqdor ko’rsatkichi bo’yicha (asosida) 
uni qismlarga bo’lish va ularni har birini maydonli grafik vositalar yordamida qoplash yoki 
to’ldirish yo’li bilan o’sha hodisani miqdor farqlari tasvirlanadi. 
Hududni (akvatoriyani) qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan hodisani miqdor 
ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Ushbu qismlar orasidagi chegaralar aks 
ettirilayotgan hodisa bilan uzviy bog’langan belgilar bo’yicha o’tkaziladi va har bir qism 
uchun u yoki bu raqamli ma’lumotlar bo’yicha aks ettirilayotgan hodisani miqdor tavsifi 
ko’rsatiladi. 
Shuningdek, bu usul daryo suvlarining oqim modullarini, tuproqlardagi harakatchan 
azot, fosfor, kaliy formalarini va miqdorini tavsiflovchi kartalarda ham keng qo’llaniladi 
(1-rasm). 


92
 
1-rasm. Miqdorli fon (rang) usuli 
Relyefning parchalanish chuqurligi, m hisobida 
Daryolar o’zaniga nisbatan balandliklar 
Kartani taxt qilish sifatli fon usulidagiga o’xshaydi, lekin shkala pog’onalarini gullash 
qalinligi yoki shtrixovka kuchi (zichligi) ko’rsatkichlarni o’sishini aks ettiradi. Taxt qilishni 
boshqa priyomlarini (usullarini) ham qo’llash mumkin, masalan, miqdorli ko’rsatkichlarni 
diagrammali belgilar bilan mos uchastkalarning chegarasida joylashtirish va hokazo. Bu usul 
uchun shkalani maqsadga muvofiq tanlash ayniqsa muhim. Rayonlar buyoq yoki shtrixovka 
bilan ajratiladi. 
15.2.
Miqdorli rang usulining qo’llanilishi 
Miqdorli rang usuli hududni muayyan ko’rsatkich, masalan oqim moduli, relyef 
parchalanishining zichligi va chuqurligi yoki hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini 
ifodalovchi kompleks ko’rsatkichlar bo’yicha ajratishda ishatiladi. Xususan, miqdorli rang 
usuli: 1) tanlangan asosda (masalan, daryo havzalari, maktablar, shifoxonalar faoliyati 
zonalari va h.k. bo’yicha) yotgan hududni dastlabki ajratish (rayonlashtirish), har bir hududiy 
bo'linish uchun kartalashtirilayotgan ko'rsatkich qiymatini yoki ko’rsatkichlar kompleksini 
(masalan, oqim moduli, aholining maktab yoki shifoxona to’ri bilan ta’minlanganligi va h.k.) 
aniqlash, bo'linishlarni tegishli shkala pog'onasiga (yoki miqdor tavsiflari majmui sinflariga) 
keltirish va rasmiylashtirish; 2) kartaning butun maydoni bo'yicha miqdoriy ko'rsatkich 
(masalan, yonbag’irlar tikligi) qiymatlarini aniqlash va keyin shkalaning turli (qiyalik tikligi, 
relyefning parchalanishi zichligi va boshqalar) pog'onalariga tegishli uchastkalar chegaralarini 
o'tkazishda qo’llaniladi (2-rasm). Bezak berish sifatli rang usulida qabul qilingan bilan 
o’xshash, biroq ranglarning to’qligi (zichligi) yoki shkala pog’onalari shtrixovkasining kuchi 
ko’rsatkichlarning o’sishini bildiradi. Bezak berishning boshqa usullari ham bor, masalan 
tegishli uchastkalar doirasida joylashadigan diagramma belgilari bilan miqdorli 
ko’rsatkichlarni berish mumkin. 
Shuningdek, miqdorli rang (fon) usuli ajratilgan hududlar (rayonlar) doirasida 
yoppasiga tarqalgan hodisalarning miqdoriy farqlarinig tasvirlashda qo’llaniladi. Sifatli fon 
usuliga o’xshab u har doim rayonlashtirish bilan amalga oshiriladi, biroq sifatiy emas, balki 
miqdoriy belgilari hisobga olinadi. Rang berish yoki shtrixlash shkala bo’yicha bajariladi, 
ya’ni intensivlik belgi (xususiyat)ning o’zgarishiga muvofiq holda ortadi yoki kamayadi 
(1-rasm). Miqdorli rang (fon) usuliga daryo havzalaridagi gidroresurslar zaxiralari kartalari, 
relyefning parchalanish darajasi bo’yicha hududlarni rayonlashtirish kartalari va h.k. lar misol 
bo’ladi. 
Sifatli rang usulda ko’rsatkichlar rang bilan tasvirlansa, miqdorli rang usulida uning 
asosini miqdor tashkil qiladi. Miqdor ko’rsatkichlari hudud bo’yicha tarqalgan bo’lishi 
mumkin. Masalan, O’zbekiston geografik atlasidagi (1999) «Yoqilg’i-energetika kartasi» da 
O’zbekiston daryo havzalari bo’yicha jami elektr energiyasining quvvati rang bilan 
ko’rsatilib, uning asosida miqdor ko’rsatkich 


93
 
yotadi. 
2-rasm. Yer yuzasida ko’p uchraydigan nishablik burchaklarini tavsiflashda miqdorli 
rang usulining qo’llanilishi (Irkutsk atlasi bo’yicha, 1962 yil. 44 bet). 
Yer yuzasi uchastkalari nishabligi: 
1 - 2° gacha; 2 - 2-8°; 3 - 8-20°; 4 - 20° dan ortiq 
Ba’zan miqdor ko’rsatkichlar diagrammalarda ham ko’rsatilishi mumkin. Masalan, 
respublikamiz daryolarining havzalar bo’yicha suv hajmi kub metr hisobida diagrammada 
berilib, havzalar rangli tasvirlanishi mumkin. 
Miqdorli rang usuli uchun shkalani oqilona va to’g’ri tanlash muhim hisoblanadi 
(3-rasm). Kompleks ko’rsatkichlarda EHMda matematik-statistik hisob-kitoblar bilan 
olinadigan sintetik tavsiflar, odatda, taqqoslama baholash mazmuniga ega bo’ladi hamda 
hududiy bo’linishning tegishli guruhlariga (mamlakatlar, rayonlar va h.k.) xizmat qiladi. 


94
 
Bu usul kartografiyada juda kam ishlatiladl. Ba’zan sifatli rang usuli miqdorli rang 
usuli bilan birga ishlatiladi. Masalan, aholining milliy tarkibi tasvirlangan kartalarda milliy 
tarkib rang bilan, uning zichligi shtrixlar bilan ko’rsatilishi mumkin. Shu bilan birga, ustun 
konfessiyalar (sifatli fon usulida) rayonlarini turli dinga e’tiqod qiluvchi aholining foizi 
nisbatini qo’shimcha tavsiflash (miqdorli rang usuli) bilan ajratishda ikkala usul birgalikda 
ishlatilishi mumkin. 
Adabiyotlar ro„yxati 
1.
Мирзалиев Т. Картография. - Тошкент: Уз МУ, 2006. 
2.
Асомов М., Мирзалиев Т. Топография асослари ва картографиядан 
лаборатория машгулотлари. - Тошкент: Укдтувчи, 1990. 
3.
Берлянт А.М. Картоведение. - Москва: «Аспект пресс», 2003. 
4.
Плишкина О.В. Практикум по картографии. - Улан-Удэ: Изд.-во ВСГТУ, 
2006. 
5.
Мирзалиев Т., Мусаев И. Картография. - Тошкент: Зиёнур, 2007. - 160 б. 
6.
Mirzaliyev T., Safarov E.Yu., Egamberdiyev A., Qoraboyev J.S. Kartashunoslik. 
- Toshkent, 2012. 
7.
Robert E.Gabler, James F. Peterson, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical 
Geography. 2007. /www.brookscole.com 
8.
Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: Visualization of Geospatial 
Data. Printed and bound in Great Britain by Ashford Colour Press Ltd, Gosport, Hants. 
London, 2010. /www.pearsoned.co.uk 
Mustaqil ta’lim mavzulari 
1.
Miqdorli fon (rang) usulining ahamiyati. 
2.
Miqdorli fon (rang) usuli ishlatiladigan kartalar.
3-rasm. O’sib boruvchi belgilar 



Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish