qonuniy-huquqiy jihatdan ta’minlash
T
ad
b
irk
o
rl
ik
n
i
ri
v
o
jl
an
ti
ri
sh
d
as
tu
ri
tashkiliy jihatdan ta’minlanish
moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilish
•
tadbirkorlikning sug’urta ko’magi bilan
ta’minlanish
moliya-kredit ta’minoti
kadrlarni tayyorlash, qayta ixtisoslashtirish,
kadrlar malakasini oshirish
•
tadbirkorlarni ijtimoiy ruhan qo’llab-quvvatlash
axborot-maslahat bilan ta’minlanish
2.1 – rasm. Kichik biznesni rivojlantirish dasturi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat boshqaruvining
organlariga tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning umumiy
tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari va usullarini aniqlash, davlat byudjetdan tashqari
33
fondlari hisobidan 50 foizdan kam bo‘lmagan moliyaviy mablag‘lar bilan
ta‘minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, soliq va
boshqa to‘lovlar to‘lashda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar
belgilash vazifalari yuklangan.
O‘zbekistonning Konstitusiyasi xususiy tadbirkorlikni ishonchli tarzda
himoya qiladi, xususiy mulkchilikning daxlsizligiga qat‘iy kafolat beradi.
Huquqiy kafolatlarni o‘rnatilishi ma‘murlarning tadbirkorlar xo‘jalik tijorat
faoliyatiga aralashuvini chegaralaydi, xususiy mulkchilik huquqi va daxlsizligini,
shu
jumladan
talon-taroj
qilishlik va zo‘ravonliklardan himoyalanishini
ta‘minlaydi.
Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy jihatdan
ta‘minlanganligi O‘zbekiston Respublikasida markaziy va mahalliy boshqaruv
organlari o‘rtasidagi vakolatlarning belgilab qo‘yilganligiga asoslanadi. Davlat
boshqaruv organlari zimmasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
rag‘batlantirish davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish
tushsa, hokimiyatning mahalliy organlari esa o‘z hududlarida kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash hududiy dasturlarini ishlab
chiqadilar. Buning ijrosini ta‘minlash borasida respublikamiz mahalliy
hokimiyatlari
qoshida
tadbirkorlikni
rivojlantirish
ishlari
bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi Kengashlar tuzilgan. Ushbu Kengash vazifasiga kichik, o‘rta
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining joylarda bajarilishi
ustidan nazorat o‘rnatish, barcha tarmoqlar ishlarini muvofiqlashtirish, kichik va
o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda
tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish va hokazolar
kiradi.
―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 9-moddasining talablariga
34
asoslanib, viloyat, tumanlar va shaharlar hokimliklar kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqqanlar. Har bir
joriy yil uchun maxsus tadbirlar ham tasdiqlanadi.
Shunday qilib, bizning nazarimizda, O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini
shakllantirish va rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar, ya‘ni kichik va
xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ularning faoliyat
yuritishlarida erkinlik, aniq huquqiy kafolat bilan ta‘minlanganlik zaminlari
yaratilgan va uni amalga oshirishning qonuniy va me‘yoriy jihatdan
mustahkamlangan tizimi vujudga keltirildi. Qo‘yilgan maqsadning yechimi esa,
mazkur tizimning samarali ishlashidadir.
Demak,
bozor
munosabatlariga
asoslangan
iqtisodiyot
rivojlanish
tajribalariga ko‘ra, xulosa qilishimiz mumkinki, bozor iqtisodiyotini davlat
tomonidan tartibga solinishi tadbirkorlik rivoji uchun beqiyos imkoniyatlarni
beradi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni tubdan isloh qilishning beshta
muhim tamoyilidan ikkinchisi quyidagicha ta‘riflanadi: ―Murakkab o‘tish davrida
davlatning o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini
ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotning
yetakchi yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren
davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish
siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak‖.
Tadbirkorlik faolyatining amal qilishini tadqiq etishlar, hamda rivojlangan
bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda
tadbirkorlik faoliyatini shakllanishi va rivojlanib borish jarayonida davlat
ishtirokini amalga oshirilishini quyidagi uch ( 2.2 – rasm) bosqichlarga bo‘lish
mumkin.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |