11
Bolalarni maktabga tayyorlash fani ana shu ma’lumotlar negizida ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish masalalarini muvaffaqiyatliroq hal
eta oladi, psixik voqealar va jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini chuqurroq
o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim
pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bolalarning rivojlanishiga,
uning
qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu
singarilarni belgilashda yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va
harakat qilish qonuniyatlarining asosiy prinsiplarini o‘rganuvchi yosh fiziologiyasi
ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga
ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq
tarbiya vositalari va metodlarini, u yoki bu mashg‘ulotlarni
yoki tarbiyaviy
tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi.
Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv tizimining tipologik xususiyatlari
to‘g‘risidagi xulosalari pedagogika o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab
chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratishda yordam
beradi. Insonning voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini boshqaruvchi
psixikaning qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy
psixologiya
insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muhit bilan o‘zaro
munosabatlari jarayonida shakllanadigan holat va xislatlarni (tafakkur, xotira,
tasavvur, his-tuygu, iroda va hokazo) tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi “Bolalarni
maktabga tayyorlash metodikasi” fanining turli yoshdagi bolalarning bilish
imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy ta’sirni ular qanday qabul qilinishini
aniqlashida yordam beradi. Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh
va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim
berishning ratsionalroq mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish
jarayonini to‘g‘ri loyihalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani tashkil
etishning
samaralirok shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash
metodlarini ishlab chiqishda ijtimoiy psixologiya bilan qurollanadi.
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani jismoniy rivojlanish
masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning faoliyatini
me’yorllashtirish masalalarini o‘rganishda umumiy va ijtimoiy gigiyena, mehnat
gigiyenasi,
maktab gigiyenasi, pediatriya va boshqa fanlarning erishgan
yutuqlaridagi xulosalardan foydalanadi.
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani umumiy pedagogika bilan
ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy qobiliyatlari,
jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash hamda ta’limning mohiyati va
qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Shunday qilib, “Bolalarni maktabga
tayyorlash” fani yuqorida keltirilgan fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib, boyib
boradi. Yechilmay qolgan muammolar pedagogik
nuqtayi nazardan ilmiy
12
asoslangan tarzda o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi.
Bolalarni maktabga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalar
mustaqil ta’lim berish orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb
qilinmagan bolalar uchun bolalar bog‘chalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil
etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta
shug‘ullanadilar. Ota-onalarga maktab ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7
yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini
aniqlashda maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanadi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi
hamda faoliyati uchun ko‘prik, vazifasini o’tashni oila yoki bog‘chadagi ta’lim-
tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini
hisobga olishlari lozim. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar qatori
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani ham o‘z fani doirasida bir qator
fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi va tarakkiy etib boradi.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash fani falsafa fani bilan bog‘liq ekan
ushbu fanning metodologik jihatdan asoslaydi. Yosh psixologiyasi har bir yoshda
bolaning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Birinchi navbatda bola ruhiyati
markaziy o‘rin tutib, bu albatta, psixologiyani bilish nazariyasi bilan bog‘liqdir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani barcha
fanlar bilan chambarchas bog‘langandir.
Do'stlaringiz bilan baham: