123
yorug‘likni ko‘tara olmaydigan bo‘lib qoladilar. Kayfiyati tushkun bo‘ladi.
Astenik holatning muhim belgilaridan intellektual ish qobiliyatining pasayishidir.
Boshqa variantlarda ko‘pincha maktab yoshidagi bolalar klinikasida o‘zini
tuta bilishi buziladi. Bolalar maktab programmasini o‘zlashtirishga qiynaladigan
tez charchaydigan va etarlicha fikrlay olmaydilar. Ota-onalar so‘ziga ko‘ra
bolalari o‘jar, yig‘loqi,
baland tovushlar, kuchli yorug‘likni ko‘tara olmaydigan,
kayfiyatlari esa tushkun va noturg‘un bo‘lib qoladilar.
Astenik holatning asosiy belgisi bo‘lib, bemorlarda intellektual ish bajarish
faoliyatining pasayishiga olib keladi. Boshqa xollarda maktab yoshidagi o‘g‘il
bolalarda hulq atvorining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Revmatik tserebrostenik
kechuvi to‘g‘ri davolanganda ko‘pincha sog‘ayish bilan tugaydi. Lekin, yaxshi
natija ba‘zan noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Yangi infektsiya ta‘sirida (gripp, angina)
yoki maktabdagi yuklamalar natijasida yana sog‘liqni yomonlashuviga olib keladi.
Bunday bemorlarda retsidiv kechuvchi nevrotik reaktsiya kuzatiladi (tungi
qo‘rquvlar,
duduqlanish, anoreksiya). Kasallikning kechki bosqichlarida va
revmatizmning og‘ir kechuvchan epilepsiyasimon sindrom kelib chiqadi.
Asab ruhiy buzilishlarning og‘ir kechuvchi sindromlari, intellektual faoliyat
va xulqning dag‘al buzilishlari bilan. Revmatik entsefalit ko‘rinishida kuzatish
mumkin.
Bemorlar tormozlangan, impulsiv hatto agressivdirlar. Odatda ularning
diqqati va tashqi muhitni anglash buzilmagan bo‘ladi. Bolalar o‘qishi pasaygan,
o‘zlashtirishda muammolar va ularni tarbiyalashda qiyinchilik paydo bo‘ladi.
Bemorlarda shilqim harakatlar kuzatiladi. Ular soatlab bitta xarakatlarni yoki bitta
so‘zni takrorlayveradilar, majburiy kulgi va yig‘i kuzatiladi.
Shunday qilib, revmatizmning o‘tkir fazasida ruhiy holat o‘tkir
qisqa
muddatli, epizodik uyqusimon xush buzilishi vasvasasi bilan kechishi mumkin.
Engil kechganda esa depressiv astenik holatni ko‘rish mumkin. To‘xtovsiz retsidiv
va latent kechuvdagi psixozlar sekin-asta yoki o‘tkir osti qo‘rinishida bo‘lib,
shizoform simptomatikasiga o‘xshab kechuvchi psixozlar kuzatilib, oqibati yomon.
Davosi:
antirevmatik
terapiya,
antigistamin
preparatlar,
umumiy
quvvatlovchi va psixotrop preparatlar beriladi.
124
Sil psixozlari kam uchraydi. Krepelin yuqumli kasalliklar oqibatida kelib
chiqqan ruhiy holatlardan silga oxirgi o‘rinni ajratgan.
Sil psixozining klinikasi
bolalar va o‘smirlarda amentiv holat qo‘rinishida kuzatiladi. Delirioz holat o‘tkir
infiltrativ holatda bo‘ladi, shizoform simptomatikasi psixozlar o‘pka silining engil
kechuvida va mezoadenit kuzatiladi. Bosh miya silida esa epileptiform buzilishlar
va karaxtlik holatini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: