81
joylashuvi uning ton balandligining o‘rtacha qiymatiga mos keladi. Ba’zi
bir joylarda grafik uzilishi mumkin: dastur sof tonni topa olmagan,
shovqinsimon tovushlarning tonini korrektsiya qilish esa ma’noga ega
emas. Grafikning ba’zi joylarida keskin vertikal ko‘tarilishlar ham bo‘lishi
mumkin. Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Ton balandligini aniqlash bu –
tovush signalining joriy chastotasini o‘lchashdir. Aniqrog‘i, chastotani
o‘lchashdan ko‘ra, ko‘proq tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lgan signalning
maksimal qiymatini aniqlashdir. Bunday amalni aniq bajarish uchun,
chastotasini o‘lchash mumkin bo‘lgan tovush tebranishi ko‘proq vaqt
mavjud bo‘lishi lozim. bu erda esa bitta nota boshqasini tezkorlik bilan
almashtiradi. Shuning uchun ton balandligining o‘rta qiymati katta farq
bilan o‘lchanadi. Shovqin bilan to‘la kuylangan notalar orasidagi pauzalar
hamda bitta notadan ikkinchisiga sakrashsimon o‘tishlar o‘ta keng yo‘lli
mos keladi, ular uchun “signal chastotasi” ma’noga ega emas, demak ton
balandligini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun, grafikdagi uzun vertikal
chiziqlarga e’tibor bermasa ham bo‘ladi. Segmentlarning vertikal o‘qda
joylashishiga ham shubha bilan qarash mumkin.
Vokalni to‘g‘rilashning eng sodda usuli quyidagidan iborat: kerakli
segmentlarni belgilab olinadi (
+ klavishalar kombinatsiyasi
hamma segmentlarni belgilab olish imkonini beradi) va
Pitch Quantize
regulyatori yordamida ularni grafikning vertikal o‘qida joylashgan eng
yaqin nota belgilariga “tortib” qo‘yiladi. Nomlanishidan ko‘rinib turibdiki,
Pitch Quantize
regulyatori segmentlarning ton balandligi bo‘yicha
kvantizatsiyasiga
javob
beradi.
regulyatorning
joylashuvi
bilan
kvantizatsiyaning “qattiqligi” beriladi. Biroq bu kabi amal foydaga xizmat
qilishining kafolati yo‘q. Agarda
VariAudioni
samarali qo‘llamoqchi
bo‘lsangiz, u holda vokalni to‘g‘ri muharrirlash uchun qo‘l mehnatining
turli xil usullarini o‘zlashtirish lozim. Siz yangi segmentlarni yarata
olmaysiz ammo ularni bo‘lish evaziga ko‘paytirishingiz mumkin: bitta
segmentni kesib, ikkita segment hosil qilishingiz mumkin. Kesish amali
foydali bo‘ladi, agar dastur alohida notalarni topmagan bo‘lsa. Bu holda,
siz segmentlarni notalarning avvaldan o‘ylangan joylashuvi bilan mos
holda kesishingiz mumkin, keyinchalik har bir segmentga bog‘liq
bo‘lmagan holda ton balandligini korrektsiya qilish mumkin. Segmentlarni
o‘chirish, kesish va ularning chegaralarini siljitish inspektordagi Segments
tugmasi yordamida yoqiladigan rejimda bajariladi. Bu holda
juda e’tiborli bo‘lish lozim: agar yuqorida keltirilgan rejim o‘rniga
Do'stlaringiz bilan baham: