Gafurova cubase docx


SoftClipper – “yumshoq” xarakteristikali amplitudaning chegaralovchisi. Keyingi guruh bu - Dynamics



Download 9,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/81
Sana21.11.2022
Hajmi9,84 Mb.
#869677
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
Bog'liq
Kompyuter-musiasi-tehnologiyasi-afurova-cubase-dasturi

SoftClipper
– “yumshoq” xarakteristikali amplitudaning
chegaralovchisi.
Keyingi
guruh
bu
-
Dynamics
guruhining
VST-plaginlari.
Bajarayotgan vazifasiga bog‘liq ravishda dinamik qayta ishlovning
quyidagi uskunalarini farqlashadi:
daraja chegaralovchilari (limityorlar);
dinamik diapazon kompressorlari;
dinamik diapazon ekspanderlari;
ostonaviy shovqin bostirgichlar (geytlar).
Daraja chegaralovchisi
(limityor) – bu daraja avtoregulyatori bo‘lib,
uning uzatish koeffitsienti quyidagicha o‘zgaradi: kirish signali nominal
darajadan oshib ketsa, chiqishda uning signallarining darajasi deyarli
o‘zgarmas bo‘lib, nominal qiymatga juda yaqin bo‘ladi. Nominal
darajadan ortib ketmaydigan kirish signallarida daraja cheklovchisi odatiy
chiziqli kuchaytirgich sifatida ishlaydi. Limityor darajaning o‘zgarishiga
darhol javob qaytarishi lozim.
Kompressor
– bu kirish signalining darajasi pasayib borishi vaqtida
uzatish koeffitsienti ortib boruvchi qurilmadir. Kompressorning ishlashi
o‘rtacha quvvatning ortishiga olib keladi, va, natijada ishlov berilayotgan
signal jarangining balandligi ortadi hamda uning dinamik diapazoni
siqiladi.


66
Dinamik
diapazon
ekspanderi

kompressorning
amplitudali
xarakteristikasiga
teskari
bo‘lgan
amlitudali
xarakteristikaga
ega.
Ekspanderdan kompressor tomonidan o‘zgartirilgan diapazonni tiklash
lozim bo‘lgan hollarda foydalaniladi.
Ostonali shovqin bostirgich
(geyt) – bu avtoregulyator bo‘lib, uning
uzatish
koeffitsienti quyidagicha
o‘zgaradi:
kirish
signali darajasi
ostonaviy darajadan kichik bo‘lsa, chiqishda signal amplitudasi nolga
yaqin
bo‘ladi.
Ostonaviy darajadan
darajasi
katta
bo‘lgan
kirish
signallarida ostonaviy shovqin bostirgich odatiy chiziqli kuchaytirgich
sifatida ishlaydi.
Dinamik
qayta
ishlov
qurilmalarining
(geytdan
tashqari)
boshqariluvchi hamma bo‘g‘inlarida ishlandi deb signal darajasining
ortishiga qurilmaning javobini, tiklash deb esa signal darajasining
pasayishiga qurilmaning javobini hisoblash qabul qilingan.
Ishlab ketish vaqti
– bu manbadan nominal qiymatdan katta 6 dB
darajali signal uzatila boshlaganidan to chiqish signalining darajasi 6 dan
to 2 dBgacha kamayayishigacha bo‘lgan intervaldir.
Tiklanishsh vaqti
– bu manbadan uzatilayotgan signal darajasi 6
dBdan to nominal qiymat 0 dBgacha pasaygan vaqtdan to chiqish signali
darajasi nominal qiymatga nisbatan -6 dan -2 dBgacha ko‘tarilgan vaqt
intervalidir.
Geyt
uchun
ishlab
ketish
deb
foydali
signal
yo‘qolganda
kuchlanishning pasayishi, tiklanish deb esa – foydali signal paydo
bo‘lganda tiklanishning kuchayishi qabul qilingan.
Dinamik qayta ishlovning ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishlaridan biri
kompressiya bo‘lib, u dinamik diapazonni siqadi. Sub’ektiv jihatdan
kompressiya tovush balandligining ko‘tarilishi sifatida namoyon bo‘ladi,
tovush
yanada
“zichlashadi”.
Kompressiya
natijasida
buzilmagan
signalning
o‘rtacha
quvvatini
kattalashtirishga
erishish
mumkin.
Kompressiyaning natijasi bir nechta asosiy parametrlarning qiymatlarini
to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Ulardan eng muhimlari quidagilar:
·
Ishlab ketish ostonasi (Threshold);
·
Kompressiya
koeffitsienti
yoki
siqish
koeffitsienti
(Compression Ratio);
·
Kompensatsiya qiluvchi kuchlanish (Makeup Gain);
·
Hujum vaqti (Attack Time);
·
Tiklanish vaqti (Release Time).


67
Ishlab
ketish
ostonasi

kompressor
kuchlanishni
boshqara
boshlaydigan darajani aniqlaydi (ba’zida u faol holatda deb gapirishadi).
Signal darajasining qiymati ostonaviy darajadan kichik bo‘lgan hollarda
kompressor signalga ta’sir etmaydi (kompressor passiq yoki o‘chirilgan
holatda bo‘ladi). Qayta ishlov faqat alohida cho‘qqilarni qamrab oladimi
yoki signal doimo kompressiyalanadimi, bu ostonaning kattaligiga bog‘liq.
Kompressiya
(siqish)
koeffitsienti
ostonaviy darajadan darjasi yuqori
bo‘lgan signalning dinamik diapazonini siqish darajasini aniqlaydi. Son
jihatdan u, ishlayotgan kompressor chiqishidagi signal darajasining uning
kirishidagi signal darajasiga nisbatiga teng. Misol uchun, kompressiya
koeffitsienti 2:1 nisbatda bo‘lsa, bu degani, kirish signali darajasini 2 dBga
o‘zgartirish chiqish signalining darajasini 1 dBga o‘zgartirishga olib
keladi. Amaliyotda, ko‘p hollarda, aynan shunday nisbat qo‘llaniladi, ba’zi
hollarda yuqoriroq qiymatlarni o‘rnatishga to‘g‘ri kelsa ham. Agarda
kompressiya koeffitsienti aytaylik 20:1 va undan katta nisbatda o‘rnatilgan
bo‘lsa, u holda chegaralash rejimi hosil bo‘ladi. Ya’ni, agar kirishda,
o‘rnatilgan darajadan katta darajali signal paydo bo‘lsa, u holda chiqishda
signal deyarli kuchaytirilmaydi. Kompressiya koeffitsienti

: 1 bo‘lsa, bu
absolyut chegaralashdir.
Kompensatsiya qiluvchi kuchlanish
dinamik qayta ishlovning ba’zi
ko‘rinishlarida
paydo
bo‘luvchi
signal
darajasining
o‘zgarishlarini
to‘ldirish uchun zarur. Masalan, agar signalni -5 dB darajada chegaralasak,
uning dinamik diapazoni torayadi, tovush esa pasayadi. Ana shu erda
signalni 5 dBga kuchaytirish yordam beradi.
Hujum vaqti
ostonaviy darajadan yuqori darajaga ega signalga
kompressor
qanchalik
tez
javob
qaytarishini
aniqlaydi.
Mazkur
parametrning (Attack Time) etarli darajada katta qiymatlarida kompressor,
har holda, kirish signali darajasining keskin ko‘tarilishlarini kuzatib
ulgurmasa kerak. Kompressorning chiqishida signalda cho‘qqilar mavjud
bo‘ladi. Agarda, Attack Time parametrining qiymati juda kichkina bo‘lsa,
u holda signal darajasini sakrashsimon tarzda kattalashtirilganda signal
cho‘qqilari deyarli paydo bo‘lmaydi. Biroq, bu holda jarang etarli darajada
aktsentlanmagan bo‘lishi mumkin.
Tiklanish vaqti
– bu signal darajasining ostonaviy darajadan pastka
tushishida, kompressorning faol holatdan chiqish vaqtidir. Agarda
tiklanish vaqti etarli darajada katta bo‘lsa, kompressor faol holatda
uzoqroq bo‘ladi va dinamik diapazonga zarur bo‘lmagan holda ham ta’sir
etib turadi. Bu esa, o‘z navbatida, tinglashda sezilarli bo‘lgan tovush
pulsatsiyasi effektini beradi, chunki kompressiya tovushni silliqlamaydi.


68
Tiklanish vaqti kam bo‘lsa, ahamiyatli silliqlanish ta’minlanadi. Ammo
kirish signalining darajasi doimo ostonaviy qiymat atrofida bo‘lsa, “katta
yutim” effekti paydo bo‘lishi mumkin.
Optimal tiklanish vaqtini tanlash o‘zaro kelishuvchanlikni izlashga
asoslangan. Tajribasiz vokalist, odatda, jarangdagi katta katta sakrashlarga
yo‘l qo‘yadi. Natijada, ba’zi so‘zlar umumiy jarangda eshitilmaydi,
ba’zilari esa, aksincha, juda qattiq eshitiladi. Shuning uchun vokal
yozuvida doimo kompressiyadan foydalaniladi. Agarda vokalistning
shipillovchi tovushlar bilan muammosi bo‘lsa, mikrofon va uning joyini
almashtirish hech qanday natija bermasa, u holda tenglashtirish vaqtida
deeser rejimidagi kompressordan foydalanish kerak, mazkur rejimli
kompressorda vokal partiyadagi hushtakli va shitirlovchi undoshlar olib
tashlanadi. Agarda filtratsiya qilish yo‘li bilan tashqi ekvalayzer
yordamida boshqaruv kanali kirishiga kelib tushuvchi hamma past
chastotalarni bostirilsa, u holda kompressor faqat yuqori chastotali
tovushlarni sezadi. U holda, kompressor tomonidan boshqariluvchi signal
hushtak va shitirlashdan iborat ilk audiosignalning tarkibiy qismlaridan
shakllanadi. Bu deeserning ta’sir qilishidir. Ta’sir qilish zarur bo‘lgan
chastotali tarkibiy qismlarni tanlash tinglash qobiliyati orqali amalga
oshiriladi. Kompressorni boshqarish kanaliga kiritilgan ekvalayzer, 4-10
kGts sohasidagi chastotalarni kuchaytirishi lozim. ammo bunda aniq
ACHXni izlab topish kerak.
Dinamik qayta ishlov tovushli ma’lumotlarni qayta ishlashning
asosiy ko‘rinishlaridan biridir.

Download 9,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish