33
Nota yozuvining ixtiyoriy simvollarini, ixtiyoriy cho‘zimdagi
notalarni, punktirli notalarni, triollarni kiritish uchun
uskunasidan
foydalaniladi.
(Erase) uskunasi yordamida xatolarni tuzatish mumkin.
Partiturani yoki alohida partiyalarni printer yordamida qog‘ozga
chiqarish mumkin. Nota ko‘rinishida yozilgan hamma ma’lumotlar
klavishalar izlari muharriri
Key Editor
oynasida, shu nomli muharrirning
List Editor
xabarlar ro‘yxatida, Cubase 5
Project oynasida treklardagi
qismlar ko‘rinishida avtomatik tarzda aks etadi.
Scores
oynasini ochish uchun kerakli partiyani belgilab (bitta yoki
bir necha MIDI-qismlarni), bosh menyuning
MIDI > Open Score Editor
buyrug‘ini tanlash yoki klaviaturadagi
+ klavishalar
kombinatsiyasidan foydalanish kerak.
Scores
oynasida MIDI-xabarlar an’anaviy nota yozuvi ko‘rinishida
aks ettirilgan. Nota muharririda, turli xil treklarda joylashgan bir nechta
partiyani bir vaqtning o‘zida ko‘rish va muharrirlashga imkoniyat mavjud.
Bu holda bir vaqtda yangrovchi partiyalar partitura ko‘rinishida ochiladi.
Asosiy uskunalar paneli Key editor panelidan unchalik farq qilmaydi.
Ammo bu erda bitta qo‘shimcha
Show tool strip tugmasi bor bo‘lib,
uning yordamida qo‘shimcha uskunalar panelini aks ettirish yoki o‘chirib
qo‘yish mumkin:
34
Qo‘shimcha uskunalar paneli to‘rtta guruhga ajratilgan: Insert;
Enharm.Shift;
Functions; Layer.
Insert guruhidagi birinchi to‘rtta tugma ovozni tanlashga xizmat
qiladi. Keyingi tugmalar kiritilayotgan notalarning cho‘zimlarini tanlashga
mo‘ljallangan.
Enharm.Shift
guruhining
tugmalari
nota
yozuvida
alteratsiya
belgilarini engarmonik almashtiradi.
Functions
guruhida chapdan o‘ngga
qarab quyidagi uskunalar joylashgan:
·
Get Info – StaffSettings oynasini ochish;
·
Flip – nota shtillari yo‘nalishini o‘zgartirish: yuqoriga
yoki pastga;
·
Group Notes – notalarni guruhlash;
·
Auto Layout – taktdagi (taktlardagi) ma’lumotlarni aks
ettirishda gorizontal o‘lchovini optimallashtirish;
·
Nide – belgilangan sohadagi simvollarni yashirish;
·
Position Panel – sichqoncha ko‘rsatkichi koordinatalarini
aks ettirish oynasini chaqirish;
·
Make Chord Symbols – akkordlarni yaratish;
·
Force Update – ekrandagi tasvirni majburiy yangilash;
·
– (Ope down) va + (Ope or) – boshqa ovozga mos bo‘lgan
nota yo‘liga belgilangan notalarni olib o‘tish (yuqoriga yoki pastga).
Layer
guruhi tugmalari nota yozuvlarini qatlamlarda
aks etishni tashkillashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: