bazasining manzili
deyiladi. Vektor umuman
olganda bazaning manzili, elementlar o’lchami va ularning soni yoki elementlar o’lchami
va indeks o’zgarishining diapazoni bilan aniqlanadi. Agar L0 - vektorni saqlash uchun
ajratilgan xotira blokidagi birinchi baytning manzili, s - har bir elementni saqlash uchun
ajratilgan baytlar soni bo’lsa, ixtiyoriy i-elementning manzili quyidagicha bo’ladi:
loc (Ai) = L0 + c (i - 1),
(1os inglizcha 1osation - joylashgan joyini aniqlash).
L0 bazasining manzili dasturni translyatsiya qilish jarayonida translyator
tomonidan aniqlanadi. Shu vaqtning o’zida vektor uchun deklaratsiyada aniqlangan
uning o’lchamiga muvofiq xotira zahiraga olinadi. Translyatsiya jarayonida xotira
manzillarning ketma-ket oshib borishi tartibida taqsimlanadi. Manzillarning kamayib
borishi tarafiga xotiraning taqsimlanishi ham bo’lishi mumkin. Ushbu vaziyatda s (i - 1)
qiymat L0 dan ayirib tashlanadi
Vektorni xotirada taqdim etish ular dasturlash tilida qanday ta’riflanganligiga
bog’liq emas. Istalgan ta’rifda ushbu taqdim etish bir xil bo’ladi. Ikki o’lchamli massiv
matritsa
deb ataladi. Matritsaning har bir elementi ikki indeks bilan aniqlangan. Umumiy
holatda matritsa ixtiyoriy o’lchamga ega bo’lishi, ya’ni ko’p o’lchamli bo’lishi mumkin.
Ko’p o’lchamli massiv bir o’lchamli ekvivalent massiv bilan taqdim etilgan bo’lishi
mumkin. Masalan, matritsaga elementlari o’z navbatida vektor hisoblanadigan vektor
sifatida qarash mumkin. Bunda matritsa kompyuter xotiradsida «qatorlar qatori» va
«ustunlar qatori» sifatida ko’rilishi va saqlanishi mumkin. Birinchi holatda
A(1,1) A(1,2) A(1,3) A(2,1)
A(2,2) A(2,3) A(3,1) A(3,2)
A(3,3)
matritsasi quyidagi vektor ko’rinishida taqdim etiladi:
A(1,1) A(1,2) A(1,3) A(2,1) A(2,2) A(2,3) A(3,1) A(3,2) A(3,3).
Matritsa elementlarini shunday ketma-ketlikda saqlash qatorlar bo’yicha
joylashtirish deyiladi.
Boshqa holatda, matritsa «ustunlar qatori» sifatida ko’rilsa, uning elementlari
xotirada ustunlar bo’yicha quyidagi tartibda joylashadi:
A(1,1) A(2,1) A(3,1) A(1,2) A(2,2) A(3,2) A(1,3) A(2,3) A(3,3).
Qatorlar bo’yicha joylashtirilganda A(ij) matritsa elementining manzili quyidagi
ifoda bilan aniqlanadi:
loc (Ai,j) = L
0
+ s(i - 1) + s(j - 1), bunda m - ustunlar soni.
Umumiy holatda massiv ixtiyoriy o’lchamga ega bo’lishi mumkin. n- o’lchamli
massiv uchun o’lchamlar soni, shuningdek indekslar o’zgarishi diapazonining yuqori va
pastki chegaralari ko’rsatiladi
Bir qator vaziyatlarda bir massivda turli tipdagi ma’lumotlarni saqlashga to’g’ri kelib
qoladi. Bunday massiv
Do'stlaringiz bilan baham: |