5-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu:To’g’ri, qarama-qarshi va qo’shimcha sonlar kodi.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi.
To’g’ri, qarama-qarshi va qo’shimcha
sonlar
kodi amalda yani kompyuterda bajarishni o’rganish.
Topshiriqlar:
1.
To’g’ri va qarama-qarshi sonlar kodini aniqlang?
2.
Qo’shimcha sonlar kodini aniqlang?
Biror bir songa qarama-qarshi son 000 son oʻqining boshqa tarafida va 000 dan bir xil
masofada joylashgan sondir.
Quyida bir qancha misollar berilgan: -4 soni 4 sonining qarama-qarshisidir.
Biror bir songa qarama-qarshi son 000 son oʻqining boshqa tarafida va 000 dan bir xil
masofada joylashgan sondir.
Quyida bir qancha misollar berilgan:
-4 soni 4 sonining qarama-qarshisidir.
Keling, mashq bajaramiz!
Nuqtani 2 sonining qarama-qarshisiga koʻchiring?
Butun son ko’rinishdagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi.
Komp’yuter xotirasida sonlarni ikki xil o’lchamda ifodalash mumkin. Ularning birinchisi
butun sonlar uchun, ikkinchisi esa haqiqiy sonlar uchun qo’llanadi.
Kompyuter xotirasida ifodalash mumkin bo’lgan
sonlarning diapazoni
chegaralangan. Bu chegara sonlarni saqlash uchun mo’ljallangan
xotira hajmi bilan
belgilanadi. 2.Butun sonlarni kompyuter xotirasida ifodalashni boshqa usuli – qo’shimcha
kodlash usuli deyiladi. Kodlanuvchi sonlar diapazoni ularga
xotiradan ajratilgan bitlar
soniga bog’liq. Masalan, Integer turidagi sonlar diapazoni -32768(-215) dan 32767(215-
1)gacha bo’ladi va ularni xotirada saqlash uchun 2 bayt; LongInt teridagi sonlar diapazoni
-231 dan 231 -1 gacha va ularni xotirada saqlash uchun 4 bayt;
Word turidagi sonlar
diapazoni 0 dan 65535(216-1) va ularni xotirada saqlash uchun 2 bayt joy ajratiladi.
Yuqoridagi sonlar turidan ko’rinib turibdiki, qiymatlar ishorali va ishorasiz deb qabul
qilinishi mumkin. Agar qiymat ishorasi bilan tasvirlangan ko’rinishda bo’lib eng chapdagi
(katta)razryad 0 bo’lsa, son musbat, agar 1 bo’lsa manfiy ekanligini bildiradi.
Razryadlar 0 dan boshlab o’ngdan chapga tartiblanadi. Quyidagi rasmda 2
baytli
mashina so’zini tartiblash keltirilgan.
15 14 13 12 11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 0
Musbat sonni qo’shimcha kodi uni to’g’ri kodi bilan bir xil bo’ladi.
Butun sonni
to’g’ri kodi quyidagicha hosil qilinadi: berilgan son ikkili sanoq sistemasiga o’tkaziladi,
keyin bu son qaysi turga tegishli bo’lsa, uni ikkili sanoq sistemasida ko’rinishini chap
tomoni razryad to’lguncha 0 raqami(son qiymati o’zgarmaydi) bilan to’ldiriladi.
Masalan, agar 3710 =1001012 soni Integer turiga tegishli deb e’lon qilingan bo’lsa,
uni to’gri kodi 0000000000100101, agar LongInt turiga tegishli deb e’lon qilingan bo’lsa,
uni to’gri kodi 00000000000000000000000000100101 bo’ladi. Ko’proq,
hosil qilingan
kodlarni ixchamroq yozish uchun 16li sanoq sistemasidan foydalaniladi.
Yuqorida hosil
qilingan kodlarni 16li sanoq sistemasida quyidagicha yoziladi: 002516 va 0000002516.