“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/239
Sana21.11.2022
Hajmi3,8 Mb.
#869341
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   239
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat savollari: 
1. Texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha halqaro talablar qaysi xujjatda keltirilgan? 
2. USTga a‘zo davlatlarda qanday texnik jihatdan tartibga solish tizimlari faoliyat ko‘rsatishi kerak? 
3. Texnik reglamentlar nima? 
Reja. 
1.Mahsulot haqidagi ma‗lumotlar 
2.Mahsulotlarni standartlashtirish 
3. Mahsulotlarni kodlash 
 
Tayanch so‗zlar: Shtrixkod, mahsulot, kodlash, mahsulot sifati, sifat, EAN. 
 
Ba‘zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko‗rinarli joyida yoki etiketkasida harxil 
qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko‗rishimiz mumkin. Ularga shtrix-
kod nomi berilgan. Xo‗sh, shtrix-kodlar nima va qachon paydo bo‗lgan? 
Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‗oyasi ilk bora 30-yillarda AQSHning 
Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‗lib, undan amalda foydalanish bir necha o‗n yillardan 
so‗nggina, ya‘ni, 60-yillardan boshlangan. Shtrix-kodlarni dastlabki qo‗llovchilar temir yo‗lchilar 
bo‗lib, 
shu usul orqali temir yo‗l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprotsessor 
texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish 
imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan 
boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YEAN (European Article Numbering) ta‘sis etildi va hozirda 
undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda. 
20-MA‘RUZA. MAHSULOTLAR TO‘G‘RISIDAGI MA‘LUMOTLARNI 
STANDARTLASHTIRISH VA KODLASH TIZIMI 


111 
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli 
qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‗lib, bu chiziqlarning o‗lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-
kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o‗qishga mo‗ljallangan. Uning vositasida, 
mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma‘lumotlar 
kompyuterga uzatiladi. 
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‗zbekiston Respublikasida ishlab 
chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. ―GS1 International‖ (YeAN Uzbekistan) 
(Belgiya, 
Bryussel) 
xalqaro 
assotsiatsiyasi 
tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli 
identifikatlashtirish kodi berildi. 
U bo‗yicha bu tovar qaerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. Mamlakat kodidan 
keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. 
Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste‘molchilik xossalari o‗lchami, massasi, tarkibi, 
shakli, o‗ramining ko‗rinishi va boshqa ma‘lumotlar shifrlab qo‗yilgan. 
Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-
raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan o‗qilishi 
to‗g‗riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga o‗zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi 
haqidagi ko‗rsatkichlar kiritilmaydi. 
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan ―GSI Internatsional‖ (YeAN Uzbekistan) 
tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish Markazida ro‗yxatga olinadi. 
Dunyoning ko‗pchilik mamlakati foydalanadigan bu tizimning qulayligi shundan iboratki, u 
sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlarni avtomatlashtirilgan hisobini yuritishga imkon beradi. 
Zamonaviy texnika bilan jihozlangan magazinlardagi kassa apparati bu barcha tovarlarni va ularning 
narxlari xotirasiga kiritilgan kompyuterdir. Ularni savdo korxonasi o‗zi belgilaydi, buyumlarda bir xil 
shtrixli kod bo‗lsa ham turli savdo joylarida ular farq qilishi mumkin. Magazin raxbarlari ixtiyoriy 
paytda qancha so‗mga va qanday buyumlar sotilganligi, qaysilariga talab borligi yoki ularni turib 
qolishini bilib olishlari mumkin. Tizim ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida doimo tezkor 
to‗planadigan ma‘lumotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham, ulgurji va chakana savdo uchun 
ham qulaydir. Barcha jarayonlar ustidan nazorat kuchayadi, buxgalteriya hisobi, tovar-transport va 
boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi. 
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma mablag‗lar 
harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini ta‘minlash, omborxonalarda saqlash 
xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi. 
Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta "zebra" belgili tovarni 
tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste‘molchi uchun axborotga ega emasligini ta‘kidlash kerak. 
Ammo o‗z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi o‗zining obro‗si uchun yagona ma‘lumotlar bazasiga 
ma‘lumotlar berib, albatta tovarlar va o‗zi haqida umumiy ma‘lumotlarini bildiradi. Bu 
ma‘lumotlarni soxtalashtirish mumkin emas. Garchi ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks 
reklamaga ega bo‗ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi. 
Grafik tasvirni va raqamli qatorni loyiqligini taqqoslashini buyum xaqidagi axborotni to‗g‗riligi 
uchun javobgar bo‗lgan ixtiyoriy YeAN milliy yoki xalqaro ma‘lumotlar bankida o‗tkazish mumkin. 
Bu tizimdan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va savdoda muvaffaqiyatli foydalaniladi. 
Savdo sheriklari barcha zanjir bo‗ylab identifikatlashtirish raqamiga havola qilishadi bu qulaydir, 
chalkashlik va har xil tushunishni bartaraf qiladi. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish