“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”


Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi (ILAK)



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/239
Sana21.11.2022
Hajmi3,8 Mb.
#869341
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   239
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi (ILAK) 
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni akkreditlashdan 
maqsad sinov laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISOG‘MEK Rukovodstvo 
2.86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
Takrorlash uchun savollar. 
1.
―Metrologiya to‘g‘risida‖ respublika qonunining asosiy ahamiyati nimalardan iborat? 
2.
Metrologik xizmat bilan metrologik ta‘minotning qanday o‘zaro farqli tomonlari mavjud? 
3.
Metrologik ta‘minotning tashkil etuvchi asoslarini so‘zlab bering. 
4.
Nima uchun metrologik ta‘minotning ilmiy asosi metrologiyadan iborat deyiladi? 
5.
―Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish‖ faoliyati bo‘yicha qanday xalqaro 
nufuzdagi tashkilotlarni bilasiz? 
 
Reja: 
1. Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari. 
2. O‘lchashlarni bajarish metodikasi. 
3. Me‘yoriy hujjatlarning ekspertizasi. 
9--mavzu. Standart namunalar, o‘lchashlarni bajarish metodikasi va 
me‘yoriy hujjatlarning ekspertizasi 


55 
Tayanch so‘z va iboralar: 
standart namunalar, o‘lchashlarni bajarish metodikasi, hujjatlarning 
ekspertizasi, o‘lchashlarni bajarish 
Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari. 
Standart namunalar (SN) O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta‘minlash tizimi (O‘zO‘BTT) 
ning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
O‘lchash birliligini ta‘minlash maqsadlarida SN quyidagilar uchun qo‘llaniladi: 

o‘lchash vositalari (O‘V) ni qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash, darajalash, 
shuningdek ularni sinashda, shu jumaladan turini tasdiqlash maqsadida metrologik tafsilotlarini 
tekshirish uchun; 

O‘BM ni metrologik attestatlash; 

O‘BM dan foydalanish jarayonida ularning xatoliklarini o‘zlarida o‘rnatilgan algoritmlarga 
muvofiq tekshirish; 

metrologik tekshiruvning boshqa turlari uchun qo‘llaniladi. O‘lchashlarning ba‘zi turlarida SN 
tekshirish sxemasi tarkibiga etalon (O‘lchashlar namunaviy vositasi) sifatida kirishi va mos 
qiyoslash sxemasida o‘rnatilgan tartibda birlikning o‘lchamini uzatish uchun qo‘llanilishi 
mumkin. 
SN tan olish darajasi va qo‘llanish doirasiga qarab quyidagi toifalarga ajraladi: 
– davlatlararo SN (DASN); 
– davlat (sertifikatlashtirilgan) SN (DSSN); 
– ishlab chiqaruvchining SN (KSN). 
Davlat (sertifikatlashtirilgan) standart namunalari quyidagicha belgilanadi: 
Oz DSN – O‘zbekiston davlat standart namunasi. 
Ishlab chiqaruvchining standart namunalari uchun: 
O‘z ICHSN – O‘zbekiston ishlab chiqaruvchining standart namunasi 
Turli toifadagi SN qo‘llanish doirasi: 
- DASN va DSN uchun sertifikatlashtirilgan standart namuna (SSN) O‘zbekiston xalq xo‘jaligining 
barcha sohalarida, shu jumladan, agar SN turining tavsifida eslatib o‘tilmagan bo‘lsa, davlat 
metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada ham qo‘llaniladi; 
- ishlab chiqaruvchining standat namunasi (IChSN) O‘zbekiston xalq xo‘jaligining barcha 
sohalarida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan mustasno, qo‘llaniladi. 
IChSN ni qo‘llanish sohasi SN ni qo‘llanishga oid guvohnomada yoki yo‘riqnomada eslatib 
o‘tiladi. 
SN vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan (tan olingan) dan keyin o‘z vazifasi bo‘yicha 
qo‘llanishga ruxsat etiladi. 
O‘zbekiston davlat metrologik tekshiruv va nazorat sohasida O‘zstandart Agentligi bergan 
sertifikatga ega SN yoki "DASN" yoki "DSSN" (ruscha "MSO" yoki "GSO") belgilari bo‘lgan SN, 
1992-yilgacha chiqarilgan va o‘z kuchini yo‘qotmagan SN ni qo‘llanish ruxsat etiladi. 
Xorijda ishlab chiqarilgan, import bo‘yicha keltiriladigan SN qo‘llanishga belgilangan 
tartibda ruxsat etiladi. 
Xalqaro va hududiy tashkilotlarda yaratilgan SN, agar bu ishda O‘zbekiston qatnashgan va 
(yoki) SN ni tan olishga qo‘shilgai bo‘lsa, bunday SN uni tan olishda ko‘rsatilgan shartlarga 
muvofiq qo‘llaniladi. 
SN uchun metrologik tafsilotlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim, bunday tafsilotlar SN ni yaratish 
va chiqarishga hujjatlarda me‘yorlanadi. 


56 
SN ni yaratish va chiqarish hujjatlarida ularning muayyan turlari uchun texnik topshiriqlar 
(TT) va texnik shartlar (TSh) da quyidagi metrologik tafsilotlar me‘yorlanadi: 
а)
SN ning attestatlanadigan tafsilotining ahamiyati; 
б)
attestatlanadigan qiymatning xatoligi (noaniqligi); 
в)
SN materialining bir jinsli emasligi natijasida sodir bo‘ladigan xatolik (noaniqlik); 
г)
SN nusxasining yaroqlilik muddati; 
д)
tashqi omillarning ta‘sir darajasi. 
SN tafsilotlarining qiymatlari SN ni attestatlash jarayonida o‘rnatiladi va turining 
tavsifnomasi, shuningdek SN nusxasining sertifikati (guvohnomasi) da ham keltiriladi. 
SN ning sertifikati (guvohnomasi) da keltiriladigan metrologik tafsilotlarning qiymatlari SN 
to‘pining har nusxasiga, yoki SN ning muayyan nusxasiga oid bo‘ladi. Bu qiymatlarining o‘zi SN 
nusxasining SN ni qo‘llanish bo‘yicha hujjatlarda o‘rnatilgan, qo‘llanish protsedurasiga muvofiq 
foydalaniladigan har qanday qismga ham taalluqli bo‘ladi. 
SN ning yaroklilik muddati yuqori chegarasi cheklanmaydi. 
Agar yaroqlilik muddati o‘rnatilmagan yoki SN ning yaroqlilik muddati 10 yildan ortiq 
bo‘lsa, bu holda SN ning metrologik tafsilotlari 10 yilda kamida bir marta tekshiriladi, tekshirish 
tartibi SN ni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomada yoki bunday protsedurani belgilaydigan alohida 
hujjatda ko‘rsatiladi. 
SN ni ishlab chiqish (yaratish) asosiy bosqichlari: 
а)
attestatlash dasturi va (yoki) metodikasining loyihasini o‘z ichiga olgan SN ga texnik 
topshiriqni ishlab chiqish; 
б)
texnik topshiriqni metrologik ekspertiza qilish, kelishish va tasdiqlash; 
в)
SN ni tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va eksperimental ishlarni o‘tkazish; 
г)
attestatlash dasturi va (yoki) metodikasiga muvofiq SN ning metrologik va texnik tafsilotlarini 
o‘rnatish; 
д)
SN ga hujjatlarni ishlab chiqish, SN ni ishlab chiqishga oid hisobotni rasmiylashtirish, SN 
seriyali yoki kichik seriyali ishlab chiqariladigan bo‘lsa, texnik shartlar (TSh) ishlab chiqiladi; 
е)
SN ni ishlab chiqishga oid hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish; 
ж)
SN ni tasdiklash va ro‘yxatdan o‘tkazish. 
SN ni ishlab chiqishga texnik topshiriqni yaratuvchi tashkilot tuzadi va tasdiqlaydi. 
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati sohasida qo‘llanishga mo‘ljallangan SN ni 
yaratishga TT O‘zbekiston Standart namunalar Bosh markazi - SMS ITI yoki O‘zstandart Agentligi 
bilan kelishishi lozim. 
Ro‘yxatga olishda davlat standart namunalariga o‘lchash vositalari davlat reestrining 
"Standart namunalar" bo‘limidagi ikkita raqamdan iborat nomer beriladi. Bu ikki raqamdan nuqta 
bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxatga olish nomeri va ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili 
ko‘rsatiladi (XX.XXXX:XXXX). 
Masalan, O‘z DSB 03.0179:2002. 
Ishlab chiqaruvchilarning standart namunalarini ro‘yxatga olishda ularga korxonalar va 
tashkilotlar Umumdavlat tasniflagichi bo‘yicha KTUT kodining sakkizta raqamidan iborat nomeri 
beriladi. Bu raqamlardan nuqta bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxat nomeri va qo‘sh nuqta bilan 
ajratilgan tasdiqlash yili yoziladi (XXXXXXXX.XXXX:XXXX). 
Masalan, O‘z IChSN 00934175.0009: 2001. 
Xorijda ishlab chiqarilgan import bo‘yicha keltirilgan, O‘zbekistonda tan olingan va 
qo‘llanishga ruxsat etilgan yoki xalqaro va hududiy tashkilotlar doirasida ishlab chiqarilgan va 


57 
O‘zbekistonda tan olingan SN o‘lchash vositalari davlat reestriga kiritiladi, bunda ularga ro‘yxatga 
olingan nomer beriladi, qavslar ichida esa ishlab chiqargan mamlakat yoki tashkilot tomonidan 
berilgan ro‘yxat nomeri ko‘rsatiladi. 
Masalan: 
- Rossiyaning standart namunasi 
O‘z DSN 03.0693:1999 (GSO 1639-93 P); 
- Ukrainaning standart namunasi: 
O‘z DSN 03.0719:1999 (DSZU 022.36-96); 
- DORFNER firmasida (Germaniya) tayyorlangan standart namuna 
O‘z DSN 03.0178:2002 (42161G‘1G‘14937G‘1G‘99; RVK 6652FZ). 
O‘zstandart Agentligi ro‘yxatga olingan SN to‘g‘risidagi axborotni SN sertifikatining xos 
reestriga kiritadi. 
Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini yaratish, tasdiqlash 
(tan olish), ro‘yxatga olish, chiqarish va qo‘llanishga umumiy talablar, shu jumladan qiyoslash gazli 
aralashma (attestatlangan aralashmalar bundan mustasno) uchun talablar O‘z RST 8.018-97 da 
belgilangan. 
Standart namunalar DMN va Tekshiruvining ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi [13-modda]. 
Bugungi kunda modda va materiallarning tarkibi va xossalarini aniqlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan o‘lchashlar keng tarqalgan va bu o‘lchashlar xalq xo‘jaligining ko‘p sohalarida asosiy rolni 
o‘ynaydi. Bunda 100 minglab modda va materiallar o‘lchash ob‘ekti bo‘ladi. O‘lchanayotgan 
kattalik 1-10
-9
-99,9999 % chegarada o‘zgarishi mumkin. Modda va materiallarning tarkibini 
o‘lchashda birliklarning o‘lchamini saqlash va uzatishning asosiy instrumenti bo‘lib standart 
namunalar hisoblanadi. Standart namuna - "SN" bu o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan moddalarning 
namunasi sifatida o‘lchash vositasidir. 
SN lar kataliklarning o‘lchamlarini takrorlash va saklash uchun mo‘ljallangan. Ulardan 
o‘lchashlar 
birliligini 
ta‘minlash maqsadida foydalaniladi. Standart namunalarga quyidagi 
belgilashlar kiritilgan: 
O‘z DSN 
O‘z. davlat standart namunasi 
O‘z KSN 
O‘z. korxonasining standart namunasi 
O‘z DSN 
04.XXXX:XXXX 
O‘z DSN 
04.0879:2008 
"SN" – xatoligining shahodatlangan qiymati, "absolyut" va "nisbiy" xatolik tarzida normalanadi. 
Standart namunalarga qo‘yiladigan talablar O‘z DST 8.004:1999 O‘zbekiston Respublikasi 
o‘lchashlar birliligini ta‘minlash tizimi. Tarkibning modda va material xossalarining standart 
namunalari. da o‘rnatilgan. 
Agar standart namuna O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lsa, unga turi tasdiqlanganligi 
to‘g‘risida 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga sertifikat beriladi. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish