48
savdoning barcha turlari;
aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo‘llaniladigan O‘V.
O‘lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilganligi
to‘g‘risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.
O‘V yaroqligini o‘rnatish maqsadida va ularning me‘yoriy hujjatlar talablariga
muvofiqligini aniqlash bo‘yicha operatsiya (tadbir)larni birlashmasiga O‘Vni qiyoslash deyiladi.
Qiyoslashda metrologik xarakteristikalarni baholashdan tashqari zaruriy hollarda O‘Vning
xavfsizlik xarakteristikalari ham baholanadi.
O‘V qiyoslash DMNning zaruriy turi bo‘lib, DMXning akkreditlangan organlari va yuridik
shaxslarning metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi. O‘V qiyoslash bo‘yicha asosiy talablar
O‘zDSt 8.003:2004. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy talablar.
Birliklar
o‘lchamini
metrologik zanjirning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha etalonlardan yoki namuna o‘lchash vositalaridan
ishchi o‘lchash vositalari ishonchligi uzatish qiyoslash sxemalarda keltirilgan aniq tartib asosida
amalga oshiriladi.
Qiyoslash sxemasi – bu o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjat bo‘lib, fizikaviy kattaliklar
birliklarining o‘lchamini Davlat etalonlari yoki namuna o‘lchash vositalaridan ishchi o‘lchash
vositalariga aniq uzatish vositalari va usullarini reglamentlaydi.
Davlat va tarmoq (vedomostvenno‘y) metrologik xizmatlari bo‘yicha 1) davlat; 2) tarmoq va
3) lokal qiyoslash sxemalari mavjuddir.
1. Davlat qiyoslash sxemasi mamlakatda berilgan kattaliklarni o‘lchovchi barcha o‘lchash
vositalariga taalluqlidir.
2. Tarmoq qiyoslash sxemasi – tarmoq ichidagi qiyoslanishni kerak bo‘lgan o‘lchash
vositalariga taaluqlidir.
3. Lokal qiyoslash sxemasi mazkur, davlat yoki tarmoq metrologiya xizmatlari bo‘yicha
qiyoslanish kerak bo‘lgan o‘lchash vositalariga taalluqlidir.
- Davalat qiyoslash sxemalari davlat standarti sifati ishlab chiqiladi va tadbiq qilinadi.
- Tarmoq qiyoslash sxemasi normativ hujjat yoki tarmoq standartidir. Bu sxema davlat standarti
bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
- Lokal qiyoslash sxemasi normativ texnik hujjatlar yoki territorial davlat metrologiya xizmati
organ mahkamasi bilan kelishilgan tashkilot standartidir.
O‘V qiyoslash qat‘iy reglamentlangan protsedura bo‘lib, O‘zstandart tomonidan
tasdiqlangan metodikaga mos holda o‘tkaziladi. Qiyoslashning haqqoniyligiga qiyoslashni amalga
oshiruvchi – qiyoslovchi (poveritel) javob beradi. Qiyoslovchilar o‘rnatilgan tartibda qiyoslash
bo‘yicha tayyorgarlik va attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Qiyoslash natijalari O‘Vga ottisk (ishonch tamg‘asi) qo‘yilishi va qiyoslash guvohnomasi
bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: