252
mahsulotlari) uchun tadbirkorlik sub‘ektlari ham MHlar ishlab chiqadilar va joriy etadilar.
O‗zbekiston Respublikasida MH davlat fondida 40000 dan ziyod xujjatlar mavjudligi va har
yili respublikada o‗rtacha yangi 500 dan ziyod MHlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini xisobga
olinsa, standartlashtirish ishlarini olib borish uchun ko‗plab mutaxassislar kerak bo‗lishi talab
etiladi.
Standartlashtirish ishlarini malakali va amaldagi me‘yo- riy-huquqiy xujjatlar talablari asosida
bajarish uchun yetarli bilim va malakaga ega bo‗lgan, maxsus o‗quv kurslarida ta‘lim olgan,
standartlashtirish sohasida amaliy tajribaga ega bo‗lgan, vakolatli idora tomonidan baholangan
(attestatsiyalangan, sertifikatlangan) mutaxassislar bo‗lishi talab etiladi. Bu toifadagi mutaxassislar
standartlashtirish bo‗yicha ekspertlar deb yuritiladi.
O‗zbekistonda 2005 yilgacha standartlashtirish bo‗yicha ekspertlar instituti mavjud bo‗lmagan.
Bunday institut- ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashti- rish bo‗yicha Davlatlararo
kengash doirasida va ayrim MDH mamlakatlarida kiritilishini, respublihamizda ham bu toifa
mutaxassislarga ehtiyojni hisobga olib, O‗zbekiston davlat standarti O‘z DSt 1.26: 2006 ishlab
chiqilgan. Bu MHda standartlashtirish bo‗yicha ekspertlarning malakasi va attestatlanishiga
qo‗yiladigan umumiy talablari, attes- tatsiyalashning malakaviy mezonlari va protsedurasi belgi-
langan.
Ushbu
xujjat
Moldova
Respublikasining
standartlashtirish
bo‗yicha
milliy
tizimida
«standartlashtirish bo‗yicha ekspert» toifasini joriy etish tajribasini hisobga olgan holda va PMG
«Kvalifikatsionnыe kriterii i protsedura attestatsii ekspertov v oblasti standartizatsii» davlatlararo
standarti qoidalari asosida ishlab chiqilgan.
Bu hujjat qabul qilingunga qadar, O‗zbekistonda standartlashtirish ishlari bilan shug‗ullanuvchi
mutaxassislarga nisbatan yagona va vakolatli davlat idorasi tomonidan tas- diqlangan aniq me‘yoriy
xujjat mavjud bo‗lmagan. Bu yo‗na- lishda faoliyat ko‗rsatuvchi mutaxassislarga talablar har bir
korxona va muassasaning o‗z talablaridan kelib chiqqan holda belgilangan. SMSITI qoshidagi
malaka oshirish Markazida standartlashtirish ishlarini tashkil etish mavzusidagi bir necha o‗quv
kurslari faoliyat ko‗rsatsada, ular umummajburiy kuchga ega bo‗lmagan. Standartlashtirish ishlari
bilan davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralarida, korxonalarda shug‗ullanuvchi mutaxassislar umumiy
talablar asosida tizimli attestatsiya yoki sertifikatlashtirishdan o‗tmasdan, faqat tarmoq yoki
korxona darajasida belgilangan talablar asosida attestatsiyadan o‗tkazilgan.
Mazkur O‘z DSt 1.26:2006* standartda quyidagi atamalar mos ta‘riflari bilan qo‗llanilgan:
—
Do'stlaringiz bilan baham: