0 ‘n uchinchi maqolat
JUVONMARDLIK HAQIDA
Tong kabi kumush sochuvchi bolgan inson,
mehring quyosh misoli el boshiga sochiladi. Subh
kabi xalqning yuziga kulib boqib, falak-charx kabi
el boshidan o'rgulasan.
Qilgan yaxshi ishlaring uchun xalqdan duo
olasan. Sen odamlarga naf yetkazmakni shior
aylading, u na’fni o'zingga yor aylading.
Nafing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki bu n a fo ‘zunga ko'prakdurur.
Chunki bulut dengizga
o‘z
qatralarini sochsa,
bahr ham bu qatralarni pokiza durga aylantiradi.
Dehqon niholni parvarish qilsa, u gul va meva
beradi.
Kimki zarar keltirishga odatlansa, elgagina
emas, o‘ziga ham javr etadi. Chunki shishani
bosib sindirgan inson o‘z oyogl yara bolishini
o'ylayverm aydi. Xas-xashakka shu’la tushib
alanga olsa, uni kuydirgach, o‘zi ham o'chadi.
Kapalakni tutmoqchi bolgan bola do'ppisini yerga
uradi-da, o‘z boshini ochiq qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |