Bu shoheki bor emdi mehmonimiz,
Gar olida bo4sa, fido jonimiz, -
deb ixtiyorni Xoqonga topshirdilar. Shundan ke
yin o'zaro maslahatlashib, Chin xalqiga azaldan
odat bolgan mehmondorchilik usuli to‘qqiz-to‘qqiz
taqdim qilishga kirishdilar. Eng yaxshi, chiroyli,
yuguruk, har xil zarboflar yopilgan 9 ming tulpor
ot, har biri filga teng dur-u, lal-u, feruza munchoq
taqilgan bezakli 9 ming tuya, tezyurar, bezatil-
gan 9000 xachirda ipak, shoyi kiyimlar, xitoyi
pardalar, 1000 ta eng go‘zal yonoqlari gul-gul-u,
mijalari tikan, qoboglari keng-keng-u, og'izlari tor
eng go'zal Xitoy parivashlari, bulardan tashqari
yana ikki ajoyib sovg‘a, biri-quyoshsimon jomi
Jamshiddek ko‘zgu, uni oddiy xalq «Oyinayi Chin»
deb atardi. Uning ikkala yuzi ham kundek yorug‘
bolib, donishmandlar uning bir tomonini shoh
oldiga ikki kishi daVogar bolib kelganida qollar-
dilar. Bunday chog'da jom guvoh o'rniga o‘tar,
ya’ni kishining so‘zi chin bolsa, uning yuzi ко limb
turar, yolg'onchining yuzi ko'rinmay qolardi.
Ko'zguning yana bir tomonidan shoh ziyofatla-
ridan foydalanilardi. Yig'inda ichkilik ichayotgan
har bir kishi unga qarab-qarab tursalar, mast
bo la boshlagan odamningyuzi buzuq, uzun, qiyshiq,
kichik yoki katta bolib ko'rinar, bu holatni ко‘rgan
odam hushiga kelib, darrov may ichishni to'xtati-
shi lozim edi.
Yana bir sovg‘a jahon ofati, yo‘q-yo‘q, jahon
ofati emas, jon ofati bolgan g'oyat chiroyli, go'zal
kanizak, uning ikki zulfi Xitoy mulkida g‘avg‘o
solib, ko‘zi Chin diyorida buzglinlik chiqarayot-
gan, ikki chiniy zulflari mushkin tanob bolib,
ularga mushk suvi sepilgan, qoshi mushkin
hilol-u, undan oy xijolatda qolar, saroyda bazmlar
uyushtirilsa, elni nag'masi aql nutqini, o‘zi elni
behol etib kuylardi. Ovozi bilan barbat sozini chal-
sa, biri odamlarni oldirsa, ikkinchisi tiriltirardi.
Urushlarda ham ishtirok etsa, hamma raqibidan
ustun kelar, bunday bahodir qizni jahon tarixida
hech kim eslolmasdi.
Aytilgan to‘qqiz tuhfani Iskandarga tayyor qil-
ganlaridan so‘ng, barcha shahar ahli uni kuza-
tishga chiqdilar. Xoqon o‘z qasridan bir yig'och
masofacha eng toza Chin gilamlarini to'shatgan
edi. Har o‘n qadam yurilganda shoh Iskandarga
bir ajoyib sovg'a hadya etar, dur-u lalni ko‘p ish-
latardi. Iskandar yoliga shuncha mushk sochgan
ediki, uning hidi osmonga qadar yetib borgandi.
Ana shunday savlat-u shuhrat bilan Iskandar
Chin diyorini baxtiyor kezib borardi. Yollar ray-
hon-u binafsha, nargis-u lola, sabza kabi xilma-xil
gullar bilan bezatilgan edi. Yolda to‘rt burchakli
bir ajib qasrga duch keldilar. Xoqon shohga oltin
taxt uzra joy berdi. Ikkovlari ota-o‘g‘il kabi yaqin
otirishib, suhbat qurdilar. Iskandar barchani
qulay yer topib o‘tirishga taklif etdi. Barcha o‘z
joy ini egallagach, Xitoy go‘zali o'rnidan turib, o‘zi
ichdi-da, keyin kavsar suvini shohga tutdi. Shoh
ham, Xoqon ham u maydan huzur qilib ichishdi,
qadah davralarda uch-to‘rt martadan aylantiril-
gach, el kayfi xushnud bola boshladi. Musiqachi-
lar kuy boshlab, ashulachilar ham o‘z san’atlarini
namoyish eta boshlashdi. Bazm oxirlab qolganida
gazaklar olinib, o'rniga osh keldi. Oshlar to'qqiz
ming otning to'shidan pishirilgan edi. Yuz ming-
dan ko'proq qo'y go'shtidan hozirlangan mazali
taomlar ham mehmonlarga taqdim qilindi. Keyin
Iskandar-u Xoqon taxtdan turishib, hadyalarni
olib, joylashib yolga tushishdi. Xoqon Iskandarga
yoqib qolgan ko'zgu siri haqida so‘zlab borardi.
Keyin Iskandar qo'shiniga yetib olishdi-yu, Xoqon
bilan birga Chin saroyi tomon yol olishdi.
Xoqonning Iskandarga bolgan mehri tobora
ortib borardi. Qish mavsumi ham yaqinlashib qol
di, bunday paytlarda uzoq masofalarga, ayniqsa,
harbiy yurishlar qilish maqbul ko‘rinmaydi. Xoqon
ham Iskandaming shu yerda qishlashini istardi.
Iskandar Xoqon iltimosini qaytarolmay, qishni
Chin kishvarida o'tkazishga qaror qildi. Xuddi
quyosh bilan oy hamnafas bolishgani kabi, ik
kovlari goh ovga chiqishar, ba’zan ko'pchilikni yig“ib
bazm-u ziyofatlar uyushtirishar, goh olimlar bilan
ilm-fanning xilma-xil masalalarida bahslashar
edilar. Xoqonning hadyasi bolgan ko‘zgu hamisha
Iskandarning yonidan jilmasdi. Taxtda o'tirganda
ham, ko'zguni yuziga eltib qaragani-qaragan edi.
Bazmlarda ham doimo ko'zguni hamma ko'radigan
bir joyga qo'ydirardi. Iskandar o‘zi maftun bolgan
bu ko‘zgu sirini fahmlashga har qancha intilsa
ham, uhdasidan chiqmasdi. Bir kuni oyianib qoldi:
«Bu ajoyib tilsimni bu sirdan xabardor bolgan bir
qobiliyatli olim yasagan. Men doroyi charxi bal
and, hikmat ilmini biluvchi hukmdor bolsam-u,
xizmatimda necha yuz donishmand, har bir so-
haning donosi bola turib, har biri bilim olamin-
ing ustozi b o la turib, bundan ham ajoyibroq
asbob yasay olmaymanmi?» - deb o'yladi-da, bor
olimlarini yig‘ib, ularni ikki bolakka boldi-da,
Aflotun-u Suqrot bir bolib, Arastu-yoi Buqrot
bir bolib, Xurmus bilan Balinos, Arshimidus bir
bolib ishga kirishdilar, Iskandar doimo ulardan
xabar olib turdi. 0 ‘sha qish ichida olimlar ikki
ajoyib sirli asbobni bitirdilar. Butun saroy ahlini
bazmga to'pladilar-da, ularga usturlob-u ko‘zguni
namoyish qildilar. Ularning biri Usturlobda to'qqiz
charx taqsim bolsa, ikkinchisida ko'zguda yetti
iqlim ayon ko'rinib turardi.
Xoqon bu ikki ajoyibotni ко‘rib, hang-mang
bolib qoldi. Iskandarga tahsin aytib, dediki: «Bu
kolina falak sendek shohni ko‘rmadi. Sensiz toj
ham kerak emas, taxt ham, mulozimlaming bari
senga loyiq, bilim ichra barchasi senga muvofiq.
Zotingiz bu olam ahlidak emas, ismingiz, iloho,
olamda mangu tursin!». Bu ikki asbobni yasashga
hikmat eli mehnat qilgan bolsa, shohdan quwat,
mol-u ganj, bular yetishmay qolganida, Yunon-
istondagi yerlardan tushadigan mablaglardan
ham foydalanildi. Xoqoni Chin ham glihar, durri
aminni ayamadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |