Yettinchi iqlim yo'lidan keltirilgan
musofirning hikoyasi
Men o‘z ко ‘rganlarimni hikoya qilib bermoqchi-
man. Xorazm mamlakati mening diyorim boladi.
San’atim soz chalmoq bolib, hech kim musiqa
ilmini menchalik bilmaydi. Doimiy ishim elga
talim bermoq bolib, hozirda ustozlik qilayotgan
ko'pgina kishilar mening shogirdlarimdir.
Nogahon xalq ichida: «Xorazmga bir xitoylik
savdogar hurvash kanizi bilan kelayotgan emish.
Xojaning mol-u dunyosi el gumon qilganidan ham
ko‘p emish. Uning kanizi esa nihoyatda sohibjamol
bolib, barbat asbobini qoyillatib chalar va g‘oyat
yoqimli ashulalar kuylar ekan», - degan xabar
tarqaldi. Bu xabar xalqni beqaror qildi. Bir necha
kundan so'ng esa xoja ham yetib keldi. Xorazm
ahli о ‘z eshitganlarining qanchalik to‘g‘ri ekanini
o‘z ко‘zlari bilan ko'rishni istab, uning istiqboliga
chiqishdi. Xoja aytilganidek boy bolib, zuhd-u
taqvoni shior qilib olgan ekan. Aslida xojaga far-
zand sanalgan oy yuzli go‘zal kanizak esa parda
ichida, yuziga oq niqob tortib o'tirardi. Faqat
yuzidagi niqobigina emas, balki kiyimlari ham oq
bolib, shu rangdagi kiyimlarni xush ko'rarkan.
U kanizak har kuni ikki qatla, subh va shorn
paytlarida parda ichida otirib chang chalib, kuyga
hamohang ashulalar kuylar, ularni tinglayotgan
odamlar o‘zlarini yo‘qotib, oh-u nola qilishar, har
kuni bir g'amnok shu tarzda halok bolardi. Bu
gaplar shohga ham yetib bordi. Ularni o‘z saroyiga
taklif etishga jur’at qilolmagan shoh o‘z kiyimlarini
o‘zgartirdi-da, odamlar orasida turib kuy va ashu-
lalami tingladi-yu, u ham kanizakka shaydo bolib
qoldi. Qizning kuy-u navosidan uning husn-u
jamolini anglagan hukmdor mahvashga uylanib,
xojaga farzand bolishni istab xomtama bolar
ekan, oraga dallolalami qo'yib, xojaga o‘z istagini
bildirdi. Lekin xoja: «Shoh o‘z orzusini bayon qilib,
boshimni kolcka yetkazdi, lekin bu borada mening
tole’yim yo‘q ekan. Gap shundaki, bu mahvash
sanam turmushga chiqishni aslo istamaydi, Haq
uni juftidan toq qilib yaratgan», - deb javob qildi.
Shoh o‘z istagini yana bir necha bor izhor etdi,
lekin xoja har safar oldingidek rad javobini berar
di. Oxiri ishqdan halok bolishiga ishongan shoh
beqaror bolib, g‘azablandi-da, zulm qilishga bel
bogladi. Bir qancha sipohlarini xoja uyiga borib,
kanizakni bor yuklari bilan saroyga olib kelish
uchun yubordi. Ular shoh farmonini bajarib,
kanizakni saroyga olib kelib, qasr ichiga tushird-
ilar. Shoh xursand bolib, go‘zal sanam huzuriga
y o l oldi. Bundan xabar topgan kanizak changini
qoliga olib, shunday ashula ayta boshladiki, uni
eshitgan shoh o'zidan ketdi, kimning quloglga
eshitilgan bolsa, yiqilib uyquga ketaverdi. Saroy
ahlining barchasi shu tarzda mast bolib, uxlab
qolgach, kanizak o‘z uyi tomon y o l oldi.
Shoh va uning sipohlari uyg'ongach, ahvoldan
ogoh bolib, kanizakni yana saroyga majburlab
olib kelishdi, u esa yana chang chalib va ashula
aytib, barchani uxlatib qotydi va yana o‘z uyiga
borib, parda ichida orom ola boshladi. Shoh
yana bir necha bor shu ishini takrorladi, lekin
har safar shu holat yuz beraverdi. Oxiri shoh o‘z
ishidan pushaymon bolib, xoja huzuriga keldi-da,
uzr so‘rab, u bilan ota-o‘g‘il tutindi, parivashdan
ham kechirim tilab, og‘a-singil tutindi. Shundan
so'ng xoja jannatmonand bir bog4 yasab, unga
baland bir qasr soldirdi. Uning yoniga esa ibodat
qilish uchun bir hujra qurdirdi. Gul yuzli go'zal
u yerda oppoq kiyinib ibodatga mashg4il bolar,
tong otguncha Tangriga munojat aytib, birovning
umidi bilan yashar, lekin u odamning kimligini
hech kimga ayon qilmasdi. Subh bolgach, firoq
haqida kuy chalib, ashula aytib, eshitganlami zor
yiglatar, shomgacha toat-ibodat qilib, shomda
yana o‘z kuy-u ashulasini davom ettirardi. Parda
tashqarisida otirgan odamlar nola-yu oh chekar,
shoh ham goh-gohida shu yerda otirib, kuy va
ashuladan hushini yo‘qotar edi. Xoja dasturxon
tuzab, imkoni boricha shohga takalluf ko‘rsatar,
ziyofat qilib ko‘nglini xushlardi.
Men u shaharning nag‘masozi, bazmlarning
dostonnavozi edim. Kunlarim kuy va ashula
bilan otardi. Men aytgan kanizak o ‘z kuy va
qo'shiqlarini boshlagach, ishlarim yurishmay,
elning e’tiboridan qola boshladim. Shunda o‘z
ahvolimga chora o*ylab topdim-da, xoja dargohiga
y o l oldim. U mahvash huzurida ekan, uzoqro-
qdan faiyod chekdim. Ikkovlari ovozimni eshitib,
faryodim sababini so'radilar. Men: «Sizlar menga
zulm qildinglar», - deb javob qildim. Ular yana:
«Ey mazlum, bizga tuhmat qilma, biz zulm qilish
ga о ‘rganmaganmiz. Balki bizni kimlar bilandir
adashtirayotgandirsan?» dedilar. «Undoq emas,
so‘rasangiz, nima qilganingizni aytib beray, insof
qilsangizlar, biron chora topib berarsiz, bolmasa,
so'zimni yolg'onga chiqararsizlar», - dedim. Ular
«Ayt!» - deyishgach, duo qilib, keyin o‘z ahvolim-
ni shoshilmasdan birma-bir aytib berdim. Ular
so'zlarimni kulimsirab eshitdilar. So'ng men o‘z
istagimni bayon qilib: «Ruxsat bersangizlar, men
bir necha fursat huzuringizda bolib talimingizni
olsam. Men ojiz bolib ko'rinsam ham, musiqa
ilmida ancha mashhurman. Bu mamlakatdagi
ko'plab taniqli sozanda-yu hofizlar mening sho-
girdlarimdir. Aflotun ham soz chalishda menga
teng kelolmaydi. Men bu yerda sizlar ayon qilgan
ishlarning mohiyatini aytib berishga ojizman. Bu
tarzda ashula aytib, eshituvchilami goh oldirib,
goh tiriltirishni hech kim ko'rmagan. Shu tufayli
mening ishlarim kasod boldi», - dedim.
Xoja va uning qizi mening so'zlarimni tinglab,
xor-u zorligimga achindilar, shekilli, menga yax
shilik qilishdi. Xoja menga qarab: «Biz bilan ham-
korlik qilishing, soz bilan mehribonimiz bolishing
yaxshi, albatta. Lekin bir masala mushkulroq:
gul yuzli sarvimga nomahramning xizmat qilishi
ham, yaqinroq borishi ham mumkin emas», - dedi.
Men unga: «Hunar umidi bilan men o‘zimni mah-
ram aylaganman, sizni bu xil g'amdan qutqazish
uchun erkakligimdan voz kechganman», - dedim.
Ikkovlari hayrat bilan boqishdi-da, mening rost
gapirayotganimni taftish qilib, ishonch hosil etish-
di. Keyin menga ko‘pdan ko‘p iltifot ko'rsatishdi.
Men parda oldida xojaga hamdam bolib, parda
ichida esa u mahbubaga sirdosh bolib xizmatlari-
ni qilib, ularning ko‘nglini olardim. Oy yuzli go'zal
kuylar ekan, meni bir narsa hayron qoldirardi:
uning barcha ashulalari ayriliq dardiga bag'ish-
langan edi. Yana bir holatdan ham xabardor
boldim: u ba’zan parda ichida yashirincha yiglar
edi. G‘ami kuchayib ketgan paytlarda men bilan
mahram sifatida suhbatlashib, xayoliga kelgan
ayrim so'zlar ma’nosini mendan so'rardi, men
esa bilganimcha javob berardim. Ba’zida uyqusi
qochsa, menga: «Afsona aytib bergim, - deb ilti-
mos qilardi-da, rivoyatda ayriliq haqida gap borsa,
beixtiyor yiglashga tushardi. Bu holat haqida
fikr yuritib, parivashning birov ishqida majnun
ekanligiga, unga zor-u mahzunligiga ishonch hosil
qildim. Ichiga botib azob berayotgan hajr tikani
zardoblarini ashulasi bilan tashqariga chiqarib
tashlar ekan. Tun-u kun kuylamasa, alanga uni
pinhona kuydirar ekan. Shularni aniqlagach,
parivashni qiynayotgan dardning mohiyatini
bilishga intildim. Har xil mavzularda u bilan
suhbatlashar ekanman, bir kuni savol berishga
ruxsat olib, uning birov ishqida yonib, hajrida
о‘rtanayotganini sezganimni aytdim-da:
Do'stlaringiz bilan baham: |