Xamsa alisher Navoiy xamsa


o‘z  so'zining oxirida Sa’dga boqib: ...Lek sen hech nav’ qayg‘urma



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

o‘z

 so'zining oxirida Sa’dga boqib:



...Lek sen hech nav’ qayg‘urma,

Vahm dashtig‘a markabing surma.

Kim ani haq sanga nasib etmish,

Vasli topmoqqa vaqt ham у  etmish.

Har ne qilg‘umdurur sanga ta’lim,

Andoq etmak kerak sen,  etmay biyrrn,  -

dedi-da,  bir  necha  so'zlami  aytib:  «Bularni  yo- 

dingda  tutishing  kerak»,  -   deb  tayinladi.  So‘ng 

cho‘ntagidan  bir  munchoqni  chiqarib,  qoliga 

tutqazdi,  bir  maktubcha yozib,  uni  ham  Sa’dga 

topshirdi  va  «Endi  tezroq  yolga  tush,  bu  ikki 

hamrohing senga rahbarlik qilishsin. Shahrisabz 

tomon yurib,  yolda  to'xtamay u  diyorga yetgin. 

Shu payt ikki hamrohing shoh oldiga borib,  sen 

haqingda unga  so'zlab  berishsin.  Shunda  shoh 

sening  kimligingni  bilgach,  aw al  Qatron  bilan 

jang  qilishga  buyuradi.  Senga yozib  bergan  bir 

necha  so'zimni  tinmasdan  takrorlab  yurgin. 

Muhra-munchoqni  og‘zingga  solib,  uning  suvi­

ni dushmaning tomonga qarab tufla.  Shunda u 

so'zlar senga quwat berib, dushmaningning quv- 

vatini ketkizadi va uning uyqusini keltiradi. Zangini



maglub  qilgach,  birinchi  qo‘rg‘onni  egalladim, 

deb  hisoblagin-da,  ikkinchisiga  qadam  qo^.  U 

yerdagi Masiho nafaslik piri komil o‘z so‘rovlarini 

boshlamay turib, xatni unga tutqaz. Uni o'qigach, 

pir senga e’zoz bildirib, ishingni bitkazadi, chun­

ki  u  mening  shogirdim  va  farzandimdir.  Senga 

g'amxo'rlik ko'rsatib, afsunga qarshi chora topib 

beradi.  Sehrlar ochilgach,  sening barcha muro- 

ding hosil boladi», -  dedi.  Shu so‘zlami aytgach, 

quchoqlab manglayidan o'pdi-yu,  shod bolib «Bizni 

obod  qilding,  obod  bolgil,  hoziroq  o‘rningdan 

turib kunni kech qilmay yolga tush va yurishda 

to'xtay  ko'rma»,  -   dedi-yu  xayrlashdi,  pir  shod 

bolganicha qolib, Sa’d yaxshi kayfiyat bilan yolga 

ravona boldi.

Sa’d o‘z hamrohlari bilan vodiylami tun-u kun 

bosib  о‘tar  ekan,  nihoyat,  Kash  shahrining  de- 

vorlari ko‘rindi. Yashil kiyimli ikki do‘sti saroyga 

borib,  shohga  o‘z xojalari  haqida  so'zlab,  uning 

kamolot-u  fazilatlarini  maqtadilar.  Shoh  ularni 

yaxshi  tanir  edi,  chunki  ular  aslida  shohning 

mahramlari  bolgandilar.  Shuning  uchun  ulam- 

ing  so'zlari  chinligiga  ishondi-yu:  «Ertaga  uni 

huzurimga olib kelinglar»,  -  deb buyurdi.  Ertasi 

Sa’dni o‘z saroyida ко‘rgan shoh u bilan ko'rishib, 

hurmatini joyiga qo“ydi va otirish uchun taxt ol- 

didan joy ko'rsatdi.  Shohona taomlar tortilgach, 

tanishlaru  begonalar  Sa’dning  suhbatlaridan 

bahramand  boldilar.  Hamrohlari  o‘z  do'stlarining 

muddaosini  shohga  aytgan  edilar.  Shu  tufayli 

u  Sa’dga:  «Yoldan  charchab  kelgansan,  bugun 

damingni olgin-da, ertaga qo‘rg‘on tomon borgin»,

-  deb  buyurdi.  Sa’d  yer  o‘pib,  o‘rnidan  turdi  va 

o‘ziga  ajratilgan  manzilga  borib,  bazmni  davom




ettirdi.  0 ‘zi yetishmoqchi bolgan mahbuba yodi 

bilan ancha may ichdi, kayfi oshib, yori ko‘chasi 

tomon  y o l  oldi.  Hamrohlari  mast  bolib,  uxlab 

yotar edilar. Sa’d sevimli dildorini ko'rish istagida 

qo‘rg‘on  ichiga kirmoqchi  bolib,  devorlar  atrofi­

da mast holda goh turib, goh yiqilib kezib yurar 

ekan,  uning ovozini eshitib qolgan zangi Qatron 

kelib  tutib  oldi-yu,  aw a l  oldirmoqchi  boldi, 

keyin kechasi bilan uni zanjirband  qilib  ertalab 

odamlar oldida  o‘z kuchini ko'rsatib,  dushman- 

larini  qo'rqitib  qoyishga  qaror  qildi.  So'ng  uni 

qal’a  tashqarisidagi  g‘or  ichiga  qamab,  og'zini 

katta bir tosh bilan berkitib qo*ydi.  Ertalab o‘zi- 

ga kelgan Sa’d kecha yuz bergan ishlarni eslab, 

tushida  ko'rgan  qush  so‘zlarini  yodiga  keltirdi, 

so'ng keksa pir bergan xatni o‘qiy boshlagan edi, 

taniga quwat kirib, qol va oyog‘idagi zanjirlami 

sindirdi-da, g‘or og'zidagi toshni ham olib tashla- 

di, xanjarini qoliga tutganicha Qatron bilan jang 

qilishi  kerak  bolgan  maydon  tomon y o l  oldi.  U 

yerda barcha hamrohlari mayus bolib turishardi, 

Sa’dni sog-salomat ко‘rib, ko'ngillari taskin topdi.

Janggohda  bahaybat  zangi  o'zini  shohlardek 

tutib,  mag‘rur  turar,  shoh  qizi  o‘z  otasi  bilan 

qasming  maxsus  maydonchasida  o‘tirib  tomo' 

sha qilishar,  chor  atrof yuz  minglab  aholi  bilan 

tola  bolib,  barchalari  Sa’d  g‘alabasiga  tarafdor 

edilar.  Zangi  g‘ordan  o ‘z  tutqinini  olib  kelish 

uchun ketgan chog‘da maydonga Sa’d kirib kel- 

di.  G'orga kirgan  Qatron  o‘z  bandisini topolmay 

g'azablanib,  maydonga  qaytib  keldi-yu,  Sa’dga 

hamla qildi. Kuch-quwatda ikkala pahlavon teng 

edi.  Shu payt Sa’d pir bergan munchoqni og‘ziga 

soldi-da, suvini zangining kiyimiga tufladi. Shunda




Qatronning ko'ziga uyqu kelib, u behol bolib qol­

di.  Sa’d zangini yerdan ko'tarib olib boshi ustida 

tutib  turar  ekan,  xalq  qiy-chuv  qilib  yubordi. 

Yigit  raqibini boshi ustida aylantirib turib, yer­

ga shunday urdiki, u tuproqqa naqshlangandek 

bolib  qoldi.  Tomoshabinlaming  tahsin  ovozlari 

osmon-u falakka yetdi. Shundan so‘ng Sa’d «Yana 

nima qilay, aytinglar», -  degan edi, mulozimlar uni 

donishmand olim tomon olib borishdi.

Birinchi  qo‘rg‘onni  bosib  otgan  Sa’d  ikkinchi 

qal’aga kirib borganida, uni ko'rgan hakim hayrat 

bilan boqar ekan, yigit Paylaqus hakim yozib ber­

gan maktubni uning qoliga tutqazdi. Donishmand 

xatni ochib, ustozining otini ko‘rdi-da, o‘pib yer­

ga bosh urdi.  Ustozi  o'zining ahvoli va  Sa’dning 

muammolari haqida yozgan,  xususan,  uchinchi 

qal’adagi  sehrni  fosh  qilishda  yordam  berishi- 

ni  iltimos  qilgan  edi.  Alloma:  «Zol  deb  atalgan 

u  sehrni  men  yasaganman.  U  yerda  bir  timsol 

bolib, uning atrofida ko‘zga tashlanib turadigan 

turli  narsalar aslida mavjud  emas.  Sen  u yerga 

borgach,  qo‘rg‘on  ichidagi  zol-kampir  timsoliga 

bir  o‘q  otsang,  maqsadingga  erishasan»,  -   dedi. 

Sa’d  shoh  oldiga y o l  oldi-yu:  «Endi  qaysi  ishni 

bajaray?» -  deb so‘radi.  Mulozimlar uni uchinchi 

qal’adagi kampir timsoli tomon boshladilar.  Sa’d 

kirgach,  orqasidan  ko'plab  odamlar  tomosha 

qilish uchun  ergashishdi.  Maydonda bir kampir 

timsoli vahimali qilib ishlangan bolib, uning atro­

fida bir necha ajdaho og‘zidan o‘t sochib turardi. 

SaM qoVquv bilmay ildam 

3

mrib bordi-da, kampir 



kolcragiga  zarb  bilan  tepdi.  Timsol  o‘z  yeridan 

tebranib,  keyin  butun  a’zosi  birma-bir  to'kilib 

tushdi. Uning ko'rinishi odamga obcshagan bolib,



lattalarni  bir-biriga  yopishtirib  yasalgan  ekan. 

Atrofidagi ajdaholar ham qalbaki bolib,  og'zidan 

otilayotgan o'tlar qizil ipak matolar ekan.

Sa’d sehrlami yo‘q qilgach, shoh qoshiga bordi. 

Hukmdor uni  quchoqlab,  yuzidan  o‘pdi-da,  far- 

zand deb qabul qilgani, o‘zini ota sifatida bilishini 

aytib, «Yashil jannat» degan gulshanga boshladi. 

U yerda «Yashil qasr»  degan qasr mavjud bolib, 

shu yerda  to^ boshlandi.  Unga  Shahrisabzning 

barcha xalqi qatnashdi.  So‘ng farishta bilan pari 

quyosh bilan tong yulduzi kabi visolga yetishishdi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, shoh olamdan ko‘z yumdi-yu, 

shahzoda uning taxtini egalladi. Sa’d kiyimlari va 

toj-u  taxtini yashil  rangli  qilgach,  yashil  kiyimli 

ikki do‘stini vazir qilib tayinladi.  Bo'ston sarviga 

o“xshagan gul yuzli mahbubasining barcha kiyim­

lari ham rayhon rangidagi ipakdan edi. Ikkovlari 

shodlikda g‘am bilmay yashadilar, ularning adola- 

tidan mamlakatu xalq ham xursand edilar. Yashil 

rang-bahor  rangi,  sabzayu  o‘tloqlar  rangidir. 

Xizming abadiy hayotga erishganligi sababi ham 

uning shu rangdan nishon topgani bolsa, ne ajab!

Musofir  o‘z  qissasini  tugatgach,  shoh  Bahrom 

undan vatani va ajdodlarini so Vagan edi, u:  «Men 

Shahrisabzning taniqli odamlaridanman, Sa’dning 

sulolasidan  bolaman»,  -   deb javob  berdi.  Shoh 

uning  kimligidan  xabar  topgach,  shaharga  voliy 

etib tayinladbda qaygtilari unutilib, uyquga ketdi.

*  

*  


*

Seshanba kuni tong otgach, shoh Bahrom gul- 

rang kiyimlarini kiyib, gulgun taxt turgan gulgun 

uy ichiga kirib, gulgun qasrda may ichish istagini




bildirdi.  Gulgun  ipak  kiyimli,  gul  yuzli  sarvdek 

go‘zal  mahbuba  shohni  ta’zim  bilan  kutib  olib, 

ikkovlari  gulrang taxtga chiqib  o£

tirishdi-da,  lal 

qadahlarda gulgun  may ichib,  yuzlari  ham  gul­

gun boldi.  Kuni bilan bazm davom etib, qorong'i 

tushgach,  shoh  ko‘zi  maydan  qizargan  bolsa 

ham,  uyqu  kelavermadi.  Mulozimlar  har  kun- 

gidek yolga chiqib, so‘zga chechan bir musofimi 

boshlab kelishdi. Bahrom: «Parda orqasida otirib, 

boshidan otgan voqealardan gapirib bersin», -  deb 

buyurgach, mehmon oldin shohga hamd-u sano 

aytib:  «Shohning baxti behisob  bolib, yuzi iqbol 

jomidan  gulgun  bolsin»,  -   deb  duo  qilgach,  o‘z 

afsonasini boshladi.


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish