Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Maktabgacha tarbiya 
AQShda bolalar uch yoshga to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish 
ko’zda tutilmagan. 
Farzandlarga  qarab  uyda  o’tiradimi  yoki  enaga  yollab  ishga  tushadilarmi,  bu 
onalarning  ishi.  O’zbekistondagi  kabi  keng  va  shinam,  ikki  qavatli,  o’ynaydigan, 
uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan bog’cha va yaslilar Amerikada odob 
tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga tushmaydi. 
Bu  mamlakatda  30-40  bolaga  mo’ljallangan  xususiy  va  davlat  tasarrufidagi  bog’chalar 
mavjud.  Ular  enaga  yollashdan  biroz  arzonroqqa  tushadi.  Lekin  har  ikki  holda  ham, 
uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar, ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar 
olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda 
atrofdagi ko’kalamzorlarda o’ynab dam oladilar. 
Bu  bog’chalarda  ham  bolalar  yoshlariga  qarab  turli  guruhlarda  tarbiyalanadilar, 
ularga  tarbiyachi-mutaxassis  qaraydi,  ular  ovqatni  tayyorlab  beradi,  turli  qo’shiqlar, 
she’rlar  o’rgatadi,  quvnoq  o’yinlar  uyushtiradi.  Ammo  har  kim  o’z  uslubiga  muvofiq 
ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan. 
Lekin  bolalar  uchun  haqiqiy  ta’lim-tarbiya  jarayoni  ular  5  yoshga  to’lganlaridan 
keyin  boshlanadi.  Ana  shu  yoshda  ular  «Kinder  garden»  deb  ataluvchi  tayyorlov 
bog’chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib, bog’chalar yoki maktablar 
tarkibida  tashkil  etiladi.  Bolalarni  maxsus  «maktab  avtobusida»  uyga  olib  keladilar  va 
maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo’l-transport hodisalaridan to’la  muhofaza 
etilgan:  sariq  rangga  bo’yalgan,  uning  signallari  barcha  transport  vositalari  itoat  etishga 
majburdirlar.  Maktab  avtobuslarini  boshqa  transport  vositalari  quvib  o’tishimumkin 
emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar. 


200 
 
Ko’chalarda,  maktabga  ketayotganda  yoki  qaytayotganda  alanglab  yurgan,  o’ynab 
futbol  tepib  yurgan  bekorchi  bolalarni  uchratish  amrimahol.  Bolalarni  maktabda  ham, 
uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do’pposlanmaydi, u erkin o’smog’i kerak. Agar biror bola 
«meni urdi» deb ota-onasidan shikoyat qilsa, ma’lum muddatga ana shu ota-onalar ayrim 
hollarda  ota-onalik  huquqidan  mahrum  qilinadilar.  Maktabga  bolalar  o’zlari  xohlagan 
kiyimlarda boradilar. Bolalarni 5 yoshidan maktabga tayyorlash ota-onalarning, bog’cha 
va maktabning, ommaviy axborot vositalarining ishi. 
AQSh  televideniesining  alohida  kanalida  «Sezam  ko’chasi»  deb  nomlanuvchi 
ko’rsatuvlar  dasturi  mavjud,  u  o’quvchilarga  ingliz  tili,  alifbo,  arifmetik  amallarni 
bajarish, sanash, o’qish, koinot, tabiat, jug’rofiya, tarix bo’yicha bilimlarni o’ta qiziqarli 
tarzda singdirishga harakat qiladi. 
Amerika  ko’pmillatli  mamlakat.  Lekin  har  bir  millat  o’z  farzandiga  milliy  urf-
odatlarini, tilini o’rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. Ko’pincha bu vazifalarni katta avlod 
amalga oshiradi. 
Besh  yoshli  bolalar  bilan  olib  boriladigan  mashg’ulotlarning  asosini  ularni 
maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshlilar bog’cha  guruhlarida bo’lsalar-da, lekin 
bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ich sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda uning dastlabki 
bosqichi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ta’lim dasturi ko’p jihatdan 
ota-onalar  bilan  hamkorlikda  ish  olib  borishga  mo’ljallangan,  u  pirovard  natijada 
bolalarni  boshlang’ich  maktablarga  puxta  tayyorlab  berishga  xizmat  qilishi  kerak. 
Shuningdek  maktabgacha  tarbiya  muassasalari  bolalarning  aqliy  va  jismoniy, 
umuminsoniy  hislatlarini,  bolalar  jamoasi  ichida  o’zini  tutish,  samimiylik, 
mehnatsevarlik,  foydali  xatti-harakatlarning  ilk  shakllanishiga  erishmoqlarini,  tozalik, 
ozodalik va pokizalikka o’rganishlarini ta’minlab berishi lozim. 
Amerikada  xususiy  bogchalar  endigina  davlat  dasturiga  kiritilgan.  Xususiy 
bog’chalarda o’quvchilarning o’z fikrini so’zda mukammal, aniq ifodalab bera olishiga, 
o’zligini  anglash,  o’zining  qadr-qimmatini  e’zozlash,  shaxsiy  qobiliyatini  ro’yobga 
chiqarish  tuyg’ularini  tarbiyalashga  katta  e’tibor  beriladi.  Bolalarda  ana  shu  his-
tuygularini shakllantira borish ilk yoshdanoq boshlanadi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish