Trombon (it. Trombone, Tromboni) larning 3 xil turi bor: alt, tenor va
bas. Hozirgi zamon simfonik orkestrida asosan tenor va bas trombonlari
ishlatiladi. Tenor trombonlar 2 ta, bas trombon esa 1 ta qatnashadi.
Tenor trombonning xususiyatlari trubaga xos bo‘lib, uning yangrashi
trubaning yangrashiga yaqin turadi. Tenor trombon tenor kalitida yoziladi.
Bas trombon tenor trombondan alohida bo‘lib, tuba bilan birgalikda nota
qatorida joylashadi. Bas tormbon bas kalitida ifodalanadi.
Tenor va bas trombonning ovoz hajmi kontroktava “sol” dan 2-oktava
“re”gacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |