69
2-diagramma. Markaziy Osiyo davlatlarining aholisiga nisbatan Internet qamrovi (2020
yil)
(mln.)
Qirg‘iziston Respublikasi aholisi 6,4 mln.,
26
Internetdan foydalanuvchilari 2,5
mln.,
27
Tojikiston Respublikasi aholisi 9,1 mln.,
28
global internetdan foydalanuvchilari
2,98 mln.,
29
Turkmaniston Respublikasi aholisi 5,8 mln.,
30
jahon internet tizimidan
foydalanuvchilari 1,3 mln.
31
.
Barqaror rivojlanish jarayonida mobil aloqa vositalaridan ijtimoiy, iqtisodiy
zaruriyat uchun foydalanish jarayoni muttasil ortib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston
aholisining 29 millionga yaqini mobil qurilmalardan foydalanadi
32
. Jamiyatda mobil
aloqa vositalari rivojlanib borishi natijasida global Internet saytlarini mobil versiyalari
ko‘paymoqda va ijtimoiy tarmoqlar messenjer ko‘rinishiga o‘tmoqda. Shuningdek,
hozirgi davrda mobil messenjerlar yaratilishi yoshlarning xorijiy ijtimoiy tarmoqlarga
qiziqishini oshirmoqda. Yuqoridagi fikrlar istiqbolda milliy segment saytlar mobil
sahifalari rivojlanib borishidan dalolat bermoqda. Shuning natijasida, O‘zbekiston milliy
segmentidagi saytlarga foydalanuvchilarning 72,4 foizi aynan mobil dasturlar orqali
kirgan
33
.
Ta’kidlash lozimki, yangi taraqqiyot bosqichi davrida global kompyuter
tarmog‘ining jadal rivojlanishi uning auditoriyasida tobora kengayish jarayoni
kuzatilmoqda.
1995 yilda jahonda internetdan foydalanuvchilar soni 10 million
bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib ular soni 1 mlrd.dan oshib ketgan
. Bunday jadal o‘sish
natijasida global internet inson faoliyatida universal ijtimoiy kommunikatsiya rolini
bajarmoqda.
34
Global internet tarmog‘idan foydlanuvchilar soni 2010 yilga kelib 1 mlrd.
966 mln. kishini tashkil qildi.
35
Hozirgi davrda internet 4,5 mlrd. kishining shaxslararo
munosabatlardagi innovatsion axborot vositasi bo‘lib, turli ijtimoiy guruhlar,
jamoatchilik vakillari munosabatlari, o‘zaro aloqasida muhim kommunikativ vosita
vazifasini bajaradi. Ushbu jarayon global tarmoqning innovatsion kommunikativ
potensiali bilan, ya’ni internet auditorining faol qismi tomonidan bildirilgan fikrlar,
ikkinchi tomondan, internet tarmog‘ini ijtimoiy boshqaruv monitoringi amaliyoti
mexanizmlaridagi kamchiliklarda namoyon bo‘ladi. Global kompyuter tizimidagi
26
https://ru.wikipedia.org/wiki/Население_Киргизии/10.04.2020 й.
27
http://kabar.kg/news/kolichestvo-internet-pol-zovatelei-kyrgyzstana-ezhegodno-rastet-dogoev/10.04.2020 й.
28
https://ru.wikipedia.org/wiki/Таджикистан/10.04.2020 й.
29
https://tajikta.tj/ru/news/v-tadzhikistane-chislo-polzovateley-interneta-sostavilo-3-mln-abonentov/ 10.04. 2020й.
30
https://ru.wikipedia.org/wiki/Туркмения/10.04.2020 й.
31
https://mlsp.gov.tm/ru/newspapers/771/10.04.2020 й.
32
Kun.uz сайти. «Ўзбекистонда 29 миллионга яқин мобиль қурилма рўйхатга олинди.» 04.11.2019 й.
33
Статистика. URL:http://www.uz 02.04.2020 й.
34
Зборовский Г.Е., Шуклина Е.А. Образование как ресурс информационного общества// Социол. исслед. 2005. № 7.
-Б 107-108.
35
URL: http://wvm.internetworldstats. com/ stats.htm 24.01.2011.
Do'stlaringiz bilan baham: