AFG`ON RUBOBI
Afg`on rubobi-o`zbek halq cholg`u asboblari orasida o`zining tashqi
tuzulishi bilan ajralib turadi. U juda boy tembr tovushiga egadir.
Afg`on rubobi nafaqat respublikamizda, balki Tojikiston, Afg`oniston,
Buxoro va boshqa vohalarda ham keng tarqalgan. Bu cholg`u asbobda halq
kuylari bilan bir qatorda, barcha qardosh kompozitor kuylarini ham mohirona
ijro etish mumkin.
Afg`on rubobini Buxoro rubobi ham deyishadi O`zbekistonga ham bu
cholg`u asbobini Buxorolik cholg`uchi, sozandachilar olib kelishgan.
Afg`on
rubobi
qayta
takomillashtirilgandan
keyin
1960
yili
Toshkentdagi Glier nomli musiqa maktab internatida afg`on sinfi ochildi va
keyinchalik Toshkent Davlat konservatoriyasining o`zbek cholg`u asboblari
bo`limida 1964 yili shu sinf ochildi. Bu sinfda qashqar rubobida o`qigan
talabalar olinib, ular shu sinfni tugatishib, boshqa viloyatlarda ham afg`on
rubobi sinfi vujudga keldi.
Bizni viloyatimizdagi Termiz musiqa bilim yurtida ham shu sinf 1978
yili Toshkent Davlat Konservatoriyasini tamomlab kelgan yosh mutaxasis
o`qituvchi Mardayeva Klara Abdurasulovna tashabbusi bilan tashkil topdi.
Hozirgi kunda shu sinfni bitirgan yosh mutaxassis talabalar ham o`z
tumanlarida shu afg`on rubobi sinfi musiqa maktablarini ochib bizlarga
yaxshi talantli o`quvchilarni yubormoqdalar. Ko`pgina talabalar esa
bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida oliy o`quv dargohida, ya`ni
Toshkent Davlat konservatoriyasiga, Toshkent madaniyat institutiga borishib,
o`qishlarini davom ettirib va tugatib Termiz musiqa bilim yurtida
o`qituvchilik faoliyatlarini boshlab yuborishgan.
Hozirgi kunda afg`on rubobiga moslashtirilgan darsliklar yetarlicha
emas, lekin shu sohada ishlayotgan mutaxassislarning umidi katta, kelajakda
kompozitorlarimiz shu cholg`u asbobi uchun ko`pgina kuylar yaratishi
mutaxassis o`qituvchilar esa shu afg`on rubobi moslashtirilgan darsliklar
chiqarishlariga to`g`ri keladi.
DUTOR
Dutor- o`zbek, tojik, turkman va uyg`ur xalqlari o`rtasida keng tarqalgan
torli tirnama cholg`u asbob.
Dutor ikki qismdan,dasta va kosadan iborat bo`lib, ularni birlashtiruvchi
qismi «bo`g`iz» deb ataladi. Dutor kosasi o`yma yoki «qobirg`a»chalarning
birlashganidan yasalishi mumkin. O`yma dutor Samarqand, Xorazm va
Turkmanistonda qo`llanilib, bir bo`lak tut yog`ochdan o`yib ishlanadi.
TANBUR
Tanbur-bu tan, yurak, dil, ya`ni yurakni qitiqlamoq, larzaga solmoq
demakdir.Tanbur ham uzoq asrlardan beri o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlariga
madaniy xizmat kilib kelayotgan sernola, sersado, serohang, dilrabo milliy
musiqa cholg`ularimizdan biri bo`lib, uni tinglayotgan shinavandalar qalbini
larzaga solib kelmoqda.
Tanburning kosasi tut yog`ochidan, dastasi esa asosan o`rik va boshqa
yog`ochlardan yo`nilib, dastasiga ichak pardalar bog`landi, torlari misdan
tortilib, noxun deb ataluvchi metaldan ishlangan moslama yordamida
chalinadi.
Tanbur fortepianoning kichik oktava "sol", "re" siga sozlanadi.
Tanburchilar ko`p, ammo ular orasida el- yurt hurmatiga, shinavandalar
tahsiniga sazavor bo`lganlardan:
Sultonxon Hakimov, Rixsi Rajabiy, Shobarot tanburchi, Maqsud Xo`ja
Yusupov, Jo`rabek Saydaliyev, Abdumutal Abdullayev, Otavali Nuriddinov,
usta Ro`zimatxon Isoboyev, Qayum Shobarotov, Emmanuel Barayev,
Yoqubov,
Davidov,
Shonazar
Sohibov
(Tojikiston),
Nizomiddin
Mirzaxo`jayev. Hozirgi kunda xizmat kilib kelayotgan tanburchilar: Turg`un
Alimatov.
UD
Ud juda qadimiy musiqa asbobidir. Uning bizga ma`lum bo`lgan
dastlabki shakli Ayritomdan topilgan, eramizning birinchi asrlariga oid
ajoyib madaniyat yodgorligida o`z aksini topgan.
Ud arabcha so`z bo`lib, uning lug`aviy ma`nosi turlichadir. U
birinchidan yog`ochi qora tusli daraxtning nomidir. Ud dastlab shu daraxtdan
yasalgan bo`lishi kerak. Ikkinchidan, ud iborasi bayram, tuy-tomosha,
xursandchilikni ifodalaydigan «iyd» iborasining ma`lum shaklidir. Bu urinda
xushchaqchaqlik kayfiyatni bag`ishlovchi soz ma`nosida ham kelishi
mumkin.
Udning dastlabki nomi "Barbad» bo`lganligi ba`zi manbalarda ko`rsatib
o`tiladi. Barbad ikki so`zdan iborat bo`lib, bar—qomat, bad -o`rdak
ma`nolarida keladi. Barbad qorni katta va dastasi -kalta musiqa asbobidir.
Unga o`rdak qomatiga o`xshagani uchun barbad nomi berilgan emish. Barbad
eng qadimiy torli asbobdir. Uning yaratilishi haqida bizgacha turli afsonalar
yetib kelgan. Bir afsonada hikoya kilinishicha, barbadni yunon olimi
Fisogurs hakim (Pifagor eramizdan oldingi VI asr) ixtiro qilgan. Afsonada
aytilishicha, bir kuni Fisog`ursni tushida bir noma`lum mo`ysafid uning
boshiga kelib shunday dedi: ―sen ertaga barvaqt turib naddof (paxta
tituvchilar) bozoriga borgil. U yerda senga hikmat sirlaridan biri namoyon
bo`ladi». Fisog`urs ertalab naddoflar rastasiga boribdi va u yerdan hech narsa
tushuna olmay qaytib kelibdi. Mo`ysafid shu kuni tushida yana kelib, kechagi
aytgan gapini takrorlabdi. Shundan so`ng Fisog`ypc ertalab uyg`onib ikkinchi
marta bozorga borganda paxta tituvchilar yoyining ipidan chiqayogan tovush
uning diqqatini jalb etibdi. Fisog`ursning ongida bir fikr paydo bo`libdi,
shunda u yerda yotgan ot dumining tolasini olib, bir uchini tishi bilan tortib
turib chertgan ekan, mayin va yoqimli bir ovoz eshitilibdi. Endi shu ipni taqib
chaladigan torli asbob yaratish ustida mulohaza yurita boshlabdi. Ma`lum bir
vaqt o`tgandan so`ng, kunlarning birida Fisog`urs hakim tog` tomon yo`l
olibdi. Tog`ning etagida kuchli shamol esib, qandaydir bir sehrli tovush,
ya`ni hushtaksimon bir sado eshitilibdi. Shunda u atrofga nazar solib yaqin
orada turgan ichi kovak, bo`shab qolgan toshbaqa kosasiga ko`zi tushibdi.
Uning bosh, qul oyog`i va dumi chiqib turadigan teshiklardan o`tayotgan
shamol ana shunday sehrli tovush hosil qilayotgan ekan. ‖Bir narsaga yarab
qolar‖, deb uni yerdan olibdi. Keyinchalik toshbaqa kosasidagi eng katta
teshikka — boshi chiqib turadigan yerga dasta o`rnatibdi. Unga ipni taqib,
chala boshlabdi. Rubob dastlab juda sodda va oddiy shaklda tuzilibdi.
Fisog`ursdan so`nggi davrlarda yashagan musiqachilar barbadni
takomillashtirdilar va uning asosida ikki, uch, turt torli musiqa asbobi
yasaganlar. Barbad esa ko`p manbaalarda hamma torli asboblarning yuzaga
kelishida asos bo`lgan, deb ko`rsatilgan. Uning shu takkomillashgan keyingi
shakli guyo ud emish.
Ud qariyb XVII asrlargacha yashagan, deb taxmin qilish mumkin,
Keyinchalik esa O`rta Osiyoda iste`moldan chiqib ketgan hamda boshqa
qadimiy musiqa asboblarn uning o`rnini ola boshladi.
O`rta Osiyo xalqlarining, jumladan, o`zbek, tojiklarning cholg`u
asboblari rang-barangdir. Albatta, bu xalqlarning madaniyati qadimdan boy
bo`lganligi, tinmay rivojlanganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |