123
tashqari mulklarni kirimga olish yoki tegishli
majburiyatlarni hisobda
aks ettirish chog‘ida tanlangan baholashning asoslanganligiga taqaladi.
Ikkiyoqlama yozuv usulining qo‘llanilishi har bir xo‘jalik
muomalasi summasining joriy hisobda hamma vaqt ham ikki marta aks
ettirilishi lozimligini bildirmaydi. Xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga
olishning zamonaviy texnologiyalaridan biri
shaxmat usuli
bo‘lib, bunda
summa tegishli hisob registridagi gorizontal va vertikal chiziqlar
kesishgan joyda bir marta yoziladi (Bu haqda 12-bobda batafsil
ma’lumot berilgan).
Bunda hisob
yozuvlarining soni qisqaradi, korrespondensi-
yalanuvchi ikkita schot bir betda ko‘rsatilganligi bois, muomalalar
yaqqol ko‘rinadi. Shaxmat usulining chiziqli
yozuvdan afzalligi ham
mana shundan iborat.
Biz ko‘rib chiqqan oldingi misolda xo‘jalik muomalasi ikkita
schotda, ya’ni bir schotning debetida ikkinchi schotning kreditida aks
ettirilgan edi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik
muomalasini schotlarga
bunday aks ettirishga
oddiy yozuv
deyiladi. Ayrim xo‘jalik muomalalari
xususiyatiga ko‘ra bir schotning debetida va bir nechta schotning
kreditida yoki aksincha aks ettiriladi. Bunday buxgalteriya yozuvini
buxgalteriya hisobida
murakkab yozuv
deyiladi.
Misol tariqasida quyidagi xo‘jalik muomalasini ko‘rib chiqamiz.
Fermer xo‘jaligi omboriga mol yetkazib beruvchilardan 30000 so‘mlik
yoqilg‘i va 40000 so‘mlik ehtiyot qismlar olindi. Bu xo‘jalik
muomalasini quyidagi schotlar korrespodensiyasi orqali aks ettiramiz:
Debet «Yoqilg‘ilar» schoti 30000 so‘m.
Debet «Ehtiyot qismlar» schoti 40000 so‘m.
Kredit «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlar» schoti 70000 so‘m.
Ushbu xo‘jalik muomalasini schotlarga yozamiz (5.5-rasm
)
:
Yuqorida keltirilgan schotlardagi yozuvlardan ko‘rinib
turibdiki,
xo‘jalik muomalasini aks ettirishda uchta schot qatnashgan, ya’ni
muomala summasi ikkita schotning debetiga va bir schotning kreditiga
yozilgan. Bunda buxgalteriyadagi ikkiyoqlamalik tamoyili, ya’ni bir xil
summani tegishli schotlarning debet va kredit
tomonlarida aks ettirish
buzilmagan. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisob ishlarini
qisqartirish maqsadida murakkab yozuvlardan foydalaniladi. Lekin bir
vaqtning o‘zida bir
necha schotlar ham debetlanib, ham kreditlanuvchi
yozuvlar bo‘lishi mumkin emas. Bunday yozuvlarda schotlar orasidagi
124
o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘rib bo‘lmaydi va aks ettirilgan xo‘jalik
muomalasining mohiyati buziladi.
«Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»
«Yoqilg‘ilar» schoti
Dt Kt
Dt Kt
1)
70000
1) 30000
«Ehtiyot qismlar»
schoti
Do'stlaringiz bilan baham: