371
ehtiyotkorlik choralari va nazorat o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Elektron
raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar «Elektron raqamli
imzo to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunning 14- moddasi
boshlang‘ich hisob hujjatlari
to‘g‘risida(eski
tahrirda shu nomdagi 9-modda). Unga
muvofiq buxgalteriya hisobi
sub’ektining aktivlari, xususiy kapital va majburiyatlariga ta’sir etuvchi
barcha xo‘jalik operatsiyalari va xo‘jalik faoliyatining natijalari dastlabki
hujjatlarga asosan aks ettirilishi lozim. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik
operatsiyasi sodir bo‘layotgan paytda, agar buning iloji bo‘lmasa, operatsiya
tugallanganidan so‘ng darrov tuziladi. Agar boshlang‘ich hisob hujjatlarini
to‘lg‘azishda kompyuterdan foydalanilsa, kompyuter orqali to‘lg‘azilgan va
bosib chiqarilgan qog‘ozlar maxsus blankada rasmiylashtirilgan boshlang‘ich
hisob hujjatlari kuchiga ega. Birorta xo‘jalik operatsiyasi ham tegishli tarzda
rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hisob hujjatlari siz buxgalteriya hisobi
schyotlarida aks ettirilmasligi lozim. Demak, har bir xo‘jalik
operatsiyasi
yuridik jihatdan dalillovchi kuchga ega bo‘lishi uchun uning ibtidosi ham,
intihosi ham boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lmog‘i lozim.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlari (operativ hisob, statistik
hisob)dan farqli xususiyatlaridan biri – uning faqat hujjat bilan
asoslanganligidir (1-Bob
, 1.4- paragrafga qarang
).
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va tasdiqlagan mas’ul shaxslar
ulardagi axborotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir. Boshlang‘ich hisob
hujjatlaridagi tuzatishlar hujjatni to‘lg‘azgan
shaxs tomonidan, tuzatish
sanasi ko‘rsatilgan holda tasdiqlanishi lozim. Zarur hollarda esa xatoga yo‘l
qo‘yilgan
hujjat
to‘g‘risida
izohlar
berilgan
tuzatuvchi
hujjat
rasmiylashtirilishi ham mumkin (buxgalteriya ma’lumotnomasi).
Buxgalteriya yozuvlari qo‘lda yozilganida ham, kompyuter yordamida
amalga oshirilganida ham, baribir quyidagi qoidalarga rioya qilinishi lozim:
yozuvlarni boshlang‘ich hisob hujjatlariga asosan amalga
oshirish;
xo‘jalik operatsiyalarini o‘z vaqtida xronologik tartibda ro‘yxatga
olish;
har oyning birinchi sanasiga bosh daftardagi sintetik schyotlarni
yordamchi analitik schyotlar bilan har oyda solishtirish.
Barcha xo‘jalik operatsiyalari tegishli tarzda hujjatlashtirilishi zarur.
Xususan, har bir operatsiya bo‘yicha isbotlovchi hujjat rasmiylashtirilib,
sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyasining mavdjudligi, to‘liqligi va
ishonchliligi
tasdiqlanishi lozim (isbotlovchi hujjatlar). Schyot-fakturalar, cheklar va
boshqa hujjatlar isbotlovchi hujjatlar bo‘lib hisoblanadi. Tuzatish, hisoblash
372
va boshqa ichki ko‘chirib o‘tkazish yoki hisob-kitoblarga asoslangan,
ro‘yxatga olingan moddalar uchun isbotlovchi hujjatlar korxona ichida
to‘lg‘aziladi. Bu gap ma’lumotlarni elektron ishlov berishning buxgalterlik
tizimlariga ham taaluqlidir. Elektron ishlov berilgan ma’lumotlarni
kompyuterda saqlash va qog‘ozga bosmadan
chiqarish tayyorgarligiga
qo‘shimcha talablar qo‘yiladi.
Boshlang‘ich hisobda qo‘llaniladigan barcha hujjatlar tegishli tarzda
saqlanishi uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim (
bu haqda 29-modda
sharhlarida ma’lumot batafsil beriladi
).
15-modda –
buxgalteriya hisobi registrlari
to‘g‘risida. Ushbu moddada
oldingi tahrirga (shu nomdagi 10-moddaga) nisbatan hozirgi davr talablariga
javob beradigan bir qancha muhim aniqliklar va qo‘shimchalar kiritilgan.
Jumladan, «buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot
tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron
hujjat
tarzida yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin» deb
aniqlashtirilgan va to‘ldirilgan.
Shuningdek, «buxgalteriya hisobi registrlarida boshlang‘ich hisob
hujjatlaridagi ma’lumotlar tizimlashtirilishi va to‘planishi kerak»ligiga
alohida urg‘u berilgan. Chunki, buxgalteriya hisobida xo‘jalik
operatsiyasi(fakti)ning ibtidosi va isboti –
boshlang‘ich hisob hujjati
.
Boshlang‘ich hisobda hujjat bilan rasmiylashtirilmagan hodisa xo‘jalik
operatsiyasi(fakti) deb tan olinmaydi. Bu buxgalteriya hisobining
Do'stlaringiz bilan baham: