International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
457
va tuprik bezlari, nevrologiya, onkologiya, oftalmologiya va mushak-skelet tizimi.
Ultratovush ginekologiyada, ayol jinsiy a’zolarining kasalliklarini tashxislashda va
homilaning rivojlanish jarayonini baholashda akusherlik amaliyotida keng
qo‘llaniladi[4].
Elektrokardiogramma (elektro kardio va gramma) (EKG) — yurak muskuli
ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq.
Elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun
gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari
(koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan
elektrodlar bilan yozib olinadi. Hozirgi zamon tibbiy texnika yutuqlari
tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar
yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar og ʻir
jismoniy
sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish
imkoniyatini beradi.
Sogʻlom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yoshi va boshqalarga bogʻliq.
Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketma-ket qoʻzgʻalishini aks
ettiruvchi tishchalar va intervallarni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG
tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning
davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi.
EKG yordamida yurak
ritmining turli oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining
xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda
boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi[5].
Rentgen apparati(R.A) – rentgen nurlarit hosil qilish va ulardan foydalanish
uchun
moʻljallangan
qurilma.
Rentgen
apparati
rentgenodiagnostika,
rentgenoterapiya va rentgen analizida ishlatiladigan turlarga bo ʻlinadi. Rentgen
apparatining muqim (rentgen
kabinetlarida, lab. va boshqa(lar) maxsus xonlarda
ishlaydigan va boshqa(lar)) va koʻchma (koʻlda olib yuriladigan) xillari boʻladi.
Rentgen apparati rentgen trubkasi, transformator va toʻgʻrilagichdan, rentgen
apparatini boshqarish va nazorat qilish pulti, o ʻrganiladigan
obyekt va rentgen
trubkasi oʻrnatiladigan shtativdan iborat. Rentgen trubkasi elektrovakuum asbob;
unda rentgen nurlari hosil qilinadi. Asosiy qismlari: anod (rentgen nurlari manbai),
katod (elektronlar manbai) va qobiq (kolba). Anodga yuqori kuchlanish brilganda
anod sirtida tezlashgan elektronlar oqimi tufayli bombardimon sodir bo ʻladi. Hosil
boʻlgan kinetik energiyaning bir qismi rentgen nurlariga, ko ʻp qismi issiqlik
energiyasiga aylanadi. R.A. ishlayotganda xavfsizlikni ta ʼminlash uchun yuqori
kuchlanish ostidagi qismlari muhofaza qilib qo ʻyiladi, signalizatsiya tizimi boʻladi;
Qurilmaning baʼzi qismlari va apparat oʻrnatilgan
xona blokirovka qilinadi,
rentgen nurlaridan himoya qilish vositalaridan foydalaniladi. Tibbiyotda rentgen
apparati yordamida aʼzolarni koʻrish, suratini olishdan tashqari, flyuorogrfiya
oʻtkazish mumkin. Muqim R. A. ga aʼzolarni kavatma-kavat kuzatish
(tomografiya), yurak va qon tomirlarini kontrast tekshirish (antiografiya) uchun
alohida moslamalar oʻrnatiladi. Qurilmadagi elektron-optik oʻzgartirgich
tekshirilayotgan obyektdagi eng mayda aʼzo va boshqa(lar)ni ham koʻrish, uni
kinoga olish hamda televizion yoʻl bilan kuzatish imkonini beradi[6].
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
458
Xulosa qilib aytganda tibbiyotga zamonaviy axborot texnologiyalarini
qo‘llanilishi bemorlarga tashxis aniqligini oshirishga, davolash jarayonlarini
tezlashtirishga, davolash davrini qisqartirib yahshi natijalar olishga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: