Mashg’ulot davomida olingan xulosalar:
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
Mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. "Kultivatsiya"nima?
2. Mikroorganizmlarni yetishtirishning qanday usullarini bilasiz?
3. Ozuqa muhitlarining qanday turlari bor?
4. Xemostat ozuqa eritmasi haqida ma`lumot bering?
Adabiyotlar:
1.
Глик Б., Пастернак Дж. Молекулярная биотехнология: принсипы и
применение. М.:Мир. 2002
2.
Mirzaraxmetova D.T., Raximov M.M. «Fermentlar muxandisligi» fanidan amaliy
mashg’ulotlar o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma. Toshkent: O’zMU. 2007.
56b.
3.
Davronov. Biotexnologiya: ilmiy va amaliy uslubiy asoslar Toshkent 2008 504b
4.
Komilov X.M, Raximov M.M, Odilbekova Yu.D, “Biotexnologiya asoslari”
Ilmziyo-2004 200 b
12-Labaratoiya mashg’uloti
Mavzu: O’simliklarni flavonoidlarni ekstraktsiyalash
Mashg’ulot maqsadi:
O’simlik tarkibidagi flavonoidlarni ekstraksiya qilish
texnologiyalarini o’rganish.
Kerakli asbob va uskunalar:
ekstraksiya aparati, probirka, sifat regentlari, PH
͕ >7
eritmalar.
Nazariy tushunchalar:
Flavonoidlar deb, benzo - g - piron - (xromon) unumi va
asosida S
6
-S
3
-S
6
uglerod atomlaridan tashkil topgan fenil propan skeleti bo‘lgan tabiiy
birikmalarning katta guruxiga aytiladi. O‘simliklardan ajratib olingan birinchi
flavonoid sariq bo‘lgani uchun xam bu gurux birikmalarga flavonoidlar (lotincha
flavum – sariq degan so‘zdan olingan) deb nom berilgan. Flavanoidlar o‘simliklarning
barcha organlarida mavjuddir. Xozirgi vaqtda 4000 ga yaqin flavonoidlar ajratib
olingan. Flavonoidlar asosan 3ta katta guruxga bo‘linadi.
1.
1,3- difenilpropanoidlar yoki flavonoidlar.
2.
1,2 –difenilpropanoidlar yoki izoflavanoidlar.
3.
1,1- difenilpropanoidlar yoki neoflavonoidlar
Birinchi guruxga xalkonlar, digidroxalkonlar, flavanonlar, flavonlar, flavanollar,
katexinlar, antotsianidinlar kiradi. Ikkinchi guruxga izoflavonlar, izoflavononlar
kiradi. Uchinchi guruxga neoflavonlar, dalberginlar kiradi. Shuningdek flavonoidlarni
flavon molekulasidagi V xalqaning oksidlanish darajasiga qarab quyidagi guruxlarga
bo‘linadi:
1. Flavonlar
flavonoidlarning yuqori oksidlangan birikmasi flavon unumlari bo‘lib,
ularning V xalqasidagi 2- va 3-uglerod atomlari o‘rtasida qo‘shbog‘ bo‘ladi. Flavonlar
rangsiz yoki sariq rangli birikmalardir.
2. Flavonollar
-3- oksiflavon (flavon- molekulasidagi 3-uglerod atomida gidroksil -ON
guruxi bo‘ladi) unumlari. Bu birikmalar ranggi sariq bo‘ladi.
3. Flavanonlar
- flavanon (V xalkadagi 2- va 3-uglerod atomlari o‘rtasida qo‘sh bog‘
bo‘lmaydi) unumlari. Rangsiz birikma.
4. Flavanonollar
- 3 oksi flavanon (flavanon molekulasining 3-uglerod atomida - ON
guruxi bo‘ladi) unumlari. Bu birikmalar xam rangsiz.
5. Antotsianidinlar.
- qaytarilgan benzo-g-piron-flavan (2-fenil xroman) unumlari
bo‘lib, V xalqadagi 3- va 4- uglerod atomlari o‘rtasida qo‘sh bog‘ bor. Bu birikmalar
gullar va mevalarning turli rangga bo‘yalishining sababchisi xisoblanib, odatda
o‘simliklarda oksoniy yoki karboniy tuzlari (xam ishqorlar, xam kislotalar bilan tuz
xosil qiladi) xolida bo‘ladi.
6. Leykoantotsianidinlar (3,4-flavandiollar)
- katexinlarga yaqin, rangsiz birikma. Ular
antotsianidinlarning qaytarilgan formasi bo‘lib, kislotalar bilan qizdirilsa, rangli
antotsianidinlarga aylanadi. Bu birikmalar o‘simliklarda sof xolda uchraydi.
7. Katexinlar.
- qaytarilgan benza Y- piron - flavanning unumlari bo‘lib, V xalqada
doimo gidroksil -ON- guruxi saqlanadi. Katexinlar rangsiz birikmadir.
8. Xalkonlar
- xalkon unumlari, sariq yoki zarg‘aldoq rangli birikmalar. Xalkonlarda
piron xalqasi bo‘lmasdan, ularni flavanonlarning izomeri deb qarash mumkin.
9. Auronlar
- auron unumlari, sariq yoki zarg‘aldoq rangli birikmalar, V xalqasi 5
a’zoli bo‘ladi. Ba’zi flavonoidlar molekulasidagi S xalqasi (fenil radikali) 2-uglerod
atomiga emas, balki 3-uglerod atomiga birlashgan bo‘ladi. Bunday birikmalar
izoflavonlar deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |