Кимё-технология факултети кимёвий технология


…………………………………………………………….24



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana15.11.2022
Hajmi1,13 Mb.
#866790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Yusufjonov M

…………………………………………………………….24
 
 
 



KIRISH 
 
Prezidentimiz mutasaddi rahbarlarga ushbu loyihalarni amalga oshirish 
uchun xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha topshiriqlar berdi. Kimyo sanoatida 
yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy 
barqarorligini taʼminlash lozim. Shu bois yigʻilishda “Oʻzkimyosanoat” 
aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan koʻrsatmalar 
berildi. Shu bilan birga, sohaga innovatsiyalar umuman joriy qilinmagani, ilm-fan 
salohiyatidan samarali foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya 
kimyo-texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda 
Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, 
loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo 
etishni tezlashtirish zarurligi taʼkidlandi. Yigʻilishda mutasaddilarga belgilangan 
barcha vazifalar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqib, uning ijrosini muntazam 
muhokama qilib borish topshirildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16- 
oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va 
zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. 
Maʼlumki, kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning “katalizatori” boʻlib, har qanday 
ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda 
taraqqiyot boʻlmaydi. Oʻzbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha 
kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy boʻlsa-da, 
kimyo sanoatimiz asosan qishloq xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻit ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan.
O‘zbekistonda «Yevro-4» va «Yevro-5» dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarish 
yo‘lga qo‘yildi 30-martdan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 
O‘zbekistonda ilk bora «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli 
dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Buxoro neftni qayta ishlash 
zavodida «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel 
yonilg‘isi ishlab chiqariladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi matbuot 
xizmati xabar berdi. Hozirgi kunda zavodda ishlab chiqarilayotgan neft 
mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilg‘isi) sifati Yevro-2 standarti talablariga 
mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda 
ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirildi. Zavoddagi reaktorga yangi 
katalitik tizim Fransiyaning Axens kompaniyasi sxemasiga binoan o‘rnatildi. 
Koronavirus pandemiyasi sababli fransiyalik mutaxassislar onlayn aloqada 
bo‘lishdi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislarining o‘z kuchi 
bilan reaktorga yangi katalitik tizim o‘rnatildi. Natijada 30 mart kuni 
O‘zbekistonda ilk bora ekologik toza va sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilishi 
yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriya tahlillariga ko‘ra, olingan dizel yonilg‘isida 
oltingugurt birikmalari miqdori 3 ppm bo‘lib, bu ko‘rsatgich Yevro-5 sinfiga mos 
dizel yonilg‘isiga to‘g‘ri keladi (10 ppm dan ko‘p emas). 
Mazkur qurilma mavjud texnologik sxemada yiliga 100 ming tonnagacha 
Yevro-5 standartidagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Xabarda 



aytilishicha, «Yevro-4» va «Yevro-5» yoqilg‘isi dvigatel ishlash jarayonini 
yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar mikdorini keskin 
kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga ega. 
Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo’jaligining asosiy zvenosi 
bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil 
bo’lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. 
Bugun dunyoda neft, tabiiy gaz, ko’mir, yadro energiyasidan ishlab chiqarish 
maqsadlarida foydalanish miqdori 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng 
bo’lmoqda. Mazkur organik resurslarni qazib olish, qayta ishlash va foydalanish 
jarayonida atrof-muhitga, shu jumladan, atmosfera havosiga oltingugurt, azot va 
uglerod oksidi kabi zararli moddalar chiqarilmoqda. Ushbu gazlarning ta’siri 
global miqyosda iqlim o’zgarishlariga, Ozon qatlamining emirilishiga olib 
kelmoqda. Shuningdek, dunyo bo’yicha sanoatdan atmosferaga tashlanayotgan 
uglerod oksidi 5 milliard tonnani, uglerod ikki oksidi esa 300 million tonnani 
tashkil etadi.
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarning rivojlanishi ularda 
ilg’or texnologiyalarni qo’llanishi bilan bog’liq. Yuqoridagilarni xisobga olib, biz 
xam malakaviy bitiruv ishimizni mavjud texnologiyalardan oqilona foydalanish, 
ekologik toza, raqobatbardosh sifatli mahsulotlar olishga qartdik. Neftdan 
olinadigan eng muhim mahsulotlardan biri yuqorioktan sonli benzin olish, benzin 
yoki ligroinni aromatlashdir. Shuning uchun biz yuqori oktanli benzin ishlab 
chiqarish texnologiyasini loyihalashni ko’rib chiqamiz.
 
Oxirgi yillarda chop etilgan ma’lumotlarga qaraganda, hozirga paytda 
dunyodaga neft zahiralari 100 mln tonna deb baholanmoqda. SHundan Saudiya 
Arabistoni 25,3%, Iroq 9,9%, Birlashgan Arab Amirligi 9,6%, Quvayt 9,4%, 
Venesuela 5,8%, MDH 5,8% va Meksika 5,6% neft zahiralariga ega. 
Olimlarimizning fikricha, respublikamizning 60% hududi neft va gaz qazib 
olish uchun istiqbolli hisoblanadi va xom ashyo zahiralarining qiymati 1 trillion 
amerika dollari deb baholanmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda neft va gaz 
qazib chiqarish, avtobenzin, aviakerosin, dizel yoqilg’ilari, mazut va neft moylari 
ishlab chiqarish hajmlari o’sdi. Masalan, 1998 yilda 8,1 mln tonna neft va 
kondensat, 54,8 mlrd m
3
tabiy gaz qazib olindi, 7,1 mln tonna neft va kondensat, 
37,4 mlrd m
3
gaz qayta ishlanib 270 ming tonna oltingugurt ishlab chiqildi. Ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning umumiy bahosi 137,5 mlrd so’mni tashkil yetadi. 
Ammo respublikada yaratilgan yoqilg’i-energetika va mineral xom ashyo 
resurslaridan imkoniyat va zaruriyat darajasida foydalanilsada, bu jabhada o’z 
yechimini kutayotgan muammolar ham yo’q emas. Vujudga kelgan iqtisodiy, 
ekologik va texnologix muammolarga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. 
Respublikamizda mavjud 65 ta neft va gaz konlaridan 35 tasi ishlatilayapti. 
Neft va gaz konlaridan chiqindn suvlarning tarkibidan yod, brom, seziy, rubadiy, 
stronsiy, bor kabi yo’lakay nodir elementlar ajratib olinmayapti. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish