2 - T A J R I B A I SH I.
MARKAZDAN QOCHMA NASOSNI ASOSIY PARAME TRLARINI
SINASH
ISHDAN MAQSAD:
Markazdan qochma nasosning ishchi g ’ildiragi aylanish sonining o’zgarmas
qiymatida
uning kompleks xarakteristikasini ko’rishdan va tezyurarlik
koeffitsiyentini aniqlashdan iborat.
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
Nasoslar texnikaning suyuqlik bilan ishlaydigan turli sohalarida keng qo’llaniladi.
Nasoslarda suyuqlik qaysi tipdagi kuchlardan foydalanib so’rilishiga qarab, ular
dinamik yoki hajmiy nasoslarga bo’linadi.
Dinamik nasoslar o’zidan o’tqazayotgan suyuqlikning kinetik energiyasini
orttiradi, so’ngra bu energiyaning ko’proq qismini napor energiyasiga aylantiradi.
Hajmiy nasoslarda esa nasosdan o’tayotgan suyuqlika potentsial energiya ish
bo’lmasining o’zida bo’ladi.
Markazdan qochma nasoslar dinamik nasoslar turkumiga kiradi. Bu
nasoslarda suyuqlikka energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish g’ildiragi kuraklari
yordamida beriladi. Bunda parraklar orasida suyuqlik zarrachasi markazdan qochma
kuch ta’sirida nasos kamerasiga intiladi. Bunday harakat natijasida ish g’ildiragi
markazida napor kamayib, ta’minlovchi idishdagi suyuqlik so’rish Quvuri orqali
ko’tariladi va ish g’ildiraglari kuraklari orasidan chiqib ketgan suyuqlik o’rniga
yangi suyuqlik keladi. Nasos kamerasiga markazdan qochma kuch ta’sirida
suyuqlikning kelishi natijasida napor ortib, suyuqlik nasos kamerasidan haydash
Quvuriga ko’tariladi. Markazdan qochma nasoslarning ishlashi shu printsipga
asoslangan bo’ladi.
Inertsiya va ishqalanish nasoslari - bu inertsiya va ishqalanish kuchlari
ta’sirida suyuqlikni harakatlantiradigan dinamik nasoslar guruhidir.
Hajmiy
nasoslar
guruhiga: porshenli, plunjerli, diafragmali, rotorli,
shesternali, vintli nasoslar kiradi.
Markazdan qochma nasosning 8.1- rasmdagi ish sxemasini ko’ramiz.
Markazdan qochma nasoslarning afzalliklari: ixchamligi, massasining
kichikligi,kichik
masshtabda
bo’lsa
ham
yuqori
ishlab
chiqarishi,
elektrodvigatelb bilan bevosita ulana olishligi, suyuqlikni bir tekisda uzatishi, yoqish
va boshqarish tizimining soddaligi.
Kamchiligi: kichik ishlab chiqarishdagi FIKining kichikligi, ishlab
chiqarishni oshirish bilan oqimning o’zgarishi.
8.1-rasm
Korpus (1) ni ichida val (3) ga maxkamlangan ishchi g’ildirak (2)
joylashtirilgan. Nasos korpusi naychalar (4) va (5) orqali so’ruvchi va oqimli
quvurlarga biriktirilgan.
Markazdan qochma nasoslar nafaqat bir pog’onali balki ko’p pog’onali ham
bo’lishi mumkin.
Markazdan qochma nasosning ishlab chiqarishining o’zgarishi bilan oqimi
va quvvati ham o’zgaradi.
MARKAZDAN QOCHMA NASOSNING XARAKTERISTIKASI
Nasosni yoqishdan oldin uzatilishi kerak bo’lgan suyuqlik bilan to’ldiriladi.
Kichik holatdagi o’zgarishlar bo’lganda aylanishlar soni K, nasosning uzatishi Q,
oqimi N va quvvati N quyidagi munosabatda bo’ladi:
Q i
=
^L.
H i
_
f
\
£
l
2
N
1
f
\
^ L
Q
2
n 2 ;
H
2
Do'stlaringiz bilan baham: |