Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha guruhlanishi
T/r
Boshqaruv hisobining vazifalarining mezonlar bo„yicha
guruhlanish mazmuni
1.
Xo‗jalik jarayonlari (ta'minot, ishlab chiqarish, sotish) kesimida.
2.
Korxona faoliyatini (ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarini boshqarish
va h.k.) boshqarish turlari bo‗yicha
3.
Xo‗jalik jarayonlarini joriy boshqarish (strategik rejalashtirish,
me'yorlashtirish,
xarajatlarni
hisobga
olish
va
mahsulotni
kal'kulyasiyalash) bosqichlari bo‗yicha
4.
Qarorlarning muddati va davriyligi (reja asosida, aniq vaqt tartibida)
bo‗yicha
5.
Korxonaning tashkiliy tuzilishi darajasida (korxona miqyosida,
mas'uliyat markazlari bo‗yicha)
6.
Mas'uliyat markazlari darajasi bo‗yicha (xarajat markazlari, daromad
markazlari, foyda markazlari va investisiya markazlari)
7.
Boshqariladigan ob'ektlar turlari (xarajat tashuvchilari, faoliyat turlari va
xarajatlarni hosil bo‗lish joylari) bo‗yicha
Ushbu metodlar tarkibi ixtisoslikka oid adabiyotlarda turlicha izohlanmoqda
(6-ilova). Olimlarning fikrlarini tadqiq etish natijasida tadqiqotda quyidagi ta'rif
boshqaruv hisobining metodi mazmunini to‗liq ochib beradi degan fikrga kelindi:
boshqaruv hisobida buxgalteriya hisobining metodlaridan tashqari statistika,
iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-matematik metodlar, kompleks iqtisodiy tahlilning eng
asosiy bo‗limlaridan biri bo‗lgan parametrik tahlil, firmalararo taqqoslash, sifatli
guruhlash, raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlarining uslublari ham
ishlatiladi.
18
Boshqaruv hisobining tashkiliy-uslubiy elementlaridan yana biri boshqaruv
hisobining funksiyalari hisoblanadi.
Tadqiqotlarni ko‗rsatishicha, iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining
funksiyalariga oid ko‗plab ta'riflar mavjud (7-ilova). Ushbu ta'riflar o‗rganilib,
quyidagi ta'rif boshqaruv hisobining funksiyalari mazmunini to‗liq ochib beradi
degan xulosaga kelindi: «Boshqaruv hisobi funksiyalari korxona strategiyasi va
istiqbolda rivojlanish yo‗nalishlarini aniqlash va mablag‗lardan foydalanishni
iqtisodiy samaradorligini oshirish; reja va byudjetlar tuzish; normativ xo‗jalikni
shakllantirish va normativlarga rioya qilinishini nazorat qilish; korxona, bo‗linma
va mahsulot turlari bo‗yicha xarajatlar hamda moliyaviy natijalarni aniqlash;
korxona va ichki bo‗linmalarni qo‗yilgan maqsadlariga erishishi borasidagi
faoliyat natijalarini tezkor nazorat qilish va baholash; korxona, bo‗limlar va
mahsulot turlari kesimida faoliyat natijalarini tahlil qilishdan iboratdir».
Olimlarning boshqaruv hisobi tamoyillari borasidagi tadqiqotlarni o‗rganish
bu sohada ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda (8-ilova).
Tadqiqotchi A.Zakirovaning ushbu masala bo‗yicha bildirgan fikrlari
bizningcha, sanoat korxonalari uchun ham taalluqlidir, ya'ni mazkur masalani
tadqiq etishda sanoati tarmog‗i ishlab chiqarishini o‗ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish lozim. Shunga ko‗ra sanoati korxonalarining boshqaruv hisobi
umumqabul qilingan tamoyillardan tashqari quyidagi tamoyillarga asoslanishi
lozim:
- maqsadlar va faoliyat natijalarini muvofiqlashtirish;
- turli boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‗yicha prognozlashtirish,
rejalashtirish, tashkil qilish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil etish va tartibga
solish kabi ishlarni bir vaqtda bajarish;
- korxona tashkiliy tuzilishining boshqaruv vazifalarini yechilishiga qarab
faoliyat ko‗rsatish sharoitini o‗zgarishiga mos holda barqarorligi;
- hal qilinishi lozim bo‗lgan boshqaruv vazifalariga qarab, faoliyat
sharoitlarini doimiy o‗zgarishiga qaramasdan, korxonaning tashkiliy tuzilishining
barqarorligi;
19
Ob'ek-
ti
Pred-
meti
Vazifa-
lari
Tamo-
yillari
Funk-
siyalari
Maqsad-
lari
Metod-
lari
Do'stlaringiz bilan baham: |