Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/110
Sana15.11.2022
Hajmi2,15 Mb.
#866542
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
 
 
3-chizma. Strategik boshqaruvning tarkibiy chizmasi 
Ichki va tashqi muhitni tahlil qilish
Missiya va maqsadlarni aniqlash
Strategiyani tanlash 
Strategiyaning bajarilishi
Boshqaruvni nazorat qilish va baholash


102 
Strategik boshqaruv hisobi joriy hisob metodlarini va ko‗proq iqtisodiy-
matematik modellar, prognozlashtirish hamda diskontlash metodlarini ishlatadi.
Strategik boshqaruv hisobining asosiy vazifasi korxona boshqaruv tizimini 
qo‗yilgan maqsadlarga erishishga yo‗naltirishdan iborat. Strategik boshqaruv 
hisobining asosiy funktsiyasi korxona faoliyatini haqqoniy tahlil qilishga, bundan 
tashqari strategik boshqaruv qarorlar qabul qilinayotganda barcha manfaatdor 
shaxslarning xohishlarini hisobga olinishi uchun sharoit yaratishdan iborat. 
Boshqacha aytganda, strategik boshqaruv hisobi korxona turli manfaatdor guruhlar 
nuqtai nazarida qanchalik samarali ishlayotganligini aniqlash imkonini berishi 
kerak.
Tadqiqotchi V.A. Zalevskiyni yozishicha, ―Strategik boshqaruv hisobi
korxonalardagi mavjud ma‘lumotlarni qayd etish, qayta ishlash, tahlil qilish, 
tayyorlash va uni rahbariyatga korxona va uning tarkibiy bo‗linmalarini komrleks 
va persrektiv rivojlantirish bo‗yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun 
taqdim etish jarayonidir‖ . 
An‘anaviy modellarda boshqaruv hisobini asosiy maqsadi va vazifalari 
mahsulot tannarxini kalьkulyatsiyalash va reja-nazorat funktsiyasini bajarishdan 
iborat. Shunga mos ravishda an‘anaviy modelda boshqaruv hisobining ob‘ekti 
moliyaviy ko‗rsatkichlar–daromad va xarajatlar hisob tizimi hisoblanadi. Hozirgi 
kunda tannarxni kalьkulyatsiyalash uchun nisbatan takomillashgan metod bo‗lib 
to‗liq tannarx hisobi yoki differentsiyalashgan hisob (direkt-kosting), reja-nazorat 
funktsiyasini bajarish uchun esa daromadlarni foyda va zararlar markazi–xarajatlar 
markazi bo‗yicha hisobga olish metodlari hisoblanadi. 
Shuni a‘lohida ta‘kidlash joizki, an‘anaviy modellarda boshqaruv hisobi 
tannarxni kalьkulyatsiyalash va reja-nazorat funktsiyasiga asoslangan holda 
buxgalteriya (moliya) hisobi ma‘lumotlariga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. 
Bunda tegishli moliyaviy ko‗rsatkichlar, ya‘ni daromad va xarajatlar (tushum va 
to‗lovlar) tegishli boshqaruv hisoboti uchun buxgalteriya (moliya) hisobi 
ma‘lumotlari asosida shakllantiriladi.


103 
Moliyaviy mas‘uliyat (hisob) markazlari–xarajat va daromadlar markazlari 
bo‗yicha, ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‗rsatiladigan xizmat va h.k.larni turlari 
bo‗yicha taqsimlanadi. An‘anaviy modelda to‗g‗ri xarajatlarni hisobga olish uchun 
mavjud buxgalteriya hisobining hisob siyosati vositasini ishlatish etarli bo‗ladi. 
Masalan, ularni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobining schetlar rejasini 
kengaytirilgan analitikasi, material zaxiralari va xarajatlar hisobi metodlari–LIFO, 
FIFO va boshqa metodlarni qo‗llash mumkin. 
Egri xarajatlarni taqsimlash, masalan, boshqaruv xodimlarining ish haqi 
hisobot davrining oxirida to‗g‗ri (ishlab chiqarish uchun material va h.k.) xarajatlar 
miqdori va ishlab chiqarilgan tovarlar (ko‗rsatilgan xizmat) va h.k. miqdoriga 
to‗g‗ri mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shunga mos ravishda mazkur modelda 
reja-nazorat funktsiyasi moliyaviy natijalarni buxgalteriya schetlari rejasi kesimida 
―erishilgan natijalarga‖ asoslanadigan metod va matematik, statistik 
modellashtirish metodlari orqali rejalashtirish hamda kelgusida mazkur reja 
ma‘lumotlarini haqiqiy ma‘lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshirilishi 
mumkin. 
Boshqaruv hisobining joriy qilish va yuritish bo‗yicha yuqorida bayon 
qilingan an‘anaviy yondashuvi quyidagi kamchiliklarga ega: 
− faqat so‗nggi iste‘molchiga yo‗naltirilishi bilan va hududiy hamda xalqaro 
darajada raqobat darajasini oshirish bilan tavsiflanadigan zamonaviy ijtimoiy-
iqtisodiy muhitni imkoniyat va talabiga javob bermaydi; 
− boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun kerak bo‗ladigan ma‘lumotlarni 
buzib ko‗rsatilishiga olib keladi, jumladan, bevosita tovar ishlab chiqarish vaqtida 
yuzaga keladigan xarajatlargagina ko‗proq e‘tibor beriladi; 
− asosan tegishli talablar asosida tartibga solinadi va moliyaviy 
(buxgalteriya, soliq) hisobni, ya‘ni xo‗jalik jarayonlarini qayd etish muddatlari, 
schetlar rejasi analitikasi va h.k. imkoniyatlari bilan chegaralanadi; 
− ko‗proq o‗z e‘tiborini ichki xo‗jalik hisobi va ishlab chiqarish jarayonlari 
hisobi hamda nazoratiga qaratadi va natijada korxonaning tashqi muhit omillari 
ta‘siri etarli darajada baholanmaydi. 


104 
An‘anaviy modellarning yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan kamchiliklarini bartaraf 
etish maqsadida boshqaruv hisobi evolyutsiyasini 3-4-bosqichlarida zamonaviy 
kontsertsiyalari raydo bo‗lgan va u hozirgi kunda keng rivojlanmoqda. 
Boshqaruv hisobining mazkur istiqbolli kontseptsiyalari-ning maqsadi 
nafaqat hisobot davrida yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi, balki 
korxonani istiqbolda bir me‘yorda rivojlanishi va boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish imkonini beruvchi ma‘lumotlarni shakllantirishdan iborat. 
Ta'kidlaganimizdek, 
boshqaruv hisobining 
zamonaviy 
konsersiyalari 
an'anaviy modellarning kamchiliklarini tuzatadi. Jumladan, an'anaviy shaklni 4-
chizmada ko‗rsatilgan ustama xarajatlarni taqsimlash muammolarini R. Kuperni 
1987 yilda e'lon qilgan nashridan so‗ng keng tarqalgan xarajatlarning funksional 
hisobi (ABS) konsepsiyasi hal etadi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish