3. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash
Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida daliliy ma’lumotlarni
to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish
uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-
ketligi. Dalillarni to’plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni
qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida
mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy
standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan etarli dalillarni to’plashi
lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va
oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy
amallar.
Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki
nazorat tizimida ko’zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi
(samarasizligi) to’g’risida dalillar to’plashiga imkon beradi.
Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks
ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va xatolarini
aniqlash uchun o’rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda auditor
tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko’lamini va uning
ob’ektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to’plamini shakllantirish
yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy
ko’rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan
xo’jalik muomalalarini aniqlash, shuningdek bunday xatolar va
chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko’zda tutadi.
To’plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo’lga qo’yilishini va
ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi yozuvlar,
bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks
ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va
bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to’plash
ketmaketligini quyidagicha:
1.
Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish
shartnomaning umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli
maqsadiga bog’liq. Shartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham,
jumladan
hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini,
rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.
2.
Tanlangan auditorlik amallari №3
-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS
ga muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim.
Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan
tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash
zarur.
Etarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo’lish uchun mohiyatan
o’tkaziladigan auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor
hisob va hisobotning ma’lum bo’limlarini tekshirishda qo’llaniladigan auditorlik
amallarini batafsil bayonini dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim
muomalalarni tekshirishda qo’llaniladigan amallar mazmuni aks ettirilgan,
oldindan ishlab chiqilgan taxminiy ro’yxatlardan foydalanish mumkin.
3.
Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya,
xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash,
og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda
keltirilgan.
Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni
qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar,
majburiyatlar, sub’ektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini
qanday ketma-ketlikda bajarishni.
Auditor tomonidan olingan dalillarning etarliligi va ishonarliligi turli amallar,
usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida
ta’minlanadi.
4.
Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit
dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot
ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar
ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga
nisbatan aniqlashtiradi. Tekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi
hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Tekshiruvni
boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib
olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur.
5.
Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni
bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan
tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki
kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko’rsatilgan
holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan
holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab chiqilgan ishchi
hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
6.
To’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish
va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.
Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi,
olingan faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi
(ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga
taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning
ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu
aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida
ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan
dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur.
Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi
bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |