Annotation.
The article discusses the problems in the process of professional
pedagogical and methodological training of students of higher educational institutions
in teaching higher mathematics and methods for their solution, as well as the
influence of students' connection with the natural sciences on the quality of
knowledge and issues of skills.
Key words
: psychological-pedagogical, technical-technological, professional
monograph of higher mathematics in the system of natural sciences, interview
questionnaire, proportion, mathematical apparatus, reaction equation.
Oliy matematika oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan kurs boʻlib,
oʻz ichiga oliy algebra va matematik tahlil kabi matematik sohalarni oladi. Oliy
matematika alohida fan sohasi emas, balki taʼlim sohasining bir predmetidir.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
47
Oliy matematika - texnika, iqtisod, qishloq xo‗jaligi va boshqa maxsus oʻquv
yurtlarida oʻqitiladigan matematika boʻlimlaridan iborat kurs. Oliy matematika
kursiga, asosan, analitik geometriya, oliy algebraning ayrim kiyim lari, differensial
hisob, integral hisob, differensial tenglamalar kiradi. XX asrning 70-yillarida Oliy
matematikaga matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli dasturlash va
boshqa sohalar ham qoʻshildi. Baʼzan, matematikaning oʻrta maktab dasturiga
kiritilmagan qismi Oliy matematika deb tushuniladi.
Chiziqli algebra-matematikaning chiziqli fazolar va ularning chizikli
akslantirishlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Chiziqli algebraning rivojlanishi XIX asrda
chiziqli tenglamalarning umumiy nazariyasi vujudga kelishi bilan boshlandi. Chiziqli
tenglamalarni oʻrganish jarayonida qoʻllana boshlagan aniqlovchi vektorlar,
matritsalar kabi tushunchalar matematikada oʻzaro qoʻshish va skalyarga koʻpaytirish
mumkin boʻlgan obyektlar alohida oʻrin tutishini anglashga, ularni boshqa konkret
xossalaridan ajralgan hodda oʻrganishga olib keldi. XIXasr oxirida ikkinchi tartibli
sirtlarning tenglamalarini kanonik koʻrinishga keltirish masalasi Chiziqli algebra
masalasidan iborat ekanligi aniqlangach, chiziqli algebra koʻp oʻlchovli fazo analitik
geometriyasi bilan qoʻshilib ketdi va chiziqli, kvadratik formalar, chiziqli
almashtirish va akslantirish, Yevklid fazosi, proyektiv fazo tushunchalari bilan
boyitildi.Differensial geometriya va mexanika ehtiyoji bilan Chiziqli algebrada
vektorlarni umumlashtiruvchi chiziqli formalarni umumlashtiruvchi chiziqli
formulalar tushunchalari kiritildi. Chiziqli algebraning algebrasi, yarim chiziqli
algebra kabi boʻlimlari vujudga keldi[1].
Matematik analiz - matematika sohalaridan biri. Matematik analiz
takomillashib va rivojlanib boruvchi apparatga ega boʻlib, bu apparat asosini
differensial va integral hisob tashkil qiladi. Matematik analiz oʻziga xos tadqiqot
obʼyektiga, oʻziga xos tadqiqot uslubiga, asosiy tushunchalarning maʼlum
majmuasiga ega. Matematik analiz matematikaning boʻlimi sifatida XVIII-asr oxirida
shakllandi. Matematik analizning tadqiqot predmeti funksiyalardan yoki oʻzgaruvchi
miqdorlar orasidagi bogʻlanishlardan iborat. Matematik analizning asoschilari I.
Nyuton va G. Leybnitslardir[2].
Analitik geometriya-geometriya bo‗limi; unda sodda geometrik nuqtalar,
to‗g‗ri chiziqlar, tekisliklar, ikkinchi tartibli egri chiziqlar va sirtlar koordinatalar
usuli asosida algebraik vositalar bilan o‗rganiladi. Koordinatalar usulining mohiyati
quyidagicha: a tekislikda o‗zaro perpendikulyar Ox va Oy to‗g‗ri chiziqlarni
chizamiz, ularda musbat yo‗nalishlarni, koordinata boshi O nuqtani va masshtab
birligi ye ni tanlab olamiz. Bu holda tekislikda to‗g‗ri burchakli Dekart koordinatalar
tizimi Ox berilgan deyiladi; Ox abssissalar o‗qi, Oy esa ordinatalar o‗qi deyiladi.
Tekislikdagi ixtiyoriy M nuqtaning holati OMx va OMy kesmalarning uzunliklari x
va y bilan bir qiymatli aniqlanadi. Abssissasi x va ordinatasi y bo‗lgan M nuqta
Do'stlaringiz bilan baham: |