TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
38
O‗quvchining taxminiy mulohasi: ―Nomaʼlumni topish uchun, avval men 10
dan 4 ni olishim va chiqqan ayirmaga 5 ni qo‗shishim kerak. Masalani markalar
haqida tuzaman. Аgar 10 dan 4 ni olish kerak bo‗lish, u holda menda 10 ta marka bor
va men 4 ta markani ukamga berdim keyin onam menga 5 ta marka berdi‖.
Boshqa bir masala tuzamiz. Quyidagi sonli formula bo‗yicha masala tuzing:
x=10 - (4+5).
O‗quvchi formulani ko‗zdan kechirib, mana bunday xulosa chiqaradi.
―Oldin 4 ga 5 ni qo‗shishim kerak. 9 chiqadi. Keyin 10 dan 9 ni olish kerak.
Masalani daftarlar haqida tuzaman. Valining 4 ta, Po‗latning 5 ta daftarlari bor.
Ularda hammasi bo‗lib 9 ta daftar bor. Yana 10 dan 9 ni olish kerak. Stolda 10 daftar
bor edi‖. Shunday qilib, masala tuziladi: ―Stolda 10 ta daftar bor edi. 4 ta daftarni
Vali, 5 tasini Po‗lat oldi. Stolda nechta daftar qoldi?‖
Bu formula bo‗yicha tuzish mumkin bo‗lgan yana bir nechta masalalar
keltiramiz.
―Ko‗chada 10 ta mashina turibdi. Ulardan 4 ta bir tomonga, 5 tasi ikkinchi
tomonga qarab jo‗nab ketdi. Ko‗chada nechta mashina qoldi?‖
―Qodir 10 ta misol yechishi kerak edi. Oldin u 4 ta misol, keyin esa yana 5 ta
misol yechdi. Qodir yana qancha misol yechishi kerak?‖
―Sobir 10 ta bayroqcha yasadi. U 4 ta bayroqchani ko‗k rangga, 5 tasini esa
qizil rangga bo‗yadi. U yana nechta bayroqcha bo‗yashi kerak?‖
3) a - (b+s) (sondan yig‗indiniayirish)
Аmaliy mashg‗ulotlar vaqtida o‗quvchiga 10 ta (3 ta oq va 7 ta qizil) doirani
parta ustiga yoyib qo‗yish, keyin 2 ta, yana 3 ta doirani parta ostiga olib qo‗yish
buyuriladi. O‗quvchilardan bu ishni mustaqil bajarishni talab qilish va keyin qanday
bajarganini so‗rab ko‗rish lozim. O‗quvchilar doirachalarni turli miqdorda olib
qo‗yadilar. Baʼzilar istagancha 5 ta doirani surib qo‗yadilar, boshqalari oldin oqlarni
(3 ta) keyin 2 ta qizil doirani olib qo‗yadi. Uchinchilar esa yana boshqacha olib
qo‗yishadi. O‗qituvchi har xil yechimlarni ko‗radi va keyin o‗quvchilar bilan birga
sondan yig‗indini qanday ayirish haqida xulosa chiqaradi. Bitta – ikkita masala bilan
chegaralanib bo‗lmaydi, chunki bu o‗quvchilar bilimida formalizmga olib keladi. Har
bir bola sondan yig‗indini ayirishning har xil variantlari borligini tushunib yetmog‗i
zarur. Faqat shundagina masala yechishga kirishish mumkin[3].
Quyidagi masala uch usul bilan yechiladi. (Pomidorlar salatga va sho‗rvaga
bir vaqtda olindi; yoki oldin salatga, keyin qolganidan sho‗rvaga olindi; yoki oldin
sho‗rvaga, keyin qolganidan salatga olinadi) 8 sonini 2, 3, 4 yoki 1 soni bilan
almashtirib bo‗ladimi? Nega bo‗lmaydi? Xulosa: pomidorlar 2 yoki 3 dan ko‗p yoki
shu sonlar yig‗indisiga teng bo‗lishi kerak. Аks holda ham sho‗rva, ham salatga
pomidorlar bir vaqtda olib bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |