244
6-BOB. KONTAKT TARMOG
‘
I
6.1. Anker
(kontakt tarmog‘i)
- Анкер
(контактной сети)
–
Anchor
(contact network)
- yerda joylashtirilgan (qotirilgan) konstruksiya
bo‘lib, u anker tayanchi yuklamasining bir qismini o‘ziga qabul qiladi.
6.2. Anker uchastkalarni o‘zaro tutashtirish (A.u.t.) – Сопряжение
анкерных участков -
Coupling of anchor sections -elektrovoz tok qabul
qilgichini kontakt osmasining bir anker uchastkasidan unga yondosh bo‘lgan
ikkinchi anker uchastkasiga to‘siqsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida ularni
o‘zaro tutashtirilishi bo‘lib, u
izolyatsiyalamaydigan
(seksiyalanmagan
kontakt tarmog‘ida) va
izolatsiyalaydigan
(seksiyalangan kontakt tarmog‘ida)
turlarga bo‘linadi (6.1-rasm).
6.1-rasm. Anker uchastkalarni o‘zaro tutashtirish sxemalari:
a
–
izolyatsiyalamaydigan;
b
– izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmasiz;
c
-
elektr tortish
uchun izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmali;
𝑙
0
– oddiy tayanchlararo oraliq uzunligi; 1
– t.y. o‘qi; 2 – anket tayanchlari; 3 – bo‘ylama elektr ulagichlar; 4 – o‘tish tayanchlari; 5
– izolyatorlar; 6 – neytral qo‘yilma; 7 – normal uzilgan,
dastak yuritmali seksion
ajratgichlar; 8 – “Tokni uzish kerak” signal belgisi; 9 - “Tokni ulash kerak” signal
belgisi.
Izolyatsiyalamaydigan tutashma -
kontakt tarmog‘ining bitta seksiyasiga
tegishli bo‘lgan yondosh anker uchastkalarni ularni bir-biridan elektr jihatdan
ulanishini ko‘zda tutadigan tutashtirish bo‘lib, u kontakt osmasi simlariga
kompensatorlar ulash talab etiladigan barcha holatlarda amalga oshiriladi
245
(
Simlar tarangligini kompensatsiyalash
ga qarang!). Bunda anker
uchastkalarning mexanik jihatdan o‘zaro bog‘liqsizligi ta’minlanadi. Bunday
A.u.t. uchta, ayrim hollarda ikkita tayanchlararo oraliqlarda montaj qilinadi.
Ikkita oraliqli (oddiy) A.u.t. da turli anker uchastkalar simlarining o‘zaro
keshishgan joyi “qattiq” nuqtani hosil qiladi, bu esa kontakt tarmog‘idan tok
olish jarayonini yomonlashishiga olib keladi. A.u.t. ning uch oraliqli
ko‘rinishi eng keng tarqalgan bo‘lsa-da (u elastikli deb ham ataladi)
(6.1-rasm,
a
), Germaniyaning yuqori tezlikli t.y. liniyalarida besh oraliqli
tutashmalar ham qo‘llaniladi. Elektr harakat tarkibi(EHT) A.u.t. bo‘ylab
harakatlanganda tok qabul qilgich polozi avval bitta anker uchastka kontakt
simi bo‘ylab
sirpanadi, keyin o‘tish tayanchlari oralig‘ida ikkala anker
uchastkalari kontakt simlariga tekkan holatda sirpanadi, so‘ngra esa faqat
keyingi anker uchastka kontakt simi bo‘ylab sirpanadi. Bunday A.u.t. larda
kesimining yuzasi kontakt tarmog‘i simlarining umumiy yuzasiga ekvivalent
bo‘lgan bo‘ylama elektr ulagichlar qo‘llaniladi.
Izolatsiyalaydigan tutashma
– kontakt tarmog‘ining turli seksiyalariga
tegishli bo‘lgan yondosh anker uchastkalarni ularni bir-biridan elektr jihatdan
ajratish maqsadida tutashtirish bo‘lib, u kontakt tarmog‘ini seksiyalash
zarurati bo‘lganda, ya’ni tutashtirilayotgan uchastkalarning nafaqat mexanik
jihatdan, balki elektr jihatdan ham o‘zaro bog‘liqsizligi talab etilganda
amalga oshiriladi. Bunday tutashtirishlar neytral qo‘yilmalar bilan birga (ular
normal holatda kuchlanish ostida bo‘lmaydi) va neytral qo‘yilmalarsiz
amalga oshiriladi. So‘nggi holatda, odatda, uch (ayrim holatlarda to‘rt)
oraliqli tutashmalar qo‘llaniladi, bunda tutashtirilayotgan uchastkalar kontakt
simlari o‘rtadagi oraliqda bir-biridan 550
mm masofada joylashtiriladi
(6.1-rasm,
b
). Natijada havo oralig‘i hosil qilinadi, ushbu oraliq o‘tish
tayanchlaridagi kontakt osmalariga ulangan izolyatorlar bilan birgalikda
anker uchastkalarning elektr jihatdan o‘zaro bog‘liqsizligini ta’minlaydi.
Tok qabul qilgich polozini bir anker uchastka kontakt simidan keyingi anker
uchastka kontakt simiga o‘tish jarayoni xuddi izolyatsiyalamaydigan
tutashmalardagidek bo‘ladi. Ammo tok qabul qilgich polozi o‘rtadagi
oraliqda bo‘lganda anker uchastkalarning elektr jihatdan o‘zaro bog‘liqsizligi
buziladi.
Bunday
buzilishlar
mumkin
bo‘lmagan
holatlarda
(tutashtirilayotgan uchastkalar energetik tizimning turli fazalaridan
ta’minlanayotganda
yoki ular turli, masalan 25 kV li va 2x25 kV li tortish
246
elektr ta’minoti tizimlariga tegishli bo‘lganda) neytral qo‘yilmalar
qo‘llaniladi.
Izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmali A.u.t.
da (6.1-rasm,
c
) tok qabul
qilgich polozi bir anker uchastka kontakt simidan keyingi anker uchastka
kontakt simiga o‘tishdan avval neytral qo‘yilma kontakt simiga, so‘ngra esa
keyingi anker uchastka kontakt simiga o‘tadi. Neytral qo‘yilma uzunligi
shunday tanlanadiki, bitta poyezd bir nechta tok qabul qilgichi ko‘tarilganda
ham bir vaqtning o‘zida ikkala havo oralig‘i yopilmasin,
aks holda turli
fazalardan yoki turli, masalan 25 kV li va 2x25 kV li tortish elektr ta’minoti
tizimlaridan ta’minlanayotgan simlar o‘zaro ulanib qoladi. Izolatsiyalaydigan
va neytral qo‘yilmali A.u.t. elektrovoz tortishda 5 – 6, motorvagon tortishda
esa 7 – 8 tayanchlararo oraliq uzunligida joylashadi.
Izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmali A.u.t. da kontakt simi kuyishini
oldini olish maqsadida EHT neytral qo‘yilma ostidan tok iste’molisiz o‘tadi,
buning uchun neytral qo‘yilma boshlanishigacha 50 m qolgan joyda “Tokni
uzish kerak” signal belgisi, elektrovoz tortishda undan 50 m dan, motorvagon
tortishda esa 200 m dan keyin “Tokni ulash kerak” signal belgisi qo‘yiladi.
Neytral qo‘yilma ostida majburiy to‘xtab qolgan EHT ni harakatga keltirish
uchun poyezd harakatlanayotgan yo‘nalishda qo‘yilmadan keyingi tomondan
ushbu maqsad uchun mo‘ljallangan seksion ajratgich ulab vaqtincha
kuchlanish beriladi.
Ayrim paytlarda izolatsiyalaydigan A.u.t.siz neytral qo‘yilmalar
ishlatiladi. Bunda kontakt osmasida o‘zaro ketma-ket ikkita seksion izolyator
ulanadi (Bolgariya) yoki kontakt simiga kesma ko‘rinishida polimer
elementlar ulanadi va ulardan tok qabul qilgich polozi sirpanib
o‘tadi(Yaponiya).
Do'stlaringiz bilan baham: