208
nimstansiya va kontakt tarmog‘ining seksiyalash postida joylashgan hamda
kontakt tarmog‘i ta’minlovchi liniyalarining ikkita uzgichlari boshqaruv
sxemasini o‘zaro bog‘lovchi, kontakt tarmog‘ini
qisqa tutashish toklaridan
himoyalovchi qurilma bo‘lib, u o‘zaro bog‘langan ikkita uzgich bittasini
uning ikkinchisining avtomatik yoki himoya vositasi ishga tushmay
qolganda uzilishida uzishga mo‘ljallangan.
Voltmetrli blokirovkadagi kabi T.da ham himoyaning sezuvchi elementi
sifatida minimal kuchlanish relesidan foydalaniladi. Bu relelar tortuvchi
nimstansiya va seksiyalash postlari yaqinida o‘rnatiladi. T.
da aloqa kanali
sifatida telemexanika tizimining ikkita simli teleboshqarish liniyasi
qo‘llaniladi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok temir yo‘l uchastkalari uchun
umumiy bo‘lgan T. apparaturalari komplekti ishlab chiqilgan. Tortuvchi
nimstansiyalar va seksiyalash postlari fiderlari uzgichlari
bilan aloqa uchun
3150, 3870, va 4590 Hz chastotalar ajratilgan. Tortuvchi nimstansiyalar va
seksiyalash postlarida uzatuvchi-qabul qiluvchi apparatura komplektlari
o‘rnatiladi. Q.t. paytida u yoki bu uzgichni, juft yoki toq yo‘lni tanlash uchun
asosiy chastota qo‘shimcha
∆𝑓 = ±180 𝐻𝑧
chastota bilan to‘ldiriladi.
Seksiyalash postlariga ega bo‘lgan ikkita yo‘lli ikkita nimstansiyalararo
zonada teleblokirovka chastotalarining taqsimlanishi 5.32-rasmda keltirilgan.
5.32-rasm. Seksiyalash postlariga ega bo‘lgan ikkita yo‘lli temir yo‘l
uchastkasining
ikkita
nimstansiyalararo
zonasida
teleblokirovka
chastotalarining taqsimlanishi.
Tashqi signallar ta’siriga chidamliligini kuchaytirish va zonalarni
ajratish aniqligini oshirish maqsadida T.
aloqa liniyasiga simpleksli
kuchaytirgich-filtr ulanadi. Bu kuchaytirgich-filtr faqat teleboshqarishda
foydalaniladigan chastota signallarini o‘tkazadi va kuchaytiradi.
209
T. qurilmasi funksional sxemasi 5.33-rasmda keltirilgan. Bu qurilma
nimstansiya fiderida tokli himoya “o‘lik” zonaga ega bo‘lgan holatlarda
qo‘llaniladi. U zaxiradagi himoya qurilmasi vazifasini ham bajarishi mumkin.
Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparatura komplekti
qabul qiluvchi qurilma
(QQQ) va uzatuvchi qurilma (UQ) dan tashkil topgan bo‘lib, tortuvchi
nimstansiyaning ikkala ta’minlovchi elka fiderlarida va seksiyalash posti
ikkala fiderlarida o‘rnatiladi.
5.33-rasm. Fider uzgichlari teleblokirovka qurilmasining funksional sxemasi.
A
nimstansiya yaqinida ikkita yo‘lning birontasida q.t. yuz berganda
unga tegishli bo‘lgan fiderdagi uzgich va minimal
kuchlanish relesi ketma-
ket ishga tushadi. Bunda T. Komplektidagi UQ ishga tushadi va aloqa
liniyasi orqali seksiyalash postiga impuls uzatiladi (5.33-rasmga qarang!). Bu
impulsni SP dagi QQQ qabul qiladi va natijada tegishli fider uzgichi
ajratiladi. T. Ning ishlash vaqti 0,06-0,07 s ni tashkil qiladi. Agar SP ish
jarayonidan
chiqarilsa, u holda retranslyastiya qurilmasi R qaysi yo‘lda q.t.
yuz berishiga qarab impulsli T. Chastotasini
𝑓
1
+ ∆𝑓
dan
𝑓
2
+ ∆𝑓
yoki
𝑓
1
− ∆𝑓
dan
𝑓
2
− ∆𝑓
ga o‘zgartiradi va
B
nimstansiyaning tegishli fideriga uzatadi.
Natijada undagi uzgich ishga tushadi. Tortuvchi nimstansiyalar va
seksiyalash postlarida masofaviy himoya o‘rnatilgan o‘zgaruvchan tok temir
yo‘l uchastkalarida T. Impulsi u ishga tushgandan so‘ng bevosita tegishli
fiderga uzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: