Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet245/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
232 
Biroq shunga qaramasdan, tilshunosligimiz taraqqiyotining qariyb hozirgi davrigacha 
mazkur hodisa qonuniyatlariga izchil amal qilinmadi. Buni, ayniqsa, 
qo‘shma gap 
tushunchasi 
misolida bevosita kuzatish mumkin.
 
Ma’lumki, an’anaviy
 
tilshunoslikda 
qo‘shma gap
nomi bilan 
ataluvchi sintaktik qurilmalarni o‘rganish jarayonida ularning tarkibiy qismlarini o‘zaro 
bog‘lovchi vositalarni yordamchi unsurlar deb atalib kelinadi. Bizningcha, bunday vositalarni 
yordamchi unsurlar deb atash maqsadga muvofiq emas. Qo‘shma gap shakllanishining semantik 
jihatlarini nazarda tutganimizda ham, uning struktur-sintaktik nuqtai nazardan voqelanishini 
e’tiborga olganimizda ham bog‘lovchi vositalarni yordamchi omil sifatida talqin etish mutlaqo 
noo‘rindir. Agar qo‘shma gapni ko‘p qavatli bino bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, bog‘lovchi vositalar 
uning bo‘sag‘asidan boshlab eng yuqori qavatigacha bo‘lgan hududda hokim mavqega ega 
ekanligini ko‘ramiz. Zotan, ularning ishtirokisiz qo‘shma gap tarkibiy qismlarining sintaktik 
faollashuvi ham, o‘zaro bog‘lanishi ham, polipredikativlik va ustpredikativlik xarakteri ham 
shakllanmaydi. 
Teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar sintaktik derivatsiyasi ustida tadqiqot olib 
borgan B. Turniyozov bu haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Teng komponentli murakkab sintaktik 
qurilmalar (MSQ)lar an’anaviy tilshunoslikda bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarzida 
o‘rganilishida terminologik nomutanosiblik mavjud. Bunda til birliklarining ierarxik munosabati 
qonuniyatiga amal qilinmaganini ko‘ramiz. Chunki gap ikkinchi bir gap ichida emas, balki o‘zidan 
katta birlik – matn sathida faollashadi». 
Darhaqiqat, «qo‘shma gap» terminini matn tushunchasi o‘rnida qo‘llash tizimli munosabat 
qonuniyatiga ziddir. Bu haqida o‘z vaqtida rus tilshunosligida ham ba’zi mulohazalar bildirilgan 
edi. Fikr dalilini M.N.Peterson, A.M.Peshkovskiyning tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. M.N. 
Peterson «Ocherk sintaksisa russkogo yazыka» asarida qo‘shma gap tarkibiy qismlarining tobe 
yoki ergash bog‘lanishi xususidagi fikrlarning g‘oyat chalkash va ilmiy asosga ega emasligi, 
ergash va teng bog‘lanish tushunchalarida lingvistik ma’no yo‘qligini eslatib o‘tgan edi. A.M. 
Peshkovskiy esa bir necha gap bir gap tarzida (qo‘shma gap) nomlanayotgani turli 
anglashilmovchiliklarga sabab bo‘layotganini ta’kidlaydi. 
Keyingi avlod rus tilshunoslari orasida ham «qo‘shma gap» tushunchasining chalkash 
tomonlari haqida fikr bildirilganini kuzatamiz. Masalan, M.V. Lyapon bu xususda quyidagilarni 
yozadi: «Agar qo‘shma gap (murakkab jumla) ikki yoki undan ortiq (kommunikativ salmoqli) 
tugal fikr anglatayotgan xabarlar birikuvini taqozo etar ekan, uning sathida matn ifodasining jiddiy 
belgilari kuzatiladi». Bunday mulohaza Ye.P.Marchenko tomonidan ham ta’kidlanadi. 
I. F.Vardulning fikriga ko‘ra, faqat tobe bog‘lanishli sintaktik strukturalarni qo‘shma gap 
deb atash mumkin. Teng bog‘lanishli (bog‘langan va bog‘lovchisiz) qo‘shma gap mavjud emas. 
Bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deb nomlanib kelinayotgan sintaktik qurilmalar 
umuman lingvistik maqomga ega emas. Shunday bo‘lgach, ergash gapli qo‘shma gap degan 
tushunchaga ham hojat qolmaydi. Boshqacha aytganda, birgina «qo‘shma gap» terminining o‘zi 
yetarlidir. 
I. F.Vardul bunday xulosaga kelishining asosiy sabablaridan biri odatdagi ergash gapli 
qo‘shma gaplarda bosh va ergash gaplar bir-biriga mutlaqo bog‘lanib keladi, ularning birortasini 
ham alohida qo‘llash mumkin emas, degan tushunchaga asoslanishidadir. Vardul hatto bosh gapni 
gap emas, balki murakkab qurilmaning bir parchasi deb biladi. Nazarimizda bu o‘rinda Vardulning 
fikriga qo‘shilish qiyin. Masalan, o‘zbek tilida ergash gapli qo‘shma gap deb atalib kelinayotgan 
sintaktik strukturalarning barcha turlarida bosh gapni nisbiy mustaqil deb bilish mumkin: 
-
Uni xirurgiya bo‘limiga joylab endi tinchiganda, yana ikki kishini keltirib qolishdi 
(O‘.Hoshimov. Nur borki, soya bor). 
-
Aql va vijdonim qaysi yo‘lga boshlasa, o‘sha yo‘lga yuraman (Oybek. Nur qidirib). 
-
Yuragim dukkilashidan to‘xtamasa ham, o‘zimni yengil sezardim (O‘. 
Usmonov. Nomus). 
-
Qizlarki, ko‘rib og‘zing ochilib qoladi (D.Nuriy. Osmon ustuni). 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish