II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
222
Jismoniy tarbiyaning bunday xilma-xil shaklda olib borish organizmning bir me’yorda
ishlashi uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarga kiradi. Harakat faoliyatining davomiyligi hafta 8-12
soat bo‘lishi kerak.
Ommaviy sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport ishlari oliy o‘quv yurtlarida o‘qish
davrida, o‘qishdan tashqari vaqtlarda, bayram va dam olish kunlarida, amaliy ish davri,
yotoqxonada ta’til kunlari, talabalar yozdagi ish faoliyatida ham muntazam olib boriladi. Ular:
gigiyenik, mumiy tayyorgarlik, sport va davolash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilishi
mumkin.
Ommaviy sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport ishlari talabalar sport klublari
tomonidan umumiy jismoniy tarbiya xodimlari, jismoniy tarbiya kafedr o‘qituvchilari, yoshlar
ko‘mitasi, kasaba uyushmalari tashkilotlarining faol qatnashishlariga tayangan holda olib boriladi.
Bu ishlari amalga oshirishda fakultet sport kengashi asosiy rol o‘ynaydi. Kengash bu ishlarni
rejalashtiribgina qolmay, balki oliy o‘quv yurtida talabalarni shu ishga tayyorlaydi, tashkilotchilik
ishlarini olib boradi, jamoa a’zolarini yig‘ib, turli musobaqalarga tayyorlaydi va musobaqalar
uyushtiradi. Bundan tashqari ma’ruzalar, suhbatlar, kechalar, ko‘rgazmalar, devoriy gazetalar,
rekordchilarning ro‘yxati guruh, kurs fakultet, oliy o‘quv yurti va boshqalarning yutuqlarini e’lon
qilib borish ishlarini bajaradi.
Sport kengashining moliyaviy ishlarini, asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlashni
fakultet kasaba uyushmasi ko‘mitasi, sport klubi va dekanat zammasiga oladi.
Jismoniy harakat faolligi.
Talabalar sog‘lom turmush tarzining tarkibiy
qismini harakat
faoliyati tashkil qiladi. O‘quv yili davomida talabalarda dars vaqtidagi dinamik harakat faoliyati
statik harakat faoliyatiga nisbatan 1:3, o‘qishdan keyingisi 1:8 bo‘ladi. Bu esa harakat faoliyatining
cheklanligini ko‘rsatadi. Gigiyena qoidasiga ko‘ra har bir kishi harakat faoliyati bilan bir kunda
kamida 1,3-1,8 soat shug‘ullanishi kerak.
Jismoniy mashqlar davomida organizmda uning funksional quvvatini, tarmoqlar va ularning
o‘zaro aloqalarini ma’lum darajada kengaytirishini, boshqarish mexanizmlarining
takomilashishini, kompensator-moslashuv o‘zgaruvchanlik chegarasining yuqori ko‘tarilishining
taminlaydigan marfalogik va funksional jarayon yuz beradi. Natijada organizmning oddiy va o‘ta
chidamliligi uning tashqi muhitdan hilma-xil zararli omillar ta’siriga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati
ortadi. Mashqlarga chidamlilik ham oshib boradi. Bajariladigan jismoniy mashqlar tarmog‘i ta’sir
ostida kishi organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar mushak harakatlarning o‘ziga hosiligiga
mashqlarning me’yori va uslubiga sog‘liq yosh jins holatiga tayyorgarlik natijasiga bog‘liq
bo‘ladi. Ma’lum darajadagi o‘zgarish bilan kishi organizmning qarshiligi kuchayadi.
Qondagi gemoglabin tarkibi va etrotsidlar tarkibi sonining ko‘payishi qonda kislorod
xajmining oshishiga imkon beradi. Limfotsitlar soni o‘rtacha ko‘tariladi, ishqorlik ortadi.
Mushaklarda, bosh miyada, yurak mushaklarda energetik moddalar ko‘payadi. To‘qmalarni
kislorod bilan taminlaydigan ferment tarmoqlari faolligini oshiradi. Nafas olish apparatining
ma’lum miqdorda funksional quvvati ortib qondagi kislorod xajmining ko‘payishi jismoniy
harakat vaqtida kislorod yutilishining o‘sishini ta’minlab ishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘tarish
imkoniyatini beradi. Uglevod zaxiralari ko‘payadi, yog‘ miqdori kamayadi. Energiyaning sarf
bo‘lishi past bo‘ladi. Lekin talabga javob berish uchun yana birdan o‘sish mumkin.
Mashg‘ulotlar jarayonida xilma-xil qo‘zg‘atuvchilarning katta miqdori vujudga kelib sharoit
yaratgan analizatorlar funksiyasi takomillashadi.
Harakat faolligining tarkibiy qismi bu talabalarda sog‘lom turmush tarzini tashkil qilishdir.
Organizmdagi
o‘zgarish
ifodasiga
asosan
analizator
faoliyatiga
sodir
bo‘ladi,
proprioresepsiyalarni mushaklarida takomillashuvi mushaklarda bir me’yorda hosil bo‘lgan
sezuvchanlikning kuchayishi harakat bajarilishining aniqligi va ravonligi ortadi.
Suyak to‘qimasining gipertrofiyasi-paysimon suyak diafizasining ko‘ndalang o‘sishi qobiq
qatlamining yo‘g‘onlashuvida yuz beradi. Suyak apparatining gipertrofiyasi katta jismoniy
mashqlar barajarilishi uchun juda muxim bo‘lib, suyak mexanik mustaxkamligining usishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |