Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: «O`zbekiston», 2015 yil.
Islom Karimov. «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. Sharq,
1997.
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O`zbekiston»,
2000 yil.
DIKTANT TAHLILI YOKI XATOLAR USTIDA ISHLASH
Nuriddinova Mehriniso Fathiddinovna,
Bafoyeva Nigora Azimovna
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi, Ona tili va adabiyot fani
o'qituvchilari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili darslarida diktant tahlilini o‘tkazish, imloviy xatolar
ustida ishlash vosita va usullari, shuningdek, o‘quvchilarning yozma savodxonlik darajalarini
o‘stirish yo‘llar ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar:
diktant, “harf kassalari”, imlo, xatosiz yozish usullari
Diktantda xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchi ustozining tuzatishlariga, albatta, e‘tibor bilan
qaraydi. Biroq bu “ko‘zdan kechirish” keying gal o‘quvchining shu so‘zni xatosiz yozishiga asos
bo‘la olmaydi. Xo‘sh, shunday ekan, “Xatolar ustida ishlash” soatlari qanday tashkil qilinsa, bola
shu xatoni keying gal takrorlamasligiga va imlo savodxonligining yaxshilanishiga erishish
mumkin? O‘quvchilarimdagi savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator usullardan foydalanib
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
220
kelmoqdaman. Bu usullardan muntazam foydalanib kelish albatta o‘z samarasini ko‘rsatmay
qolamaydi. Fikrimni boshlang‘ich hamda yuqori sinflar misolida isbotlashga harakat qilaman.
Odatda “harf kassalari” dan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 1-sinfda ko‘proq foydalanishadi.
Bolaning savodi chiqqach, ko‘pchilik “harf kassasi”ga ehtiyoj sezmay qo‘yadi. Lekin bu usulni 4-
sinfgacha, hatto 5-6-sinf davrigacha qo‘llashni tavsiya etgan bo‘lardim. Ona tili darslarida 5-7
daqiqa ichida “ Keling, xatosiz yozaylik!”, “Kim ko‘p so‘z yasay oladi?” kabi mashqlarni
bajartirish asnosida ham o‘quvchining boyligi ortadi, ham yozma savodxonlik darajasi o‘sadi.
O‘quvchilar so‘zlarni yozayotganida o‘qituvchi partalar oralab yuradi va har bir o‘quvchining ish
jarayonini, qanday xatoga yo‘l qo‘yayotganini kuzatadi. Agar bo‘g‘inlar dizayniga ham alohida
e‘tibor qaratsak, bu o‘quvchilarda o‘zgacha kayfiyat uyg‘ota oladi. Bu usul so‘zning yozilish
tartibini xotirada yaxshi saqlab qolishga yordam beradi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida sinfdagi
barcha o‘quvchilar bilan ishlashga sharoit yaratadi.
Diktantda yo‘l qo‘yilgan xato o‘quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb
qaralgan biror mavzuni yaxshi o‘zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi. Qolaversa,
o‘quvchi yo‘l qo‘yayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari
haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni alamashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta,
diktantda ham o‘sha so‘zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo‘lib, kimdandir yoki nimadandir
muntazam qo‘rqib yurgan o‘quvchi ham so‘zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi yoki kuchli
hayajon ta‘sirida bo‘lsa, yonma-yon turgan tovushlar o‘rnini almashtirib yozadi. Xullas, imlo
masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo‘lib kelgan. Shu bois, u ta‘limda hal etilishi shart bo‘lgan
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ma‘lumki, diktant bir necha turlarga bo‘linadi.
O‘quvchilardagi yozma nutq savodxonligini oshirish maqsadida “Rasm asosida matn tuzish”
usulidan ona tili darslarida keng foydalanishni tavsiya etgan bo‘lardim. Bu usulni turli ko‘rinish
va shakllarda amalga oshirish mumkin. “Rasmlar tilga kirsin” usuli ham yozma savodxonlikni
o‘stirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu usulni nazorat ishi tahlili uchun ajratilgan soatlarda
foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi monitorda yozilishi va aytilishi murakkab
bo‘lgan narsa-buyumlarning rasmini ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa ularning nomini daftariga to‘g‘ri
yozishga harakat qilishadi. Rasmlarning barchasi ko‘rsatib va yozib bo‘lingach, so‘zlarning to‘g‘ri
yozilgan shakli monitorda navbat bilan namoyish etiladi. O‘quvchilar esa unga qarab o‘z xatolarini
to‘g‘irlashadi. Mazkur usulni barcha so‘z turkumlariga moslashtirgan holda o‘tkazish mumkin.
Xatolar ustida ishlash borasida imlo lug‘atlardan foydalanish, analitik va sintaktik mashqlarni
qaytadan tashkil etish maqsadga muvofiq. “Sherigingni top” ta‘limiy o‘yinidan foydalanish
o‘quvchining ham og‘zaki, ham yozma nutqini o‘stiradi. Bu o‘yinni tashkil etish uchun
o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Guruhlardan 3-4 nafar ishtirokchi o‘rtaga chiqadi.
O‘quvchilarga bo‘g‘inlar yozilgan tarqatmalar beriladi. O‘quvchilar shu bo‘g‘inlardan
so‘zlar tuzishadi. Qaysi guruh a‘zolari birinchi bo‘lib so‘z tuzsa, so‘zlarni doskaga husnixat bilan
yozish huquqini qo‘lga kiritadi. Tuzilgan so‘zlarning ma‘nolari izohlanadi. So‘zlardan 2 yoki 3 ta
gap hosil bo‘ladi. O‘quvchilar gap ichidagi so‘zlar sherigini topib ko‘rsatadilar.
Xatolar ustida ishlash borasida aytilgan yuqoridagi barcha usul va tajribalar zamirida faqat
bir asosiy masala yotadi, ya‘ni ularni muntazam va izchil qo‘llash. Onda-sonda yoki mavzu to‘g‘ri
kelganidagina ularga murojaat qilish kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, o‘quvchilarimizning
imlo savodxonligini oshirishni istar ekanmiz, umrboqiy haqiqat – ularni badiiy kitob o‘qishga
undashdan charchamasligimiz va yuqoridagi kabi rang-barang va zamonaviy pedagogik usullarni
tegishli darslarda muntazam izchillik asosida olib borishimiz kerak. Shundagina har birimiz uning
samarasini o‘quvchilarning ravon nutqi va xatosiz yozuvlarida ko‘rish baxtiga erisha olamiz deb
o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
M.Ochilov “Metodika” Toshkent “O‘qituvchi”nashriyoti 1991
N.Mahmudov “Ona tili o‘qitish metodikasi” – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti 2010
Do'stlaringiz bilan baham: |