II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
205
majbur etadi. O‘qitish metodlarini takomillashtira borib, metodik xayolparaslikdan, sun’iy va
yetarlicha tekshirilmagan metodlarini targ‘ib qilishdan qochish juda muhimdir.
O‘qitish metodlarining metodologik asoslari to‘xtovsiz rivojlanib kelmoqda. Bunga
A.N.Aleksyuk, V.I.Zagvyazinskiy, I.D.Zverev, M.I.Maxmutov, S.G.Shapovalenko, M.M.Levina,
V.F.Palamarchuk, V.I.Palamarchuk va boshqalarninsh ishlari ayniqsa muhim hissa
qo‘shmoqda[2].
O‘qitish metodlarining muammolari 1978 yil (Leningradda) maxsus uyushtirilgan
Butunittifoq konferensiyasi keng muhokama qilingan edi. Bu konferensiya o‘qitish metodlari
nazariyasini ishlab chiqishda metodistlarning kuch-g‘ayratini birlashtirishga imkon berdi. Unda
o‘qitish metodlarini ta’riflashga amaliy yondoshish yanada rivojlandi va bu falsafiy adabiyotda
o‘zining keng ifodasini topdi.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik pedagoglar metodlarni o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv
jarayonidagi kompleks vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zaro bog‘langan faoliyat usullari
sifatida baholaydilar. O‘qitish metodlari aslida rag‘batlantirish va asoslar keltirishning ancha aniq
usullaridan, harakatlarni tashkil qilish va alohida amalga oshirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat
qilish usullaridan tashkil topadi.
O‘qitish metodikasi va didaktikada o‘quv jarayonining barcha tarkibiy qismlari o‘zaro
qonuniy bog‘langanligi aniqlangan. Maqsad, qonun singari, o‘qitishning mazmunini va
metodlarini belgilaydi. Metodlar esa o‘quv jarayonini tashkil qilishning vositalari va formalarini
tanlashni belgilaydi. O‘qitishning barcha tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘langan birligi
o‘qitishning ma’lum natijalarini ta’minlaydi.
O‘qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil etishga nisbatan muayyan muhim talablar
kelib chiqadiki, buni o‘qitish prinsiplari (tamoyil) deb ataydilar. O‘qitish prinsiplarini bilish
o‘qitishning zarur metodlarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
Didaktikada o‘qitishning quyidagi tamoyillari: o‘qitishning ta’lim-tarbiya va rivojlantirish
vazifalarini har tomonlama hal qilishga qaratilganligi, o‘qitishning ilmiyligi, tizimliligi,
tushunarliligi, uning hayot bilan aloqasi, ko‘rgazmaliligi, o‘qitish metodikasi, uslubi va
vositalarning oqilona birikuvi, o‘quvchilarning ongliligi hamda faolligi, natijalarining
mustahkamligi kabilarga amal qiladi.
Agar yuqorida aytilganlarga yakun yasaydigan bo‘lsak, o‘qitish metodlarni ta’riflashda
quyidagi tamoyillar muhim metodologik va nazariy qoidalarga asos bo‘la oladi deyish mumkin:
O‘qitish metodlari o‘quv jarayonining o‘ziga xos sharoitida ob’ektiv reallikni bilish
metodlarining ifodasi hisoblanadi, shuning uchun ham ular ob’ektiv-sub’ektiv xarakterga egadir.
O‘qitish metodlari o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va shular bilan
bog‘liq bo‘lgan mazmunni o‘zlashtirishdek vazifalarni yechishda pedagogik hamda ta’lim
oluvchilarni o‘zaro bog‘lovchi faoliyatlarining usullari hisoblanadi.
-
O‘qitish metodlari o‘qitishning moddiy vositalari bilan o‘zaro uzviy bog‘langandir.
-
O‘qitish metodlari o‘zaro bog‘langan faoliyat usullar sifatida faoliyatni amalga oshirish
bosqichining hamma asosiy tarkibiy qismlarini-motivlashtirishni, xarakat va ma’lumotlarni
uyushtirishni, natijalarni nazorat ostiga olish va tahlil qilishni aks ettirishi kerak. Faoliyatning aytib
o‘tilgan tarkibiy qismlaridan hatto bittasining bo‘lmasligi ham maqsadlarga optimal tarzda
erishishga imkon bermaydi.
-
Inson faoliyati usullarining boyligi o‘qitish metodlarining boyishiga va bitmas-
tuganmas bo‘lishiga olib keladi.
-
O‘qitish metodlarining klassifikatsiyasi bir nechta bo‘lishi mumkin, chunki
klassifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon beradigan asoslar juda ko‘p.
-
O‘qitish metodlari, o‘z navbatida, o‘qitishning aniqroq usullaridan tarkib topadi.
-
O‘qitish metodlarini har xil asoslarga ko‘ra ajratish mumkin ekan, demak o‘qituvchi va
o‘quvchilar faoliyatining real usulini ham har doim bir qator o‘qitish metodlari (og‘zaki,
muammoli, deduktiv va xokazo)ning birikmasi sifatida tassavvur etish mumkin. Shu ma’noda
o‘qitish metodlari doimo muayyan birikmalarda qo‘llanadi deb ta’kidlash to‘la o‘rinlidir. O‘qitish
Do'stlaringiz bilan baham: |