II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 199
har bir o‘quvchiga induvidual tarzda berilgan interaktiv didaktik mashqlarda, o‘quvchi
to‘g‘ri tasvirli javoblarni variantlar orasidan belgilab olgandan so‘ng, to‘g‘ri javoblar kompyuter
tomonidan avtomatik tarzda tekshirish va o‘quvchining bilim darajasi haqqoniylik tarzda tezkor
aniqlanadi.
Ta’lim sohasida nafaqat multimedia kabi vositalarni qo‘llash, balki bir qancha
kompyuterning ta’lim tizimlarini, vertual o‘qitishni, internet ta’limini, masofali ta’lim yo‘lini
qo‘llab o‘qitish, xususiy darslarda yesa trenajer mashqlardan foydalanish ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirishda muxim omil bo‘lishi bilan birga, o‘quvchilarda axborot bilan ishlash
kompetensiyasini rivojlantiradi.
Axborot texnologiyalari ichida biologiya darslarida “trenajer mashqlar”dan foydalanish ham
o‘qitishning o‘ziga xos usulidir. Bunday o‘qitish, biologiya fani uchun juda mos keladi. Biologik
t renajerlar—bu o‘quvchilarning ko‘nikma va malakasini baholashning va test vazifalarini takroriy
yechish jarayonidagi maqsadga yo‘naltirilgan mashqlarning o‘ziga xos bir usulidir. Bu mavzuda
o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan savol- javob shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar internet – trenajerlar
bilan juda faol ishlashar ekan, tajribamda o‘quvchilarning bilim darajalarini tekshirish natijalari
trenajerlardan foydalanishning yuqori samaradorligini ko‘rsatmoqda. Biologik trenajerlardan
darsning barcha bosqichlarida, o‘quvchilar bilan frontal va individual holda ishlashda, darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda va bo‘shliqlarni to‘ldirish jarayonida axborot bilan ishlash
kompetensiyasini rivojlantirishda yuqori natija bermoqda. Biologik trenajerlar bilan mustaqil
ravishda ishlash o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini va faolligini oshirib qulay tempni
yaratib beradi.Shuni aytib o‘tish joizdirki, barcha sinf o‘quvchilari biologik trenajerlar bilan
ishlashni yoqtiradilar.Bunday ish jarayoni o‘quvchilar uchun yuqori samarani, o‘qituvchi uchun
yesa o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakasini yuqori darajaga yetkazishga va ularning
fikrlash faoliyatini oshirishga va bilim, malaka va ko‘nikmaning majburiy darajasini o‘zlashtirish
imkoniyatini yaratib beradi. Biologik trenajerlardan takrorlash, amaliy, laboratoriya va seminar
darslarida foydalanish ham katta samara bermoqda.Bunda nafaqat o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmasini tizimga solish, balki biologiya fanining keyingi mavzularini tushunishida zarur
bo‘lgan darsning eng muhim tushunchalarini o‘zlashtirishga zamin bo‘ladi. Ko‘rgazmali
qurollardan “vizual” foydalanish o‘quvchilarga mavzuni eslab qolishga qo‘shimcha imkoniyat
yaratib beradi. Chunki statistika bo‘yicha o‘quvchilarning faqat 5% audiallar (ya’ni ma’lumotni
eshitish orqali qabul qiladi.) Shu sababdan o‘quvchilarning ko‘pchiligi ko‘z oldida berilgan
vazifaning shartlarini ko‘rmasdan va unga qamralgan predmetlarni tasavvur qila olmaganidan,
savollarga javob berishda qiynalishadi. Biologiya darslarida multimediali texnologiyalardan
foydalanish oddiy mel bilan doskaga chizilgan chizmadan ko‘ra, interaktiv ta’limiy o‘yinlar,
trenajyorlardan masalan zoologiya fanidan “O‘rnini top”, “O‘ylab yoz” , “Qaysi biri oshiqcha”,
kabi biologik mashqlardan foydalanishda o‘quvchi o‘zi kompyuter orqali xatolikni qayta ishlab
ko‘radi va bartaraf qiladi. Biologiya darslarida foydalaniladigan trenajer mashqlar, darslararo
bog‘lanishni, vaqt tejamkorligi, AKT foydalinish darajasining yuqoriligini ko‘rsatish bilan birga
zamonaviy biologik bilimlar olish imkonini beradi. Bundan tashqari trenajer uchun yaratilgan
illyustratsiyalar darslikda berilgan rasmlarni ajoyib ravishda to‘ldirib, yangi mavzuni
tushuntirishda va o‘quvchining qiyin mavzularni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga katta yordam
beradi.
Fanlardan ko‘pgina elektron darslik va multimediya vositalari yaratilgan bo‘lib endilikda
o‘quv jarayonini kompyuterlashgan muhitda tashkil etishga bo‘lgan e’tibor ancha rivojlangan.
Multimedia vositalari kompyuter yordamida o‘rganilayotgan mavzularni tez va oson
o‘zlashtirishga yordam beribgina qolmasdan, balki o‘qituvchiga ko‘plab imkoniyatlar yaratib
berishi bilan ajralib turadi.
Kompyuter yordamida multimediyali jihozlardan foydalanish ayniqsa biologiya darslari
uchun alohida ahamiyat kasb yetishi tajribamda isbotlandi.
Kompyuterlardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish biologiya o‘qituvchilari
faoliyatida quyidagi ijobiy natijalarni namayon qiladi: